1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


IFLOSLANGAN ATMOSFERA HAVOSINI ATROF-MUHITGA VA INSON


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

IFLOSLANGAN ATMOSFERA HAVOSINI ATROF-MUHITGA VA INSON 
SOG’LIG’IGA HAMDA TURMUSH TARZIGA TA’SIRI 
Atmosfera havosiniig turli buzilishlari asosan XIX asrdan boshlab tez 
rivojlana boshlaydi. Bu ayniqsa XX asrda misli ko’rilmagan darajaga etdi. 
Yer kurrasi g’oyat katta, undagi turli sanoat korxonalari, zavod va 
fabrikalar, avtotransport vositalari va xalq xo’jaligining boshqa 
muassasalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillar beqiyos. Ba’-zilar bu 
gazlar o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi deyishadi. Aslida bunday emas. 
Sanoat korxonalari va boshqa xo’jalik chiqindilari uzoq yil-lar davomida 
tashqi muhitda aylanib yuradi, ular bir muhitdan ik-kinchisiga o’tib turadi. 
Jumladan, qo’rg’oshin, DDT preparati kabilar vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan 


327
yo’qolib ketmay, balki tabiatning biror-bir qismida yig’ilib boradi. Ayrim 
ta’sirchan moddalar esa butun sayyora bo’ylab aylanib yuradi. Masalan, 
DDT preparati inson qadami etmagan Antarktida muzliklarida 2500 
tonnagacha yig’ilib qolganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozir oq ayiqlar, 
tyulenlar, hatto pingvinlarning jigarada DDT borligi aniqlangan. 
Rivojlangan shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosi 
doimo chang, tutun, qurum va tumanlar bilan qoplanib turadi. Bu quyosh 
nurini to’sib, yer yuziga ul’trabinafsha nurlar o’tishiga yo’l byermaydi. 
Ul’trabinafsha nurlarning yer yuziga etarli tushmasligi o’z navbatida turli 
kasalliklarni, ayniqsa bolalarda raxit kasal-ligini keltirib chiqaradi. 
SHahar havosining doim tutun, tuman bilan qoplanishi kishilar-ning 
kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. YOrug’likning etarli bo’l-masligi ish 
unumini pasaytiradi. Ko’pgina sanoat korxonalaridan chiqayotgan gazlar, 
chang, qurum, dud va boshqa ta’sirchan moddalar tuman bilan aralashib 
yorug’likni to’sib qo’yadi, g’ira-shira bo’lib qoladi. 
Agar atmosfera havosidagi qurum miqdori 2 mg/m
3
ga etsa, kun-duzi 
yorug’lik 90% ga kamayar ekan. Quyosh nuri atmosferaning yuqori 
chegarasidan yer yuziga o’tgunicha 2/5 qismga kamayadi. Quyosh 
radiaciyasi havo iflos joylarda pasayadi. Jumladan, Parijda 26—30 foizga, 
Byerlinda 60 foizga kamayishi kuzatilgan. 
Havodagi chang zarralari ul’trabinafsha nurlarning anchagana qismini 
o’ziga singdirib, ularning yerga tushishiga to’sqinlik qila-di. Ayniqsa, 
sanoat markazlaridan atmosfera havosiga ko’tarilgan changli 
chiqindilarning osilgan hamda muallaq holda havoda turib qolishi ham 
quyosh nurining kamayishiga sababchi bo’ladi. CHunki bu osilib turgan 
omillar havo muhitida aerodispyers sistemani keltirib chiqaradi. 
Aerodispyers sistema havodagi chang zarrachalarining yoyilgan holati. 
CHangsimon moddalar havoda turli shaklga kirdi. Jumladan, eng mayda 
zarrachalar atmosfera havosida muallaq, osilgan holda tu-rib qoladi. Ba’zan 


328
ular bir-biri bilan yopishib, ipir-ipir yirik-lashgan zarralarni hosil qiladi. 
Zarrachalar o’ziga tashqi muhitdagi ionlar, molekulalar, suv bug’larini 
singdirib, jamlanishiga sabab bo’ladi. Bunday zarrachalarda turli belgili 
zaryadlar paydo bo’ladi. Aerodio pyers sistema yorug’likning kuchli 
taralishiga sabab bo’ladi. 
Mayda zarrachalarning muallaq holatda havoda turib qolishi, ular 
doimo Braun harakatida ekanligidan dalolat byeradi. Zarrachalar katta-
kichikligiga qarab, ikki xususiyatga ega bo’ladi: a) muallaq holda turuvchi 
va b) nafas yo’llariga kirish xususiyatiga ega bo’lgan zarrachalar. Masalan, 
zarrachalarning diametri 10—100 mkm ga teng bo’lsa, ular uzoq vaqt 
davomida osilgan holda tura olmaydi. Bunday chang zarralari unchalik 
zararli bo’lmay, yuqori nafas yo’llari, burundagi tuklar, shilliq pardalarda 
ushlanib qoladi. Bular ba’zan shilliq qavatlarni qitiqlab, yallig’lantirishi 
mumkin, ammo o’pka alveolalariga etib bormaydi. 
Zarrachalar diametri 10 dan 0,1 mkm gacha bo’lsa, u inson salomat-
ligiga anchagina xavf tug’diradi. Bunday zarrachalar havoda uzoq 
vaqtgacha turib qolib, juda sekinlik bilan havodan tushadi. Bunday 
changlarning xavfliligi shundaki, ular o’pka alveolalarining chuqur 
qavatlarigacha etib boradi va o’zining zararli ta’sirini ko’rsatadi. 
V.A. Ryazanov klassifikaciyasiga ko’ra aerodispyers sistemalar 
diametri 0,1 mkm dan kam bo’lgan tutunli aerozollarga va 0,1 mkm dan 
kattaroq diametrli zarrachali aerosuspenziyalarga bo’linadi. 
Nam, tomchi holdagi aerozollar tumanlar deb ataladi. Katta 
shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidaga chang miqdorining turlicha 
bo’lishi shaharning nechog’li obodonlashganligiga, daraxtlar, 
o’rmonlarning bo’lishiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga 
bog’liq. 
F.F. Erisman nomidagi ilmiy-tekshirish institutining bergan 
ma’lumotiga ko’ra, havodagi o’rtacha yillik chang miqdori qishloq joylarda 


329
1 m
3
havoda 0,01 mg, turar joylarda 0,12 mg, shahar mar-kazida 0,13 mg, 
sanoat korxonalari atrofidagi havoda 0,15 mg ga teng. 
Havoning changli yoki tumanli bo’lishi, ifloslanishi, quyosh 
radiaciyasiga ta’siri shahar muhitini o’zgartirib yuboradi, havo harakatini 
sekinlashtiradi. U havoning nisbiy namligini kamay-tirishi mumkin. 
SHaharni quyuq tuman bosishi ham xavfli, chunki tuman tomchilari 
tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Bunday hodisalar Gyermaniyaning Gamburg, Angliyaning Glazgo kabi 
shaharlarida sodir bo’lib turadi. U yerdagi tumanning zararli tomoni 
shundaki, u havodagi chang zarralarining tarqalishiga va o’z-o’zidan 
tozalanishiga yo’l qo’ymaydi. Ayniqsa, sanoat markazlarida sodir 
bo’ladigan bunday tumanlar inson salo-matligiga salbiy ta’sir qiladi. 
Oddiy tuman zaharli moddalarga aralashib kishi organizmiga, 
jumladan, burun, yuqori nafas yo’llari shilliq qavatiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday tumanli kunlarda bemorning ahvoli yanada 
keskinlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov, nafas qisish 
kasalligiga duchor bo’lgan bemorlar o’zlarini yomon his qiladilar. 
Tumanlar transport harakatini buzadi, falokatlarga sabab bo’ladi. 
Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta’sir 
qiladi. CHanglarning ta’siri ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning 
biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga uzviy bog’liq. Masalan, chang 
tarkibidagi qo’rg’oshin, margamush, marganec, kadmiy, ftor aerozollari 
surunkali ravishda organizmga tushib tursa, kasalliklar kelib chiqishi aniq. 
Kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar shular 
jumlasidandir. Ayniqsa, radioaktiv xususiyatga ega bo’lgan changlar o’ta 
xavfli hisoblanadi. 
Radioaktiv changlarning naqadar xavfliligini CHyernobil’ fojiasida 
ham ko’rishimiz mumkin. Semipalatinsk poligonida paydo bo’layotgan 
radionukleinlar ta’siri borgan sari o’zini namoyon qilmoqda. 


330
Zaharli bo’lmagan yirik diametrli chang zarrachalari ko’z va burun 
shilliq qavatlariga tushib, ularning zararlanishiga sabab bo’ladn. Bu o’tkir 
va surunkali rinit, laringit, faringit, traxeit, bronxit yoki traxeobronxit, 
laringotraxeit kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mabodo nafas yo’llari 
orqali kvarc changlari o’pkaga tushadigan bo’lsa, pnevmokokkoz, silikoz 
kasalliklari sodir bo’lishi mumkin. CHunki, elektrostanciyalardan 
chiqadigan chiqindi, qurumlar tarkibida 14,9—19,7% atrofida erkin 
holdagi kremniy (siliciy) ikki oksidi bo’ladi. Yirik shaharlar havosi 
tarkibida mazkur modda miqdori 20—30% ga etish mumkin. 
SHuni aytish kerakki, changlarning eng mayda zarrachalari inson 
organizmiga zararli ta’sir ko’rsatadi. S. Gol’dbyerg olib borgan tekshirish 
shuni ko’rsatdiki, ulkan issiqlik enyergiyasi ishlab chiqarish stanciyalari 
(TEC) joylashgan rayondagi maktabning 322 o’quvchisi atroflicha 
tekshirib ko’rilganda, ularning 58,3% ida o’pkada o’zgarishlar borligi, 
16,3% bolada silikoz kasalligining dastlabki bosqichi borliga qayd etilgan. 
Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigienik nuqtai nazardan xavfli 
hisoblanadi. Mabodo havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas orqali 
organizmga tushsa, kasallik sodir bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham 
havoda hech qanday yot, noxush hid bo’lmasligi kerak. Biroq shunday 
gazlar ham borki, ular o’ta zaharli bo’lishiga qaramay, hech qanday hidi 
bo’lmaydi. Jumladan, is gazini odam ko’pincha sezmaydi. Bunday gazlar 
asosan sanoat korxonalaridan chiqadi. Katta, industrial shaharlarda havo 
tarkibining buzilganlishni shundoq sezish mumkin. Masalan, Olmaliq, 
CHirchiq, Navoiy, Ustkamenegorsk va boshqa shaharlarning havosi 
tarkibida 10 va undan ziyod turli zararli gazlar mavjud. Bular shahardagi 
sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli 
omillardir. 
Havo tarkibidagi zararli gazlar to’g’ridan-to’g’ri nafas yo’llariga 
tushib, o’pka alveolalari orqali qonga o’tadi yoki shilliq qavatlarga tushib 


331
ularni yallig’lantiradi. Ayniqsa gazlar ishqoriy, kislotali xususiyatga ega 
bo’lsa, ular shilliq qavatlarga kuchli ta’sir etadi. 
Angliya, AQSH va boshqa shaharlarda olib borilgan kuzatishlar shuni 
ko’rsatdiki, zaharli gazlar aksariyat yoshi o’tgan odamlarga, shuningdek 
yosh bolalarga ancha kuchli ta’sir ko’rsatar ekan. Jumladan, 1952 yili 
Londonda 3—4 kun davomida havoning nihoyatda ifloslanishidan 4000 
kishi nobud bo’lgan. Bunga havo tarkibidagi tutun, sul’fid angidrid va 
boshqa zararli omillarning me’yoridan ortiqligi sabab bo’lgan. 1963 yilda 
N’yu-York shahrida sanoat chiqindilari hisoblangan qurum, tutun va 
boshqa zararli moddalarning atmosfera havosida yuqori miqdorda 
bo’lishidan 400 kishi halok bo’lgan. Bunda odam organizmiga asosiy ta’sir 
qilgan modda sul’fid angidrid bo’lgan. Bu gazning 1 m
3
havodagi 
koncentraciyasi 5—10 mg va undan ham yuqori bo’lgan. 
Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, aholi o’rtasidagi nafas yo’llari 
kasalliklari bilan atmosfera havosi orasida uzviy bog’lanish bor. Ayniqsa 
sanoat korxonalari joylashgan rayonlarda zaharli tumanlarning paydo 
bo’lishi turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Biroq shuni 
aytish kerakki, shahar havosi tarkibidagi zaharli moddalarning kam 
bo’lsada, surunkali ravishda odam organizmiga tushib turishi turli 
xastaliklarni keltirib chiqaradi. 
Neft ishlab chiqarish kombinati territoriyasida sul’fid angidrid va 
vodorod sul’fid gazi, aromatik uglevodorodlar va boshqa omillarning 
bo’lishi yosh bolalar o’rtasida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab 
bo’lgan. Ko’pincha bolalar o’rtasida allyergiya, pnevmoniya, bronxial 
astma, dyermatit kabi kasalliklar uchrab turadi. 
O’zbekiston gidrometeorologiya markazining bergan ma’lumotiga 
ko’ra Olmaliq, Farg’ona, Navoiy va Qo’qon shaharlari havosi iflosligi 
jihatidan yuqori ko’rsatkichga ega. O’zbekistonda faqat stacionarlardan 
atmosfera havosiga tushadigan chiqindilar miqdori 1,3 mln tonnaga etdi. 


332
Jumladan, sul’fit angidrid 535,8, uglevodorod 427, azot oksidi 94,1 ming 
tonna va qattiq zarrachalar miqdori 317,4 ming tonnaga etdi. Ana shu 
zararli omillarning ko’payishi sababli O’zbekistonda bemorlar soni 1,5 
barobarga teng bo’lib qoldi. Bu bolalar organizmining yuqumli 
kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25—37 foiz pasayishi demakdir. 
CHirchiq shahrida qon bilan bog’liq kasalliklar 4,7 barobar, endokrin 
sistemasi kasalliklari 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar, 
yurakning ishemik kasalligi 2,2 marta ortdi. Farg’ona shahrida 1982—1985 
yillar davomida nafas yo’llarining kasalliklari 27—60 marta ortganligi 
aniqlandi. 
Tojikistondagi alyumin zavodining ko’rsatgan asorati ko’pchilikka 
ma’lum. U yerda bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 1,5 barobar, tug’ma 
kasalliklar soni 1,8 martobaga ko’paygan. 
Atmosfera havosining organizmga noxush ta’siri turli usullar bilan 
aiiqlanadi. Bunday kuzatishlar asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar 
o’rtasida olib boriladi. CHunki yosh bolalar organizmi bunday zararli 
omillarga sezgir bo’ladi. Ikkinchidan, bolalar jamoasida tibbiy ko’rikdan 
o’tkazish tibbiyot xodimlariga qulaylik tug’diradi. 
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, havosi ifloslanmagan xududda 
istiqomat qiluvchi bolalar havosi ifloslangan joyda yashovchi bolalarga 
qaraganda ancha sog’lom ekanliklari ma’lum bo’ldi. 
Atmosfera havosining inson organizmiga va uning turmush tarziga 
ta’siri o’rganilar ekan, yana bir masalaga to’xtalishga to’g’ri keladi. 
U ham bo’lsa, inson organizmiga ta’sir qiladigan omillardir. 
SHuni aytish kerakki, atmosfera havosida juda ko’p gazsimon, chang 
ko’rinishidagi hamda bug’ holidagi inson organizmiga zararli ta’sir 
qiladigan moddalar mavjud. Bu moddalarning aynan qaysi biri odam 
organizmiga ta’sir etadi? Odam organizmining normal holati buzilishiga 
ularning surunkali chekishi, spirtli ichimliklar ichishi va boshqa ijtimoiy, 


333
iqtisodiy omillar ham ta’sir qiladimi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Turli 
zaharli moddalarning bir-birining ta’sirini kuchaytirishi, neytrallashi yoki 
pasaytirishini nazarda tutadigan bo’lsak, bunday savolga javob berish 
ancha qiyin. Ko’pincha kimyoviy moddalar bir-birining ta’sirini oshirganda 
ularning zaharlash xususiyati kuchliroq bo’ladi. 
29-j a d v a l 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling