Mavzu: Sodda tizimlar haqida tushuncha Reja
Download 22.17 Kb.
|
Axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodda tizimlar
Mavzu:Sodda tizimlar haqida tushuncha Reja: Sodda tizimlar Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisi haqida Murakkab tizim haqida tushuncha Maqsadga intilish hususiyati Evolyusion tizimlar Sodda tizimlar Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yo‘q yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati yo‘q Maqsadga intilmaydi Sub’ekt tizimni bevosita harakatga keltiradi Misollar: agar sub’ekt ajralgan bo‘lsa va xarakatlanayotgan dinamik tizim ob’ekt sifatida o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – sodda tizimlar, chunki ular xaydovchisiz xarakatga kelishmaydi.Ya’ni o‘rganish ob’ekti va predmetiga ko‘ra, tizim sodda yoki murakkab bo‘lishi ham mumkin. SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR. Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”. Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”. Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Download 22.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling