Metallarning koruziyasi va undan oldini olish usullari
Download 21.87 Kb.
|
Документ Microsoft Word
metallarning koruziyasi va undan oldini olish usullari Reja Metallar korroziyasi to`g`risida umumiy tushunchalar. Korroziyaning asosiy turlari. Metallar korroziyasini oldini olish turlari. Qattiq qotishmalar. Hozirgi kunda metallar eng muhim konstruktsion material bo`lib, turli sharoitda (havoda, suvda, yer ostida) ishlaydi. Metallarning ishlash sharoitida ularni yemiruvchi ko`pgina moddalar bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar qisman yoki butunlay yemirilishi, ya'ni korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning korroziya tufayli bo`ladigan isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi. Binobarin, metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning uchun, ularni korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir. Metallar korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining mohiyatini, uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur. Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. Metallurgiya jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va bunda metallarning barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda barqaror holatini tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi. Korroziyaning sodir bo`lish jarayoni ana shundan iborat. Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri oqibatida yemirilishi metallar korroziyasi deb ataladi. Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari pasaayib ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini pasaytiradi. Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki ularning sirtida korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya tekis korroziya deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim joylarigina korroziyalansa, bunday korroziya mahalliy korroziya deyiladi. Korroziya qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar chuchuk va sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy korroziyalanadi. Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday korroziya kristallitlararo korroziya deb ataladi. Korroziyaning bu turi nihoyatda xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli darajada pasaygan bo`lishiga qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli o`zgarmaydi. Metallga agressiv muhit va mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy) kuchlanishlar bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu metallda korrozion darzlar hosil bo`ladi. Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin: 1. Kimyoviy korroziya 2. Elektrokimyoviy korroziya. Download 21.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling