1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


CHiqindi-axlatlarni chiqarib tashlash


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

CHiqindi-axlatlarni chiqarib tashlash sistemasi. CHiqindi-
axlatlarni tashishda uch holat nazarda tutiladi. 
1) Turar joylarni to’la-to’kis kanalizaciyalashtirish. Bunda hamma 
suyuq chiqindilar trubalar yordamida kanalizaciyaga oqiziladi, qattiq 
axlatlar esa tashish sistemasi yordamida chiqariladi. 
2) Qisman kanalizaciyalashgan turar joylar. Bunda chnqindilarga 
ikkala sistema xizmat qiladi. 
a) kanalizaciyalashgan turar joylardan suyuq chiqindilar trubalar 
yordamida chiqariladi. 
b) qattiq va suyuq chiqindilarni olib chiqib ketish uchun olib chiqib 
ketish va tozalash sistemasi ishlaydi. 
3) Kanalizaciya qilinmagan turar joylar. Bunda hamma chiqindilar 
(suyuq, qattiq) olib chiqib ketish, tozalash sistemasi yordamida tozalanadi. 
Suyuq chiqindilarni trubalar yordamida tozalash inshootlariga 
yuborish sanitariya, epidemiologiya va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga 
ega. SHuning uchun ham shaharlarni kanalizaciyalashtirish katta 
ahamiyatga ega. 
SHuni aytish kerakki, turar joylarni to’la-to’kis obodonlashtirish 
chiqindilar miqdorining kamayishiga olib keladi, kanalizaciyalashmagan 
turar joylarda chiqindilar miqdori ko’payadi. Xonadonlarni gazlashtirish 
ko’mir yoqishga nisbatan chiqindilar sonini 10—30% ga kamaytiradi. 
Turar joylarda axlat tashlash trubalarining bo’lishi chiqindilar miqdorini 
20—25% ga oshiradi. Maishiy xizmat ko’rsatish va oziq-ovqat 


391
ob’yektlariniig ko’payishi xonadonlardan chiqadigan axlatlarni 
kamaytiradi. CHiqindilar haftada, oyda va kuyda yig’iladi. SHuning uchun 
chiqindilarning o’rtacha miqdorini hisoblash maqsadida ular uchun sutkalik 
tengsiz yig’ilish koefficienti ishlab chiqilgan, u 1,5 ga teng. YA’ni, bir 
sutkada yig’ilgan chiqindilarning bir yilda yig’ilgan chiqindiga nisbati 
sutkalik tengsiz yig’ilish koefficienti deyiladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling