1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
TUPROQNING O’Z-O’ZINI TOZALASH JARAYONI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
TUPROQNING O’Z-O’ZINI TOZALASH JARAYONI
Har kuni, har soatda tuproqqa tushadigan ko’p miqdordagi chiqindi- axlatlar, ular tarkibidagi mikroblar, viruslar, gijja tuxumlari, chirigan organik moddalar inson hayotiga xavf solishi mumkin edi. Ammo tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni shunday falokat ning oldini oladi, Keyingi vaqtda odamlarning o’zi ham chiqindilarni zararsiz holga keltirish yo’llarini izlab topmoqdalar va ulardan xo’jalikda qayta foydalanmoqdalar. Tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoni sanitariya jihatidan ham talabga javob byeradi. Bunda organik moddalar minyerallashadi, patogen 382 baktyeriyalar, ayniqsa ichak tayoqchalari va entyeroviruslar nobud bo’ladi, gijja tuxumlari yashash qobiliyatini yo’qotadi. Bu jarayon juda murakkab bo’lib, uning nechog’li yaxshi tozalanishi tuproqning tuzilishiga bog’liq. Tuproq normal holatda mayda yumaloq donachalardan iborat bo’ladi. Ular orasidagi g’ovaklar tuproqning havo bilan ta’minlanishiga yordam byeradi va jarayonni jadallashtiradi. Tuproq donachalari o’z navbatida biologik parda bilan o’raladi. Bu parda fil’trlanish jarayonida o’ziga erigan va osilma moddalarni, shular bilan birga baktyeriyalarni shimadi. Tuproqda organik moddalarning parchalanishi minyeralizaciya va nitrifikaciya bosqichida o’tadi. Minyeralizaciya jarayoni aerob va anaerob sharoitda o’tadi. Sporasiz, achitish jarayonida qatnashadigan mikroblar anaerob sharoitda parchalana boshlaydi. Organik moddalarning parchalanishida tuproqdagi bir hujayralilar, chuvalchanglar, mog’orlar, hasharotlarning tuxumdan chiqqan qurtlari ham qatnashadi. Natijada karbon suvlar suv va karbonat angidridga, yog’lar oldin yog’ kislotalari, glicyeringa, so’ngra suvga va karbonat angidridga parchalanadi. Proteolitik jarayonlar yordamida murakkab oqsillar aminokislotalar va ammiakka aylanadi. Oqsil tarkibidagi oltingugurtdan esa vodorod sul’fid hosil bo’ladi. Anaerob sharoitda parchalanadigan organik moddalar o’zidan qo’lansa hidli ammiak, vodorod sul’fid, myerkaptan kabi moddalarni chiqarib havoni ifloslantiradi. Aerob sharoitda oksidlanganda qo’lansa hidli gazlar ajralmaydi. Lekin bu jarayonda tuproqning o’z-o’zini tozalashi oxiriga etmaydi. Bunda oksidlanishdan so’ng nitrifikaciya jarayoni boshlanadi. Tarkibida azot saqlovchi birikmalar taqdirida nitrifikaciya jarayoni katta ahamiyatga ega. Bu bosqichda S. N. Vinogradov tomonidan topilgan aerob, anaerob mikroblar faol ishtirok etadi, Bular Nitrosomonos va Nitrobaktyer 383 mikroblaridir. Bu mahsulotlar o’simliklar uchun juda zarur ozuqa hisoblanadi. Oksidlanish jarayoni davomida vodorod sul’fid sul’fat kislota tuzlariga, karbonat kislota karbonat kislota tuzlariga (karbonatlarga) aylanadi. Fosfor esa fosfor kislota va fosfor kislota tuzlariga (fosfatlarga) aylanadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tuproqda organik moddalar parchalanish bilan bir qatorda sintez ham qilinadi. Natijada murakkab gumus moddasi paydo bo’ladi. Bu moddaning qishloq xo’jaligida va gigiena sohasida ahamiyati katta. Gumus organik moddalarga boy, murakkab kimyoviy tarkibga ega bo’lgan birikma. Gumus tarkibida gumin, ul’min, kren kislotasi, ligninlar, proteinlar, karbon suvlar, yog’lar, organik kislotalar va boshqa moddalar bor. Gumus sekin-asta emirilib o’simliklarga singadigan ozuqaga aylanadi. Gumusda azot moddasi ko’p bo’lishiga qaramay yomon hid chiqarmaydi, u yerda pashshalar ko’paymaydi. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanganligani ko’rsatuvchi belgi uning tarkibida organik azot, ammiak, organik karbon, nitratlar, xloridlar va sanoat korxonalari chiqindilarining topilishidir. Bu ko’rsatkichlar kontrol tuproqlar bilan solishtiriladi. Kimyoviy ko’rsatkichlarga «sanitariya soni» degan ko’rsatkich ham kiradi. Tuproqning o’z-o’zini tozalashi yaxshilanib borsa, u holda sanitariya soni yuqorilashib «1» ga etadi, tuproq juda ifloslansa, bu ko’rsatkich 0,70 ga teng bo’ladi. Patogen kasallik chaqiruvchi mikroblar tuproqning baktyeriologik ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Jumladan, tuproqning axlat bilan ifloslanganligini ko’rsatuvchi omil Vast. Soli va Vast regfringens hisoblanadi. Ma’lum bo’lishicha, tuproqdagi ichak tayoqchalari taxminan bir yildan so’ng nobud bo’lar ekan. Ularning tuproqda topilishi uning ifloslanganligidan darak byeradi. Agar tuproqda ichak tayoqchasi topilmasa, tuproq ilgari 384 ifloslangan hisoblanadi. Tuproqning gijja tuxumlari bilan nechog’li ifloslanganligi bir kg tuproqda topilgan gajja tuxumlari soniga qarab aniqlanadi. Tuproqning tozaligini yoki ifloslangaligini ko’rsatuvchi hamda baktyeriologik, entomologik, gel’mintologik ko’rsatkichlar V.A. Gor-bov va N.I. Xlebnikov tomonidan 1972 yilda aniqlangan. 36-j a d v a l Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling