1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Turar joylarda xo’jalik va iste’mol uchun sarflanadigai suv normalari


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

96
Turar joylarda xo’jalik va iste’mol uchun sarflanadigai suv normalari 
Turar joylarning holati 
Kishi boshiga 1 kunda sarflanadigan 
o’rtacha suv miqdori (litr hisobida) 
Vodoprovod va kanalizaciya tarmoqlari 
bilan ta’minlangan, vannasi bo’lmagan 
binolar 
Vodoprovod, kanalizaciya vanna va suv 
isitgichlar bilan ta’minlangan binolar 
Markazlashgan issiq va sovuk suv bilan 
ta’minlangan binolar 
125—160 
160—230 
250—350 
SHuni eslatish zarurki, hozir yer kurrasida bundan million yil ilgari 
bo’lganidek 40 000 km
3
chuchuk suv mavjud. 
Hozirgi kungacha bu miqdor o’zgargani yo’q, aholi soni esa 5 
milliarddan ortib ketdi. Buning ustiga ko’p yerlar o’zlashtirilmoqda, sanoat 
korxonalari paydo bo’lmoqda. Demak, chuchuk suv sarfi ko’paymoqda. 
SHuning uchun ham aholini toza suv bilan ta’minlash masalasi butut dunyo 
mamlakatlari oldida katta muammo bo’lib turibdi. 
Turar joylarda jon boshiga kundalik suv sarfi 200 litrga etadi, ammo 
katta shaharlarda xo’jalik va turmush maqsadlari uchun sarflanadigan suv 
miqdori 400—450 litrga teng. SHahar va qishloqlarda suv ta’minotining 
yaxshi bo’lishi aholi salomatligi uchun, ularning sanitariya madaniyati 
yuksalishi uchun imkon byeradi. Bu ayniqsa uy-joylar sanitariya holatini 
yaxshilashda katta ahamiyatga ega. 
SHahar va qishloq qurilishining taraqqiyoti, sanoat korxonalarining 
paydo bo’lishi va rivoji, bo’z yerlarning o’zlashtirilishi va ekin 
maydonlarining kengayishi suvning yanada ko’proq sarflanishiga olib 
bormoqda. Suv havzalaridan sog’lomlashtirish va boshqa maqsadlarda keng 
foydalanilmoqda. 
Aholining suvga bo’lgan ehtiyojini to’la-to’kis qondirish maqsadida 
shahar va boshqa turar joylarda katta-katta vodoprovod inshootlari 


97
qurilmoqda. Asosiy maqsad aholini markazlashtirilgan toza ichimlik suv bilan 
ta’minlashga qaratilgan. 
Keyingi yillarda katta regionlar uchun gruppalashtirilgan vodoprovodlar 
qurilmoqda. Bunda rayonlar, qishloqlar, muassasalar, tashkilotlar bir bo’lib, 
o’z mablag’larini koopyeraciya qilib shunday katta suv inshootlari qurishga 
muvaffaq bo’lmoqdalar. SHimoliy Kavkaz, Ukraina, O’zbekiston, G’arbiy 
Sibir, Qozog’iston va boshqa rayonlar shular jumlasiga kiradi. Suvni 
tozalashning yangi-yangi texnik usullari ishlab chiqilmoqda. YAngi-yangi suv 
havzalari, suv omborlari paydo bo’lmoqda. 
Xo’jalik-ichimlik suv ta’minoti deganda aholini toza ichimlik suv bilan 
ta’minlash, undan gigiena va turar joylarni obodonlashtirish maqsadlarida 
foydalanish tushuniladi. 
Xo’jalik-ichimlik suvi miqdor va sifat jihatidan gigiena talablariga javob 
byermog’i kerak, SHundagina aholiga tarqatiladigan suv yuqumli 
kasalliklarning oldini olishga, o’sha joyning sanitariya holatini yaxshilashga 
yordam byeradi. Toza suv oziq-ovqat korxonalarining to’xtovsiz ishlashiga, 
oziq-ovqatlar sifatini yaxshilab, undan zaharlanishning oldini olishga yordam 
byeradi. 
Butun dunyo Sog’liqni saqlash uyushmasining hozir va kelajakdagi 
maqsadi sog’liqni saqlash siyosati va uning programmasi yer yuzi aholisini 
2000 inchi yilgacha faqatgina davolash-profilaktika ishlari bilan 
ta’minlabgina qolmay, balki aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlashni ham 
ko’zda tutadi. 
SHunday qilib, bu uyushmaning maqsadi yer kurrasidagi aholining 
sog’lig’ini saqlashga qaratilgandir. Butun dunyo sog’liqni saqlash 
uyushmasining hujjatlarida shunday deyiladi: «Qayerda bo’lmasin, aholi 
sog’lig’ini saqlash, uning yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi oldini olishga 
toza ichimlik suv bilan ta’minlash orqali erishiladi». Aholini toza suv bilan 
ta’minlash masalasi ayniqsa O’rta Osiyo respublikalarida katta muammo 
bo’lib qolmoqda. SHu vaqtgacha qishloq va ba’zi shaharlar aholisining 


98
ko’pchshtt 100 foiz markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangani yo’q, 
O’zbekistonda qishloq aholisini faqat 50% igina toza ichimlik suv bilan 
ta’minlangan. SHaharlarda esa bu 70—80 foizga ko’tarilgan. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling