1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


FIZIK OMILLARNING GIGIENIK AHAMIYATI VA ULARNING AHOLI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

FIZIK OMILLARNING GIGIENIK AHAMIYATI VA ULARNING AHOLI 
SOG’LIG’IGA TA’SIRI 
Inson sihat-salomatligani saqlashda turar joylardagi fizik omillarning roli 
juda katta. Turar joylarda tabiiy yorug’likning kamayishi, transport
vositalari, korxonalardan chiqadigan shovqin- 
suron, tebranishlar kishi asabini buzib, ko’rish qobiliyatini pasaytiradi. 
Fan-texnika taraqqiyoti davrida aholini shahar shovqin-suronidan asrash 
hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo’lib qoldi. SHovqin-suron 
borgan sari ko’paymoqda. Bunga asosiy sabab avtobus, trolleybus, tramvay 
va boshqalarning ko’payishi bo’lmoqda. 
Fizik omillarning kishi organizmiga kun bo’yi, oy va yil davomida 
tinimsiz ta’sir etishi natijasida uning normal hayot tarzi buzilib, sog’lig’i 
yomonlashmoqda. SHahardagi shovqin - suron ijtimoiy omil bo’lib qoldi. 
SHovqin masalasiga keyinga vaqtlarda keng ko’lamda ahamiyat byerilib, 
uning sabablari o’rganilmoqda. Bugungi kunda shovqin va turli zararli omillar 
ta’siri bilan faqatgina fiziklar shug’ullanmasdan, balki gigienistlar ham 
shug’ullanmoqdalar. 
Inson uchun yod, noxush ovozlar, shovqin yoqimli ovozlarni qabul 
qilishga to’sqinlik qilmoqda. Odamlar tinchligini buzib, asabiga ta’sir 
etmoqda. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish unumdorligiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Keyinga yillarda shovqin-suron ta’sirida asab kasalligi borgan sari 
ko’payib bormoqda. 
SHovqin odam umrini qisqartiradi degan fikrlar bor. SHovqin-suronni 


77
kamaytirish va uning oldini olish uchun davlat tomonidan anchagina tadbirlar 
ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 1973 yilda sanoat korxonalari, shaharlar va 
turar-joylarda shovqin-suronni kamaytirish to’g’risida maxsus qaror qabul 
qilindi. SHahar shovqin-suronini baholash va gigienik normalash 45 dan 
11200 Gc diapazonda amalga oshiriladi. Odamning eshitish a’zolari 16 dan 
20000 Gc gacha tebranish to’lqinini qabul qiladi. YOsh o’tishi bilan 
odamning tovushni eshitish qobiliyati kamayib boradi. U hatto 12000 dan 
6000—8000 Gc gacha kamayishi mumkin. 
SHovqinning paydo bo’lishi biror qattiq jismning tebranma harakat 
oqibatida ovozli to’lqinlarni keltirib chiqarishidir, Bu to’lqin ma’lum tezlikda 
biror muhitda tarqaladi. Fizik nuqtai nazardan ovoz va shovqinning tebranish 
kengligi (amplitudasida) tebranma harakat bilan ifodalanadi. Tebranish 
to’lqinlari Gc bi-lan o’lchanadi. 
Tovush deb elastik muhit zarrachalarining gazsimon yoki suyuq muhitda 
to’lqin shaklida tebranma harakat qilishiga va quloqqa eshitilishiga aytiladi. 
Ovoz chiqaruvchi jism tsbranish kengligining ortib borishi ovoz bosimini 
oshiradi. Ovoz bosimi deb, normal atmosfera bosimiga qarshi yuqoriga 
ko’tariluvchi va pastga tushuvchi almashinib turadigan bosimlar orasidagi 
farqqa aytiladi. 
Ovoz bosimi o’zgaruvchan bo’lib, u noldan eng yuqori ko’rsatkich-
gacha o’zgarib turadi va tebranish davrining o’rtacha kvadrat belgisi bilan 
baholanadi, Tebranish kengligining ortishi ovoz bosimining ko’payishiga va 
shovqin kuchining ortishiga sabab bo’ladi. Ovoz bo-simi 1 m
2
ga to’g’ri 
keladigan N’yuton birligi bilan o’lchanadi (Nm
2
). 
SI sistemasi bo’yicha bu o’lchov birligi Paskal’ nomi bilan (Pa) ataladi. 1 Pa 1 
n/m
2
ga to’g’ri keladi. Ovoz bosimining yaxshi sezilishi 0 da 140 (dB) 
eshitish kengligida o’zgarib boradi, bu o’z navbatida quyidagi fizik bosimga 
to’g’ri keladi, ya’ni 2x10-
5
dan to 10
2
Pa gacha. Agar ovoz bosimi Ro—2x10-
5
Pa bo’lsa, bu bo’sag’a eshitish, agar ovoz bosimi Ro—10
2
Pa bo’lsa (140 


78
dB) odam quloq par-dasiga bosimli ta’sir ko’rsatadi. Ovoz bosimi ortib ketsa
og’riq sezgisi paydo bo’lib, quloq pardasini yirtib yuborishi mumkin. 
Tovushning har safar 10 dB ga ortishi ovoz bosimining 10 marotaba 
ko’payishiga sabab bo’ladi. Umuman olganda, inson umri turli tovushlar 
dunyosida o’tadi, mutloq tinchlikda hayotni tasavvur etish qiyin. Ammo 
tovushlarning turlicha bo’lishi va davomliligi har kimda har xil sezgi paydo 
qiladi. 20—400 Gc kenglikdaga shovqin qisqa qaytalanishli shovqin deyiladi, 
400 dan 1000 Gc gacha kenglikdagi shovqin o’rtacha qaytalanishdagi shovqin 
deyiladi. 1000 Gc dan ortgan shovqin yuqori qaytalanishli shovqin deb 
ataladi. Agar shovqin tarkibida har xil tovushlar qaytalanishga ega bo’lsa, 
unday shovqin keng maydonli shovqin deyiladi. Agar tovush ma’lum 
qaytalanishda eshitilsa ohangdosh tovush bo’ladi, Ohangdosh tovush odamga 
salbiy ta’sir etadi. 
SHovqinlarning turg’unlik darajasi doimiy, nodoimiy, impul’sli, uzilib 
turuvchi bo’lishi mumkin. Masalan, doimiy shovqin kassa, ventilyatorlar, 
havo puflaydigan kompressorlar va boshqalardan chiqadigan shovqinlardir. 
Bunday shovqinlar bosimining vaqti-vaqti bilan o’zgarishi 5 dB dan 
oshmaydi. Nodoimiy shovqin esa 5 dB oshishi mumkin. Masalan, harakatdagi 
transport shovqini va boshqalar. 
Olib borilgan ilmiy ishlar shuni ko’rsatadiki, aholiga doimo ta’sir 
qiladigan shovqin bu transport shovqinidir. 
L = 20 lg P x dB, 
Ro 
L — ovoz bosimi darajasi dB
R — ovoz bosimi hosil bo’lishi; 
Ro — bo’sag’a ovoz bosimi 2 x 10-
5
Nm
2


Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling