Kimyo sanoati
Download 26.69 Kb.
|
kimyo sanoati
Kimyo sanoati Reja: 1. Umumiy ma`lumot 2. Uning xalq xo`jaligidagi o`rni 3. Kimyo manoatining o`ziga xos hususiyatlari 4. Kimyo sanoati zavodlarini kurishdagi shartlari Kimyo sanoati xalq xo`jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning joylashishi mashinasozlik sanoatining joylashini eslatadi. Kimyo sanoati o`ziga xos hususiyatlarga ega. Birinchi hususiyati, tabiiy materiallardan ustun turuvchi yangi materiallar ishlab chiqarishidir. Bu materiallar arzonligi va mustaxkamligi bilan ajralib turadi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga nisbatan 20 barobar kam mehnat sarflanadi. Ikkinchi hususiyati, ishlab chiqarishni kombinatlashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi. Chunki, ko`mir, neft, gaz, slanets, torfdan bir vaqtning o`zida ham energiya, ham qimmatli kimyo maxsulotlari olish uchun foydalanish energetika-kimyo kombinatlarini qurishga olib keldi. Kimyo sanoatini boshqa sanoat tarmoqlari bilan kombinatlashtirish natijasida maxsus ishlab chiqarishlar — koks-kimyo, neft-kimyo, slanets-kimyo sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Uchinchi hususiyati, kimyo sanoatining keng xom ashyo manbalariga egaligidir. Turli xil foydali qazilmalar, yog`och, suv, havo, ishlab chiqarish chiqindilari ushbu sanoat uchun xom ashyo bo`lib xizmat qiladi. Ammo uning asosiy xom ashyosi maxsus tayyorlangan xom ashyo (neftni qayta ishlash, ko`mirni kokslash chiqindilari) bo`lib hisoblanadi. Kimyo sanoati bir qancha tarmoqlardan iborat, ularning asosiylari quyidagilar: tog` kimyosi, asosiy kimyo, polimerlar kimyosi. Tog` kimyosi mineral xom ashyoni qazib olish bilan shug`illanadi, shuning uchun bu tarmoq korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin bo`lgan joylarda joylashtiriladi. Asosiy kimyo tarmog`i mineral o`gitlar va turli xil kislotalar, tuzlar ishlab chiqaradi. Sulfat kislotasini tashib yurish qiyin, uni tashish uchun kislotaga chidamli materiallardan yasalgan maxsus sisternalar kerak bo`ladi. Ammo uning xom ashyosini tashish osonroq. Shu sababli sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan zavodlar, kislota ishlatiladigan xududlarda, ya`ni iste`molchiga yaqin quriladi. Sulfat kislotasi metallurgiya kombinatlarida ham ishlab chiqariladi. Bularda sulfat kislotasi rangli metallarni eritganda chiqadigan oltingugurt gazidan olinadi. Superfosfat zavodlari o`gitlar iste`mol qilinadigan joylarda qiriladi. Chunki 1 t xom ashyodan 2 t o`git tayyorlanadi, ammo o`git ishlab chiqarish uchun juda ko`p sulfat kislotasi ishatiladi. Tarkibida fosfor ko`p bo`lgan o`gitlar ishlab chiqaruvchi yangi superfosfat zavodlari ko`proq xom ashyo manbalariga yaqin qurilmoqda, chunki xom ashyoga nisbatan tayyor maxsulotni tashish qulayroq. Azotli va kaliyli o`gitlar zavodlari ham xom ashyo manbalariga yaqin quriladi. Azotli o`gitlar zavodlarida tabiiy va yo`ldosh gazlardan foydalaniladi. Shu sababli, bunday zavodlar neft qazib chiqariladigan rayonlarda, magistralh gaz quvurlari o`tgan yerlarda, metallurgiya kombinatlari yonida quriladi. Polimerlar kimyosida maxsulot birligini olish uchun ko`p miqdorda issiqlik va elektr energiyasi, suv va maxsus tayyorlangan xom ashyo sarflanadi. Shu sababli, polimerlar ishlab chiqarish neft maxsulotlari ishlab chiqaradigan, ko`mir kokslanadigan joylarda, arzon energiya, yoqilg`i va suv bor xududlarda barpo qilinadi. Tayyor maxsulot (plastmassa buyumlar) ishlab chiqaradigan korxonalar iste`molchini hisobga olib quriladi. Jahonda kimyo sanoati rivojlanishi bo`yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Rossiya, Xitoy yetakchi hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda yaqin vaqtlargacha tog` kimyosi yetakchi edi. 70-yillardan boshlab neft qazib olinadigan davlatlarda (Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi davlatlarida) neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda. Kimyo sanoati maxsulotlarini mashinasozlik (plastmassa, oyna, rezina), to`qimachilik sanoati (tola, bo`yoqlar), qishloq xo`jaligi (o`gitlar, zaharli moddalar), transport (motor yoqilg`isi, surtish moyi, sintetik yoqilg`i), qurilish (yopishqoq material, plyonka, oyna, plastik) oladi. O`zbekistonda mineral o`gitlar, sulfat kislotalar, sun`iy tola, rezina, lok-bo`yoq, plastmassa buyumlar ishlab chiqaradigan tarmoqlar rivojlangan. Adabiyotlar: A.S.Asomov «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari» Toshkent. 1985 yil. X. Vaxobov, M. Tillaboeva «iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent. 2001 yil Xrushev A., Geografiya promeshlennosti. Moskva 1989 www.arxiv.uz Download 26.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling