1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Tuproqning fil’trlash xususiyati


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Tuproqning fil’trlash xususiyati. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi 
deb uning yuza suvlarni o’ziga shimib olishi tushuniladi. Tuproqdagi 
suvning shimilishi fil’traciya jarayonining birinchi bosqichi bo’lib, bunda 
hamma g’ovaklar suvga to’ladi. Namlik ko’p bo’lsa, tuproqning suvni 
shimishi kamayadi. Suvga to’yingan tuproq og’irlik kuchi ta’sirida suvni 


375
harakatga keltirib ikkinchi, ya’ni fil’trlash bosqichiga o’tadi. Tuproqning 
suv o’tkazuchanlik xususiyati tuproqdaga suvlarni yig’ishda, yer osti suv 
havzalarini hosil qilishda katta ahamiyatga ega. 
Yer osti suvlari aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda va xalq 
xo’jalik ob’yektlarining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol’ 
o’ynaydi. 
Tuproqning fkl’trlash xususiyatidai aholi turar joylarida paydo 
bo’ladigan chiqindi suvlarni zararsizlantirishda ham foydalaniladi. 
Tuproqning suv sig’imi. Bu tuproqning shimish va kapillyar kuchlar 
vositasida o’ziga namlikni singdirib qolish xususiyatidir. Tuproqning 
g’ovakligi qancha kichik bo’lsa va hajmi qancha ortiq bo’lsa, uning sig’imi 
shuncha katta bo’ladi. 
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, o’rtacha kattalikdagi shag’al 7% suv 
ushlaydi, yirik qum — 23%, o’rtacha qum 47% va mayda qum — 65% 
gacha suv ushlashi mumkin. 
Namligi yuqori bo’lgan tuproq gigienik jihatdan kam ahamiyatga ega. 
CHunki namlik ko’p bo’lganda binolarning poydevori zax bosadi, havo 
yaxshi o’tmaydi. 
Tuproqning kapillyarligi. Bu tuproqning chuqur qatlamlarida yotgan 
namlikni kapillyar naylar yordamida yuqori qatlamga ko’tarish 
xususiyatidir. Tuproqning donadorligi qancha kam bo’lsa, uning g’ovakligi 
shuncha kam va kapillyarlarga boy bo’ladi. Demak, suv ham shuncha 
yuqori ko’tariladi. 
Tuproq kapillyarligining yuqori bo’lishi gigienik jihatdan talabni 
qondirmaydi. CHunki bunday tuproqlarga poydevor qurib bo’lmaydi. 
Binolar qurilayotganda tuproqning shu xususiyati hisobga olinmasa, 
imoratlar qurib bitkazilgandan so’ng uning podvaliga suv sizib chiqishi 
mumkin. 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling