1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


ATMOSFERA HAVOSINING KUNDALIK SANITARIYA NAZORATI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

ATMOSFERA HAVOSINING KUNDALIK SANITARIYA NAZORATI 
Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya 


367
nazorati o’rnatish zarur. Buning uchun: 
1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi barcha manbalar va tozalash 
inshootlari hisobga olinadi. 
2. Tozalash inshootlarining holati vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi. 
3. Mabodo tekshirish vaqtida qonunga xilof ishlar kuzatilsa, ularga 
qarshi choralar ko’riladi. 
4. Sistemali ravishda atmosfera havosining kimyoviy tarkibi tekshirib 
turiladi. 
Turar joylar havosining zararli moddalardan ifloslanishining oldini 
olish uchun quyidagilar chuqurroq o’rganiladi va nazorat ostiga olinadi: 
a) atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo’ladigan texnologik 
jarayonlar; 
b) texnologik jarayonlar o’zgarganda yoki chiqindilarni tozalash 
usullariga o’zgartishlar kiritilganda
v) korxona ishlab turgan davrda chiqindilarni tozalash va zararsiz 
holatga keltirish usullari o’zgartarilganda; 
g) korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshirilganda; 
d) aholi turar joylariga iflos chiqindilar: gaz, chang, qurum va boshqa 
omillarning tarqalishi va mazkur moddalarning havodagi miqdori
e) chiqindilarning havo orqali mazkur joylarda yashovchi aholi 
sog’lig’iga, ularning sanitariya holatiga, o’simliklarning o’sishiga, iqlim 
sharoitiga ta’siri; 
j) atmosfera havosini muhofaza qilish yo’lida olib borilayotgan 
ishlarning nechog’li samara byerayotganligi va boshqalar. 
Kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosi 
ifloslanishining oldini olish maqsadida sanoat korxonalarida quyidagi 
chora-tadbirlar amalga oshiriladi: 
1. Gigiena jihatidan talabga javob byeradigan uskunalar ishlatilishi 
mumkin. 
2. Texnologik jarayonlar vaqtida ishlatiladigan quvurlarni mustahkam 
qilib byerkitish, ular orqali gaz, chang, aerozol, qurum va boshqa zararli 
omillarning atmosferaga ajralib chiqishining oldini olish. 
3. Xom ashyo va reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy 


368
moddalardan rasamadi bilan foydalanish. 
4. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qadoqlash 
(qoplarga joylash) va boshqa jarayonlar avtomatlashtirilishi zarur. 
5. Umuman 
ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirish, 
mexanizaciyalashtirish zarur. 
6. Texnologik jarayonlarni byerk sistemaga o’tkazish, iloji boricha 
isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik zarur. Mahsulotlar changiydigan bo’lsa, 
ularni donachalarga aylantirish kabi tadbirlar havoning chang bilan 
zararlanishining oldini oladi. 
7. Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash 
hisoblanadi. 
VI BOB 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling