1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


ATMOSFERA HAVOSINING TABIIY TOZALANISHI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

ATMOSFERA HAVOSINING TABIIY TOZALANISHI 
Insoniyatni, shu jumladan butun jonivorlarni o’z bag’riga olgan 
tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko’payib ketmasa tabiiy 
jarayonlar ta’sirida zaharli omillar o’z-o’zidan zararsizlanishi mumkin. 
Masalan, tuproqqa solingan go’ng 3—6 oy mobaynida baktyeriyalar, fizik 
ta’sirlar yordamida organik holatdan noorganik holatga o’tadi. Natijada 
infekciyalar qirilib, go’ng zararsiz bo’lib qoladi. SHuningdek, atmosfera 
havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug’simon moddalar yoki changlar 
oz miqdorda bo’lsa, ular vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan havo muhitida 
kuyib, zararsiz holatga o’tib qoladi. Atmosfera havosining o’z holicha 
tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. 
Atmosfera havosining tozalanishida yog’ingarchilik asosiy o’rin 


336
tutadi. Havo tarkibida mavjud bo’lgan zararli omillar qor va yomg’ir 
ta’sirida yuviladi. YOg’ingarchilik qanchalik ko’p bo’lsa, havo tarkibi 
shunchalik tozalanadi. 
Havoni tozalashda dov-daraxtlar, qolavyersa o’simliklar olamining 
ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni 
o’ziga singdirib oladi. Jumladan, havo tarkibidagi SO
2
gazini o’simliklar 
o’ziga singdirib, to’qimalarida sul’fat tuzlari ko’rinishida to’playdi. 
Daraxt barglari havosidan SO
2
gazini fotosintez reakciyalari vositasida 
o’ziga olib, havoga toza holdagi oksigenni chiqaradi. 
Havoning iflosliklardan tozalanishida suv havzalarining roli ham 
katta. Okean, dengiz suvlari, ayniqsa ekvator zonalaridagi suvlar nasosga 
o’xshab havodagi zararli moddalarni o’ziga tortadi va havoni tozalashga 
yordam byeradi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, Angar, Volga, Enisey va 
boshqa daryolar ham havodagi sul’fit angidridni, azot oksidini o’ziga 
singdirib, havoning tozalanishiga yordam byeradi. 
SHuni aytish kerakki, atmosferadagi zararli moddalar hamda 
gazlarning kamayishida faol qatnashgan yog’in suvlari ma’lum darajada 
suv havzalarini ifloslantirishi mumkin. YOg’ingarchilik atmosfera 
havosining tozalanishiga birmuncha ta’sir qiladi. Masalan, 20 mm yomg’ir 
9,8 g qurumning cho’kishiga yordam byeradi, 40 mm yomgar esa 16,9 g 
qurumni cho’ktiradi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling