1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
XLOR VA UNING XOSSALARI
Xlor oddiy haroratda ko’k-sarg’ish rangga ega bo’lgan, o’ziga xos hidli, shilliq qavatlarni qattiq ta’sirlaydigan o’ta zaharli moddadir. Zavodlarda xlor osh tuzini gidrolizlash yo’li bilan olinadi. Vodoprovod inshootlariga xlor suyuq holda yoki xlorli ohak ko’rinishida etkaziladi. Xlorli ohak xlorni so’ndirilgan ohak bilan ta’siri oqibatida hosil bo’ladi. 2Sa (ON) 2 -2S1 2 =Sa (OS1) 2 +SaS1 2 +2N 2 O YAngi xlorli ohak tarkibida 32—36% faol xlor bo’ladi. Xlorli ohak uzoq saqlanishi oqibatida parchalanib, kal’ciy xlorga aylanadi. Xlorli ohak tarkibida xlor miqdori laboratoriyalarda aniqlanadi. Suyuq xlor po’lat ballonlarda saqlanadi. Xlorli ohak maxsus qop va yashiklarda, quruq va qorong’i joylarda saqlanadi. Bunda ohak parchalanmaydi. Xlorning baktyeriyalarni o’ldirish xususiyati undagi gipoxlorid ion miqdoriga bog’liq. N.I. Traxtman xlorning baktyericid xossasi bilan degidrogenaza fyermenti aktivligi pasayishi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish borligini aniqladi. Keyingi tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, xlor faqat glyukozaning 310 degidrogenaza fyermenti faollignni to’xtatmay, balki etil spirti, glicyerin, kahrabo, glutamin, sut, pirouzum, chumoli kislotalari va formal’degid degidrogenaza fyermentlari faolligini ham susaytiradi. Ularning suvda gidrolizlanishidan gipoxlorid hosil bo’ladi: S1 2 +N 2 O=NOS1+NS1 SHuni eslatish zarurki, suvni xlorlash kishi sog’lig’i uchun uncha xavf tug’dirmaydi. Masalan, bir litr suvga 10 yoki 1 mg xlor solib og’iz chayilsa, og’iz shilliq qavatida hech qanday o’zgarish sezilmaydi. Quyidagi qoidalarga amal qilynganda suvni xlorlash yaxshi natija berishi mumkin. Buning uchun: 1. Suv osilma moddalardan ozod bo’lishi. 2. Xlor dezinfskciya qilish uchun etarli bo’lishi . 3. Xlor mazkur suv bilan to’la to’kis aralashishi zarur. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling