1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning havo o’tkazuvchanligi
Tuproqning g’ovakligi. Tuproqdagi g’ovaklar procentlarda
ifodalanadi. Tuproqning g’ovakligi qancha yuqori bo’lsa, uning fil’trlash xususiyati shuncha past bo’ladi, ya’ni u nosog’lom tuproq deb ataladi. Masalan, qum tuproqning g’ovakligi 40%, torfniki 82%. G’ovaklarning katta-kichikligi uning mexanik tarkibiga bog’liq. Eng yirik g’ovaklar toshloq tuproqlarda, eng maydasi esa loy tuproqlarda bo’ladi. Tuproqda tabiiy g’ovaklardan tashqari tabiiy yoki sun’iy darzlar ham bo’lishi mumkin. Bu darzlar kemiruvchi hayvonlar, insonlarning hayot faoliyati davomida paydo bo’ladi. 374 G’ovaklar yirik bo’lsa yoki darz ketgan joylarda kanallar hosil bo’lsa, kimyoviy va biologik moddalar chuqur qatlamlardagi suvlarni ifloslantirishi mumkin. Bu odamlar salomatligiga putur etkazadi. Agar tuproqning g’ovakligi 60—65% ni tashkil qilsa, tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni yaxshi o’tadi. Tuproqning havo o’tkazuvchanligi. Tuproqning havo o’tkazishi uning g’ovakligiga ham bog’liq. Agar mayda qumdan 1 minutda1 hajm havo o’tsa, xuddi shundek sharoitda o’rtacha qumdan 84 hajm havo o’tadi. Yirik qumdan 961 hajm, mayda shag’al toshdan 5195 hajm havo o’tadi. Barometrik bosim ortishi bilan tuproqning havo o’tkazuvchanligi ham ortib boradi. Tuproq nam va qatlami qalin bo’lsa ham havo o’tkazuvchanligi kamayadi. Tuproq kovaklari suvga to’lsa, uning havo o’tkazishi pasayib ketadi, agar hamma g’ovaklar suvga to’lsa va yaxlasa havo o’tishi nolga tenglashadi. Atmosfera bosimi, uning harorati va tuproq suvlarining o’zgarib turishi tuproq havosining almashib turishiga ta’sir etadi. Tuproqning havo o’tkazuvchanligi va oksigen bilan ta’minlanganligi katta gigienik ahamiyatga ega. Tuproqqa tushadigan organik moddalarning parchalanishi, oksidlanishi tuproqning ifloslanishini kamaytiradi. Bunday tuproq sog’lom bo’ladi va ularning o’z-o’zini tozalash jarayoni yaxshi o’tadi. Abu ali ibn Sino fikricha, kasal tuproq deb ataluvchi yer maydonlariga uy-joy qurib bo’lmaydi. Uning fikri hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling