Metallarning koruziyasi va undan oldini olish usullari
Download 21.87 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Legirlash. Qotishmalarni ba'zi elementlar bilan legirlash ham korroziyaning oldini olish usullaridan biridir. Legirlangan qotishmalardan tayyorlangan buyumlar juda agressiv muhitda ham korroziyabardosh bo`ladi, chunki ularda turg`un himoya pardalari bo`ladi. Bunday qotishmalar jumlasiga, masalan, korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh po`latlar kiradi.
Diffuzion legirlash. Bu usulda metallarning sirtqi o`avati korroziyabardosh metallar, masalan, alyuminiy, xrom bilan to`yintiriladi, natijada metall normal temperaturadagina emas, balki yuqori (900°S gacha) temperaturada ham korroziyalanmaydigan bo`lib qoladi. Qattiq qotishmalar bir kator metall karbidlaridan tashkil topgan va uch guruxga bo`linadi; volfram-kobaltli qattiq qotishma (VK), titan-volfram-kobaltli qattiq qotishma (TK), titan-tantal-volfram-koboltli qattiq qotishma (TTK). Volframli qotishmalarning tarkibi kobalt (So) bilan bog`langan Volfram karbidi donalaridan (WC) tashkil topgan. Ayrim hollarda vanadiy (VC), niobiy (NbC) va tantal (TaC) karbidlari ham qo`shiladi. Titan-volframli qotishmalarning tarkibi kobolt bilan bog`langan titan karbidlari (TiC) va WC-ning ko`p donalaridan tashkil topgan. Titan-tantal-volframli qotishmalarning tarkibi kobalt bilan boglangan TiC-TaC-WC qattiq aralashma donalaridan va WC-ning ko`p donalaridan tashkil topgan. Qattiq qotishmalar – qattiq va murt karbid donalaridan va kobalt fazalaridan, tashkil topgan bo`ladi. Download 21.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling