1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


ATMOSFERA HAVOSIDAGI ZARARLI OMILLARNING YER SATHIGA


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

343
ATMOSFERA HAVOSIDAGI ZARARLI OMILLARNING YER SATHIGA 
TARQALISH QONUNLARI 
Atmosfera havosi turli ko’rinishdagi zararli yoki zararsiz hisoblangan 
gaz, bug’, chang, qurum va boshqalar bilan ifloslanadi. Havoning 
ifloslanish darajasi ko’p sabablarga bog’liq. Jumladan, turar joylardagi 
havoni ifloslantiruvchi manbalar soniga, havoga chiqadigan gaz, bug’ va 
boshqalar miqdoriga, turar joylarning iqlimi, ob-havosiga, relyefiga, 
geografik kengligiga bog’liq. SHuning uchun ham havoni ifloslantiruvchi 
manbalardan chiqadigan zararli moddalarning havo havzasida tarqalishi, 
shuningdek suyulib ketishini o’rganish atmosfera havosini muhofaza 
qilishda katta ahamiyatga ega. 
Qizig’i shundaki, atmosfera havosi qisqa muddat ichida yuqori 
darajada zararlanishi va tezlikda o’rtacha holatga qaytishi mumkin. 
Bizda eng katta ruxsat etiladigan miqdor va o’rtacha sutkalik ruxsat 
etiladigan miqdor qabul qilingan. 
Gigienik nuqtai nazardan yana bir holat, ya’ni turli vaqt davo-mida 
o’rtacha deb tushunilgan moddalarning miqdoriy nisbati katta ahamiyatga 
ega. Bu ifloslantiruvchi modda bilan aholining kasalliga orasidagi 
bog’lanishni bilishga imkon byeradi. 20—30 minut ichida hisoblanadigan 
eng katta miqdorning o’rtacha sutkalik miqdor ga nisbati 3 : 1 ga teng. 
YOqilg’ilarning yonishi oqibatida atmosferaga tushadigan ifloslantiruvchi 
omillar juda ko’p. Bunga uy-joylarda paydo bo’ladigan ifloslantiruvchi 
moddalar ham kiradi. Hozir shaharlarni markazlashtirilgan issiqlik bilan 
ta’minlash shahar havosini ham sifat, ham miqdor jihatidan o’zgartirib 
yubordi. 
Atmosfera havosiga tushadigan ifloslantiruvchi moddalar mo’rilar, 
ventilyaciya shaxtalaridan chiqib, gaz va aerozol holida havo havzasiga 
tushadi. Ular uzoq masofalarga tarqalib, ko’proq bo’shliqlarni egallaydi. 
Asosan yer yuzasiga yaqin bo’lgan atmosfera qavatlari ifloslanadi, ular 


344
tuproqqa ham tushishi mumkin. 
Atmosfera havosining ifloslanishiga ko’pincha meteorologik 
omillar ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera havosi atmosfera chegarasi 
27 – rasm. Dudburonlardan tutunning tarkalishi 
yaqinida tik, ko’ndalang hamda aylanma harakat qiladi. Ularning harakat 
tezligi yo’nalishiga bog’liq. Bunday harakat havoning quyosh nuri bilan 
notekis isitilishi, yer relyefining notekisligi natijasida vujudga keladi. Havo 
harakatining joy almashishi havo qatlamlaridagi harakatning turlicha 
bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bu o’z navbatida havodagi zararli gazlar, 
bug’lar, chang va aerozollarning bir havo qatlamidan ikkinchisiga ko’chib 


345
yurishiga, ularning miqdori o’zgarishiga sababchi bo’ladi. 
Dudburonlardan chiqayotgan tutun va gazlarning oqimi uning 
haroratiga, yo’nalishiga bog’liq. Jumladan, to’lqinsimon havo oqimi tik 
haroratning mo’ri yaqinidagi o’zgaruvchanligiga bog’liq. Bunday 
o’zgarishlar odatda kunduzi, ob-havo ochiq bo’lgan vaqtda va quyosh 
nuridan yer qizib ketganda kuzatiladi. 
Konussimon havo oqimi harorat o’rtacha, bulutli bo’lganda yoki 
shabada esib turgan paytda kuzatiladi. 
YArim doira havo oqimi harorat almashib turishidan ilon iziga 
o’xshab dudburovdan uzoqlagan sari kengayib boradi. Bunday holat qor 
yoqqan paytda va sal shamol esganda havo ochiq vaqtda kuzatiladi. 
YArim doira havo oqimi shamol tezligiga bog’liq bo’ladi. Bunday 
oqim havoni unchalik ifloslantirmaydi. CHunki chiqindi moddalar 
anchagina uzoq masofalarga uchib ketadi va havoda ko’proq «suyuladi».
Mabodo havoni ifloslantiruvchi manbalar vodiylarda, tog’larning 
oralig’ida joylashgan bo’lsa, gaz va chang chiqaruvchi mo’rilar ko’proq
bo’lsa, u holda havoning vodiy bo’ylab ifloslanishi anchagina xavfli tus 
oladi. Bu zararli gazlar chang, kul va aerozollarning havodagi miqdori 
oshib ketishiga sababchi bo’ladi. 
Dudburonlardan chiqadigan havo oqimi asosan kechasilari kuzatiladi
ko’pincha bu 1—2 soat davom etadi, ba’zvda 8—9 soat davom etishi ham 
mumkin. 
Ifloslangan havoning mo’rilardan burqirab chiqishi odamda noxushlik 
uyg’otadi. U zaharli moddalarni yer yuzasiga yaqinlashtirib, tuproq va 
o’simliklarni ifloslantiradi. Ayniqsa qish faslida havo haroratining pasayib 
ketishi dudburondan chiqqan yuqori harorat-dagi zararli moddalarni sovuq 
havo bilan aralashib pastga oqishiga sabab bo’ladi. Bu vaqtda mo’rilar 
atrofida zararli moddalar koncent-raciyasi oshib ketadi. Natijada tuproq 
ham ifloslanadi. Agar bun-day oqim bir necha kun davom etsa, aholi 


346
salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Atmosfera havosida zararli moddalarning gorizontal yoki yotiq holda 
tarqalishi havo tezligi va yo’nalishining o’zgaruvchanligaga bog’liq. 
Mabodo shamol tezligi sust bo’lsa, zararli moddalarning atmos-fyera 
havosidagi miqdori ancha ortadi, bu esa aholi orasida zaharla-nish xavfini 
kuchaytiradi. SHamol tezligining 2 m/sekundga kamayi-shi havodagi 
birikmalar tarqalishini asosiy manbadan 5—6 km yaqin-lashtiradi, sul’fid 
angidrid miqdorini esa 2 marta kamaytiradi. 
SHamol tezligi qanchalik kuchaysa, havodagi zararli birikmalar 
shuncha uzoqlashadi, ularning suyulishiga imkon tug’iladi. Ayniqsa, 
havo harakati girdobli bo’lsa, birikmalarning aralashib ketishi ham intensiv 
bo’ladi. 
Atmosfera havosining ifloslanishi shamol oqimi tezlashganda yoki 
susayganda o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar havoning nihoyatda 
ifloslanishiga olib keladi. Ayniqsa, O’rta Osiyo respublikalarida yoz 
faslida, Sibirda esa qish faslida yirik sanoat korxonalari joylashgan 
shaharlarning sharoiti ancha yomonlashadi. Atmosfera havosi kuchli 
ifloslanib, odamlarning salomatligiga kuchli ta’sir etadi, go’yo havo 
etishmayotgandek tuyuladi. 
Demak, sanoat korxonalarini qurish davrida, uning loyihalari 
tuzilayotganda joyning relyefi, topografiyasi inobatga olinishi kerak. 
Pastqam yerlarda havoning to’xtab qolishi kuzatiladi. Bu esa o’z 
navbatida havoning ifloslanishiga sabab bo’ladi. 
Uncha baland bo’lmagan tepalik relyefiga ega bo’lgan joylarning 
atmosfera havosi tekis relyefga ega bo’lgan joylarning atmosfera havosidan 
uncha farq qilmaydi. Biroq tepaliklar 50—100 metr, ularshshg qiyaligi 5—
6° ga teng bo’lsa, havoning ifloslanishi 50% ga etishi mumkin. Agar 
mo’rilar uzunligi o’rtacha bo’lsa, bunday holat sodir bo’ladi. Korxonalar 
qurilayotganda shamol yo’nalishiga ahamiyat byerilishi zarur. 
Agar tepalik shamol yo’nalishida joylashgan bo’lsa, tepalik yoy-


347
bag’rida shamol kuchi pasayib, havo havzasining ifloslanishiga olib keladi. 
Notekis yer relyefining atmosfera havosini ifloslantirishga ta’siri juda 
katta, shuning uchun ham keyingi vaqtlarda notekis joylardagi atmosfera 
havosining ifloslanish darajasini to’g’ri hisoblash uchun qo’shimcha 
koefficientlar kirgizilmoqda. 
Atmosfera havosidagi zararli moddalarning tarqalishiga shahar 
qurilishining ta’siri katta deb hisoblanadi. Ma’lumki, quyosh nurining 
tushishi, namlik, shamol rejimi, harorat katta shaharlarda bir qadar o’zgarib 
ketdi. Temir-beton uylar, asfal’tlangan ko’chalar, uylarning baland qilib 
qurilishi yoz faslida atmosfera havosining isib ketishiga, havo 
aeraciyasining kamayishiga olib boradi. SHu sababli shaharlar issiqlik 
tarqatuvchi orolga o’xshab qolmoqda, kichikroq territoriyalarda yuqoridan 
pastga, pastdan yuqoriga ko’tariluvchi havo oqimi paydo bo’lmoqda. 
Transport vositalari ko’payshpi sababli havo tumanlari sodir bo’lmoqda, 
atmosfera havosidagi ifloslanishlarning tarqalishiga, ularning suyulishiga 
to’sqinlik qilmoqda. 
Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida yer yuzasi ham katta 
zarar ko’radi. Bunday ahvoldan qutulish uchun olimlar bir qancha takliflar 
kiritmoqdalar. Dudburon mo’rilarining baland qilib qurilishi katta 
ahamiyatga ega. 
Dudburon mo’risi ustidan o’tadigan shamol qancha tez bo’lsa, 
ifloslanish darajasi shuncha kamayadi. 
Baland qilib qurilgan dudburon yer yuziga yaqin bo’lgan havoning 
ifloslanishini kamaytirish bilan birga, tutun bilan ifloslanish 
radiusini oshiradi. Mo’rining uzunliga 20—40 metrga teng balandlikda 
qurilsa, ifloslanish darajasi eng yuqori bo’ladi. Hozir dudburon 
mo’rilarining 180—320 metrga teng balandlikda qurilishi havodagi 
ifloslanishning 10 km va undan ham uzoqroq masofaga tarqalishiga sabab 
bo’lmoqda. 
Atmosfera havosining yer yuzasiga yaqin qatlamlaridagi 


348
ifloslantiruvchi moddalar qoncentraciyasining kam bo’lishi yoki ko’proq 
miqdorda aniqlanishi havo harakatidagi notekis har xil yo’nalishlarning 
mavjudligidandir. Jumladan, pastlik joylarda havo harakatining ancha 
sekinligi, hatto to’xtab qolgan holatlari ham kuzatiladi. 
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi havo havzasiga tushgan 
chiqindilar miqdoriga bog’liq. CHiqindi moddalar kg, g, mg lar bilan 
ifodalanib, ma’lum vaqt bilan belgilanadi. Masalan, sut-ka/kg, 
sekund/gramm, yil/tonna bilan belgilanadi. 
Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar uyushgan va 
uyushmagan holatda amalga oshiriladi. Masalan, ventilyaciya sistemasi 
yoki aspiraciya yo’li bilan yig’ilgan gaz yoki boshqa chiqindilar yig’ilgan 
holda chiqarib tashlanadi. Bunday chiqindilar tarkibidagi moddalar 
koncentraciyasi yuqori bo’lganligi sababli ular atmoefyeraga mo’rilar 
orqali chiqarib tashlanadi. Masalan, isitish qozonlaridan, issiqlik elektr 
standiyalaridan chiqqan tutun va gazlar mo’rilar orqali atmosferaga 
chiqariladi. Bunday chiqindilar kichik-kichik cexlardan, dastgohlar ustiga 
o’rnatilgan qopqoqlardan quvur-lar orqali so’rilib, yig’ilgan holda 
ventilyaciya quvurlari orqali chiqarib yuboriladi. 
SHuni aytish kerakki, uyushmagan holdagi chiqindilarning atmosfera 
havosiga chiqarib tashlanishi atrof-muhitga asoratli ta’sir ko’rsatmoqda. 
Uyushgan chiqindilar miqdori va ular tarkibidagi ayrim moddalar 
koncentraciyasi turli usullar bilan o’lchanadi. 
30-jadval 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling