1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

LOYIHALASH TADBIRLARI 
Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks 
holdagi masalalarni oladi. Jumladan: 
a) shahar xududini zonalarga bo’lish; 
b) tabiiy changlarga qarshi kurashish; 
v) sanitariya-himoya chegaralarini tashkil qilish; 
g) turar joylar loyihalarini takomillashtirish;. 
d) turar joylarni ko’kalamzorlashtirish va boshqalar. 
Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan chiqindilarni 
atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. 
Sanoat korxonalari shahar xududida to’g’ri joylashtirilishi, shahar 
bosh loyihasiga hamda sanitariya normlariga asoslangan holda qurilishi 
kerak. 
Sanoat korxonalari qurish uchun yer maydoni ajratilaetganda joyning 
relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning paydo bo’lib turish holatlariga 
ahamiyat byeriladi. 
SHahar xududini zonalarga bo’layotganda shamol yo’nalishini hi-
sobga olish katta ahamiyatga ega. Odatda sanoat korxonalari yaxshi sha-
mollatiladigan joylarga quriladi. Bu turar joylarni tutun va dud-lardan 
asraydi. SHamol yo’nalishi hisobga olinganda, o’rtacha yillik shamol 
yo’nalishi bilan bir qatorda yil davomidagi o’zgarishlar ham hisobga olinsa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Odatda, sanoat korxona-lari joylashgan 
yerlarda qish faslida namlik yuqori darajaga etgan-da yer yuzasining 
ifloslanishi kutilmagan darajada yuqori bo’ladi. 
SHaharlarda changlarga qarshi kurashishning birdan-bir yo’li 
obodonlashtirish, ularni ko’kalamzorlashtirishdir. Ko’chalar ravon, 
asfal’tlangan bo’lsa, yo’llar chetiga ariqlar o’tkazilsa, manzarali va mevali 
daraxtlar o’tqazilsa chang ancha kam bo’ladi. 
Bulardan tashqari, korxonalar atrofida chiqindilar yig’ilib qolishiga 


357
yo’l qo’ymaslik lozim. Sanitariya nazorati xodimlari bu borada tadbirkorlik 
bilan faoliyat ko’rsatishlari lozim, chunki yig’ilib qoladigan axlatlar 
yuqumli kasalliklar tarqalishiga sababchi bo’lishi mumkin. Bunday 
zonalarni tashkil qilishdan maqsad turar joylardagi aholi salomatligini 
saqlashdir. Himoya zonalarining katta-kichikligi sanoat korxonalaridan 
chiqadigan chiqindilar miqdoriga bog’liq. 
Sanitariya-himoya zonasi 5 turga bo’linadi: 
1-turga taalluqli sanoat korxonalari uchun sanitariya-himoya chegarasi 
1000 m; 2-turdagi sanoat korxonalari uchun 500; 3-turdagi sanoat 
korxonalari uchun 300; 4-turdagi sanoat korxonalari uchun 100 metr; 5-
turdagi sanoat korxonalari uchun esa 50 metrni tashkil etadi. Zarur hollarda 
mazkur himoya masofalari uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. 
Agar sanoat korxonalari qoshidagi havoni tozalash inshootlari yaxshi 
ishlamasa yoki tozalash inshootlari umuman bo’lmasa, joylardagi havo 
muallaq turadigan yoki tumanli bo’lsa himoya zonalari uzaytiriladi. 
Ayrim sanoat korxonalari, shuningdek, ba’zi ishlab chiqarish 
komplekslari, ximiya sanoati, neftni qayta ishlash, metallurgiya 
kombinatlari, issiqlik elektr stanciyalari bilan aholi turar joylari orasidagi 
himoya masofalari sanitariya-epidemiologiya Bosh 
boshqarmasi va Davlat qurilish komiteti tomonidan belgilanadi. Bunday 
xuquq boshqa respublikalardagi sanitariya, epidemiologiya Bosh 
boshqarmasi va jumhuriyat Davlat qurilish komitetlariga ham byeriladi. 
Sanntariya-himoya zonalari ko’kalamzorlashtirilishi zarur. SHunday 
qilinganda daraxtlar zararli moddalar uchun tabiiy to’siq vazifasini o’tab, 
chang, aerozol va boshqa ta’sirchan moddalarni o’zida ushlab qoladi. 
YAshil zonalar havodagi chang miqdorini 2—3 marta kamaytiradi. 
Ular havodagi sul’fit angidrid gazini o’ziga singdirib oladi va sul’fatlarga 
aylanadi. 
YAshil qalqonlar nafaqat changlarni, balki zararli gazlarni ham o’ziga 


358
singdirib zararsizlantiradi. SHu sababli yashil zonalar tashkil 
qilinayotganda zararli gazlarga, kislota va ishqorlarga chidamli daraxtlar 
o’tkazish zarur. Sanoat korxonalari joylashgan atmosfera havosining 
ifloslanish darajasi yuqori bo’lgan joylarga mevali daraxtlar o’tkazmagan 
ma’qul. 
Sanitariya himoya zonasining 70% ini ko’kalamzorlashtirish mumkin. 
I, II, III darajali sanoat korxonalarining 10% maydonini garaj, kirxona, 
oshxona va hokazolar uchun, 20% maydonini esa yo’l va yo’lkalarga 
ajratish mumkin. IV va V darajali sanoat korxonalari, turar joylar 
oralig’idagi himoya masofasi ochiq qoldirilib, o’tloq.parga, daraxtlarga 
aylantirilishi maqsadga muvofiq. 
Sanitariya himoya zonasidagi daraxtlarga eng kuchli ta’sir etuvchi 
moddalar kimyo, ko’mir sanoati, shuningdek qora va rangli metallurgiya 
korxonalaridan ajralib chiqadigan sul’fit va sul’fat angidrid, vodorod 
sul’fit, ftor, ammiak, sul’fat azot, brom va boshqa shu kabi moddalardir. 
Sanitariya himoya zonasiga o’t o’chirish deposi, hammom, kirxona, 
garaj, omborlar, konstruktorlik byurolari, o’quv yurtlari, laboratoriyalar, 
garaj va boshqalarni qurish mumkin. 
Sanitariya himoya zonasiga havoni qo’shimcha ifloslantiruvchi 
ob’yektlar, shuningdek sport maydonlari, istirohat bog’lari, bolalar bog’cha 
va yaslisi, maktab, davolash-profilaktika va sog’lomlashtirish 
muassasalarini qurishga ruxsat byerilmaydi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling