1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Oksigen  karbonat angidrid


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Oksigen 
karbonat angidrid 


379
0,2 




20,0 
19,2 
16,0—19,0 
15,7—16,8 
14,2-15,0 
0,6—0,8 
0,9—1,0 
2,9—3,0 
4,1—5,6 
4,2-8,0 
Jadvaldagi raqamlardan ko’rinib turibdiki, tuproqning 0,2 metr 
chuqurlikdagi oksigen atmosfera havosidagi oksigen miqdori bilan teng, 3 
metr chuqurlikdagi tuproq havosi tarkibidagi oksigen miqdori 15,7—16,8% 
atrofida ekanligi aniqlangan. Demak, 3 metr chuqurlikda ham o’z-o’zini 
tozalash jarayoni normal o’tishi mumkin. 
Axlat va hayvon chiqindilari bilan ifloslangan tuproq havosida 
minyeralizaciya jarayoni tufayli paydo bo’lgan karbonat angidrid
ammiak, vodorod sul’fid va boshqa gazlar ko’p bo’ladi. Ular havo orqali 
odamlarga ham ta’sir etishi mumkin. SHu sababli havo tarkibini tez-tez 
tekshirib turish zarur. 
Tuproqdagi mikroorganizmlar. Tuproqdagi mikroorganizmlarning 
gigienik ahamiyati juda katta. Ular tuproqqa tushgan begona organik 
moddalarni, chiqindi va axlatlarni zararsiz holga kelishiga yordam byeradi. 
Tuproqdagi patogen mikroblar soni qancha ko’p bo’lsa, uning 
epidemiologik tomondan xavfliligi shuncha yuqori bo’ladi. Tuproqning 
gigienik jihati undagi mikroorganizmlar soniga qarab aniqlanadi. 
Tuproqning gigienik ahamiyati. Tuproq darhaqiqat juda katta 
laboratoriya. Unda doimo murakkab kimyoviy va bioximik jarayonlar sodir 
bo’lib turadi. Bu jarayonlar oqibatida turli organik va noorganik moddalar 
hosil bo’ladi. Tuproqda patogen mikroorganizmlar, viruslar, oddiy bir 
hujayrali hayvonlar, gajja tuxumlari va boshqalar mavjud, Tuproqning 
chiqindi iflos suvlar, axlatlar, chirindi va boshqalarni zararsiz holatga 
keltirishda ahamiyati katta. U yerning relyefiga, iqlimga, ayniqsa kichik 


380
iqlimga o’simliklar dunyosiga va boshqalarga katta ta’sir etadi. Tuproqqa 
pesticidlar, minyeral o’g’itlar, yuza faol moddalar, sanoat korxonalari 
chiqindilari, xo’jalik chiqindi suvlari va boshqalarning tashlanishi ham 
uning sanitariya holatini o’zgartirib yuboradi. Tuproq orqali epidemik va 
endemik kasalliklar tarqalishi mumkin. 
Ifdoslangan tuproqda zaharli kimyoviy va biologik moddalar 
bo’lganligi tufayli u suvlarni, atmosfera havosini, o’simliklarni, qolavyersa 
kishi organizmini zaharlashi mumkin. 
Bu quyidagi zanjir bo’yicha ifodalanadi: 
Tuproq
odam 
Tuproq
suv
odam 
Tuproq
o’simlik
odam 
Tuproq
havo
odam 
Tuproq
suv
baliq
odam 
Tuproq
o’simlik
o’simlik
hayvon
odam 
SHuning uchun ham, tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish 
hammaning burchi hisoblanadi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling