1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
metrgacha bo’lishi lozim. SHAHAR LOYIHASIDA MADANIY-MAISHIY MUASSASALARNI GIGIENIK
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
68
metrgacha bo’lishi lozim. SHAHAR LOYIHASIDA MADANIY-MAISHIY MUASSASALARNI GIGIENIK JIHATDAN TO’G’RI JOYLASHTIRISHNING AHAMIYATI Aholi uchun xizmat qiladigan turli madaniy-maishiy idoralar va ularga qarashli muassasalar shahar planida gigiena talabiga qarab joylashtirilsa, aholiga qulaylik tug’diradi, ularning sihat-salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Jumladan, davolash-profilaktika muassasalari, sport maydonlari, madaniyat saroylari, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko’rsatish idoralari, aloqa va boshqa ob’yektlarning etarli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Kundalik ehtiyoj uchun kerak bo’ladigan ob’yektlar rayon territoriyasida joylashtirilsa, vaqti-vaqti bilan kerak bo’ladigan muassasalar rayon markazlarida, ishchi posyolkalarida joylashtiriladi, Madaniy-maishiy muassasalarni shahar tsrritoriyasida joylashtirish uning katta-kichikligiga bog’liq. Aholiga madaniy-maishiy xizmat qiluvchi ob’yektlar ikki guruhga bo’lib joylashtiriladi. CHunonchi, oshxonalar, tibbiyot muassasalari, kutubxonalar zavod, kombinatlar ichida joylashtirilsa, madaniyat uylari, klublar, o’quv markazlari va boshqalar korxonalar tashqarisidagi maydonlarda joylashtiriladi, Dam olish zonalarida ham madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan bo’ladi. SOG’LIQNI SAQLASH MUASSASALARI Tarixiy dalillarga qaraganda, davolash-profilaktika muassasalari, dam olish uylari va boshqa shu kabi muassasalar uchun ajratiladigan territoriyalar quruq, qaddi baland, ko’kalamzor, shamol yaxshi esib turadigan bo’lishi lozim ekan. Bu joylar transport yo’llari, aeroport, vokzal va tashqi muhitni ifloslantiruvchi hamda shovqin-suronga sabab bo’luvchi manbalardan ancha 69 yiroq bo’lishi lozim. SHifoxona, poliklinika, tug’ruqxonalar rayon bosh planida ko’zda tutilib, aholi uchun ularning xizmat doirasi 2000 metrdan oshmasligi kerak. SHahar sharoitida quriladigan shifoxona va poliklinikalar aholi turar joylari zonasida joylashtiriladi. SHifoxonalar atrofining ko’kalamzor, daraxtzor bo’lishi katta ahamiyatga ega. Yirik davolash muassasalari, jumladan respublika, viloyat, shahar shifoxonalari sanitariya-gigiena talablari asosida quriladi. Bunday shifoxonalar uzoq rayon va shaharlardan kelgan aholiga xizmat qiladi. SHuni hisobga olib, ular aholiga qulay bo’lgan joylarga, quriladi. Qariyalar uylari ham aholi turar joylar zonasida joylashtiriladi. Ular har ming aholiga 2—4 kishi hisobida qilib quriladi. Fizkul’tura va sport inshootlari aholi turar joylari zonasida joylashgan bo’ladi. Ular o’sha joy aholisiga xizmat qiladi. SHahar territoriyasida quriladigan stadionlar, sport komplekslari, basketbol, voleybol maydonlari va boshqalar sanoat korxonalar chiqindilari tashlanadigan joydan uzoqda bo’lishi lozim. Hozir 50 dan ortiq sport turi mavjud. Mashg’ulotlar turli katta- kichiklikdagi xonalarda bajariladi. Ular asosiy (maydonlar, maydonchalar, zallar), yordamchi (echinish, dushda yuvinish xonalari va boshqalar), texnika xonalari hamda tomoshabinlar o’tiradigan joylardan iborat. SHahar territoriyasida sport uchun mo’ljallangan ob’yektlar rasa-madi bilan gigiena normalarini hisobga olib joylashtiriladi. SHahar aholisining har biri uchun 1m 2 sport maydoni to’g’ri kelishi kerak. Bundan 0,3 m 2 maydon ko’kalamzorlashtirishga mo’ljallanadi. Bular sport maydonlarini o’rab, xuddi chegara vazifasini o’taydi. Kichik rayonlardagi sport maydonlari asosiy yo’ldan 300 metr ichkariroqda joylashtiriladi. Madaniyat va san’at ob’yektlari odatda jamoa markazlarida, ishchilar posyolkasining markazida joylash- tiriladi. Bu ob’yektlarga klublar, teatrlar, kutubxona, muzeylar, ki-noteatrlar, koncyert zallari va boshqalar kiradi. Bunday ob’yektlar shahar va ishchi posyolkalarining loyihalarida ko’zda tutilib, transport, magistral yo’llardan 70 ancha nariroqqa quriladi. Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari turar joylar, kichik uy-joy rayonlari va kichik yo’l va yo’lkalardan 300—500 metr nariga quriladi. Sut va oziq-ovqat magazinlari, kafelar, oshxonalar, kir qabul qilish punktlari va boshqa aholi uchun xizmat qiladigan ob’yektlar uzoqligi 500 metrgacha bo’lishi mumkin. Ular shahar markazlarida yoki maxsus savdo markazida joylashtiriladi. Savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish punktlari va maishiy xizmat ob’yektlarini aholi turar joylarida tashkil qilish SNiP 11 60—75 bo’yicha joylashtiriladi. SHahar loyihalarida savdo-sotiq bozorlari, sabzavotlar sotila-digan bozorlar avtovokzallarga, vokzallarga, avtomobil yo’llariga yaqin joylarga qurilishi kerak. Savdo korxonalari umumiy ovqatlanish ob’yektlari planlashtirilganda odamlar dam oladigan oromgoh zonaga, xo’jalik zonasiga bo’linadi, bunda chiqindilar, axlat yig’iladigan kichik maydonchalar ajratiladi. Axlat yig’iladigan yashiklar turar joy binolaridan 20 metr nariroqqa joylashtiriladi. SHahar territoriyasida dam olish muassasalarini qurish ham shahar loyihasida ishlab chiqiladi. Bunday muassasalar shahar tyer-ritoriyasining eng ko’rkam, orombaxsh, tabiiy iqlimi yoqimli bo’lgan joylarga quriladi. Dam olish muassasalari «qurilish normasi va qoidasiga» asosan rasamadi bilan joylashtirilishi kerak. Dam olish muassasalari dam olish yoki sog’lomlashtirish zonalariga bo’linadi. Bu zonada dam olish binolari, ishchi-xizmatchilar uchun xonalar, omborxona, kirxonalar joylashtiriladi. Avtobus, trolleybus parklari, kurort va dam olish ob’yektlarini ta’minlaydigan sanoat korxonalarining qurilishi ko’zda tutiladi. Bulardan tashqari, yashil zona ham tashkil qilinadi. YAshil zonalar dam oluvchilarning ko’ngilli dam olishiga yordam byeradi. Sog’lomlashtirish muassasalariga bo’lgan talab qurilish normasi va qoidasida ko’rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling