2-mavzu: Tizimlarning tasnifi. Reja: Sodda va murakkab Ochiq va yopiq
Download 42 Kb.
|
2-mavzu Tizimlarning tasnifi
2-mavzu: Tizimlarning tasnifi. Reja: Sodda va murakkab Ochiq va yopiq Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”. Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”.Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Iqtisodiy tizimlar turli-tuman bo‘lishi bilan birga qator universal xususiyatlarga ham ega va ular asosiy iqtisodiy masalalarni hal etish usullari (metodlari)ga bog‘liq bo‘lmagan holda tavsiflanadi. Ularga quyidagilar taalluqli: 1. Yaxlitlik, bu eng avvalo, iqtisodiy tizim komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini anglatadi, bunda tizim komponentlaridan birining o‘zgarishi uning boshqa komponentlariga ham ta’sir ko‘rsatadi va butun tizimning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, ishlab chiqarish vositalarining almashtirilishi natijasida muvofiq ravishda ishlab chiqarish munosabatlari va butun tizim ham o‘zgaradi. 2. Ierarxiylik. Bu har bir tizim yanada yuqoriroq tartibning elementi sifatida qaralishi mumkinligini bildiradi. Masalan, O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyoti, jahon tizimining elementlaridan biri sifatida ko‘rilishi mumkin. 3. Integrativlik, bu tizim o‘z elementlarida mavjud bo‘lmagan xususiyatlarga egaligini anglatadi (masalan, har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarning ma’lum miqdori mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladigan mehnat taqsimoti). Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi. Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami. Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari. Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi. Lyudvig fon Bertalanfi6 (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi. Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya, resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling