1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
TURAR JOY ZONALARI
Bu zona aholi yashaydigan rayonlar, ma’muriy idoralar, ilmiy markazlar, oliy va o’rta o’quv yurtlari, tibbiy muassasalar, sport inshootlari va boshqalarni o’z ichiga oladi. Turar joylar daryolar, o’rmonlar, temir yo’l shoxobchalari, avtomobil yo’llari va boshqalar bilan chegaralanishi mumkin. Aholi turar joylarining sanitariya holatini baholash uchun sanitariya xodimlari yerning holati, aholisining soni, uy-joylar fondi, necha qavatli qilib qurilishi zarurligini bilishlari kerak. 1975 yilda tasdiqlangan «Qurilish normasi va qoidasi»ga asosan aholi turar joylarining normasi katta-kichikligi har bir kishiga 13,5 m 2 ni tashkil qiladi. Kelajakda esa har bir kishiga 18 m 2 bo’lishi ko’zda tutilmoqda. SHahar territoriyasidagi aholi turar joylari shunday joylashtirilishi 60 kerakki, unda shaharda joylashgan sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindi atrofni zararlamasin. Havoning ifloslanmasligi shahar havosining almashinib turishiga ham ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Buning uchun shahar atmosfera havosining harakat tezligi sekundiga 1—1,5 metr bo’lishi kerak. SHamol tezligiga imoratdarning baland-pastligi, daraxtlarning ko’p yoki kamligi, ularning turi ham ta’sir ko’rsatadi. SHahar havosining harakati uy-joylarning qaysi usulda qurilganiga qarab tezligini o’zgartirib turipsh mumkin. Masalan, katta shaharlarda shu joyga xos havo tezliga paydo bo’ladi. Bu tezlik o’zidan ustunroq bo’lgan havo yo’nalishiga qarama-qarshidir. Bunday sharoitda shamol harakati ifloslangan havoni shahar chetidan, ya’ni sanoat korxonalari joylashgan rayonlardan shahar markaziga tomon tortishi aniqlangan. Bu shahar havosining chang, gaz va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo’ladi. SHaharda uy-joylarni zich yoki ko’ndalang qilib qurish orqali shamol yo’lini to’sish mumkinligi amalda isbotlangan. Baland o’sadigan daraxtlar ham kuchli shamolni to’sishi mumkin. Turar joylarni gigiena talabiga asosan shamol yo’nalishiga qarshi qilib qurish, sanoat korxonalarini esa turar joylarga nisbatan shamol yo’nalishi tomon qurish shahar havosini turli gazlardan xalos qiladi. SHahar territoriyasida yashovchi aholini toza havo bilan ta’minlash, ularning yashash sharoitini yaxshilash uchun uylar sanitariya normalariga to’g’ri keladigan qilib qurilishi, ularni shamollatib turish katta ahamiyatga ega. Bu yashash joyidan 2 metr yuqorida aniqlanadi. Inson yashab turgan joyda shamol tezligi sekundiga 5—7 metrdan ortsa, bunday shamollatish yuqori hisoblanib, insonning sog’lig’iga ayniqsa kuz, ko’klam faslida ta’sir qiladi va qish davrlarida salbiy ta’sir etadi. SHuni aytish kerakki, shahar tyerrito-riyasida havo harakati to’xtab qolmasligi kerak. Bunday holat ko’pincha atrofi binolar bilan to’silgan kvartallarda kuzatiladi. Ahadi yashashi uchun uy-joy qurishda eng qulay loyihalar tanlanadi. 5, 9 61 va 12 qavatli uy-joylar loyihasi ma’qul hisoblanib, bunday binolar orasida shamol harakatining to’g’ri yo’nalishi ko’zda tutiladi. Bizning mintaqada qurilayotgan binolar iqlim sharoitini hisobga olib va me’morchilikning turli usullaridan foydalangan holda quriladi. Jumladan, qattiq shamol esadigan rayonlarda uy-joylar shamol yo’nalishiga qarshi qilib quriladi. I loyiha oddiy uy-joy loyihasi, shamol tezligini 10% ga kamaytiradi. 2-rasm. Kuchli shamoldan himoya qiladigan uy-joy loyihasi. 62 II loyiha oddiy, ammo ixcham loyiha bo’lib, shamol tezligani 20—40% ga kamaytiradi. III. Bir qatorli, shamoldan himoya qiladigan uy-joy loyihasi shamol tezligini 40—60 foizga kamaytiradi. IV. Ikki qatorli, shamoldan himoya qiladigan uy-joylar loyihasi, shamol tezligini 60—70 foizga kamaytiradi. V. Ikki qatorli, shamoldan himoya qiladigan loyihali uy-joylardagi shamol tezligini 80 foizdan ko’proq kamaytiradi. SHunday qilib, ko’p qavatli uy-joylar qurish, baland o’sadigan daraxtlar ekish orqali shamol rejimini muayyan ushlab turish mumkin ekan. SHahar territoriyasida shamol harakati kam bo’lsa, unda ko’p qavatli binolar shamol yo’nalishiga qarshi tomonga 45° li burchak hosil qilib joylashtiriladi. Binolarni minora shaklida qurish ham maqsadga muvofiq. Turar joylar loyihasini tuzish va qurishda binolarni kungay tomonga qaragan bo’lishi gigienik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bunda 1982 yilda qabul qilingan 2605 raqamli sanitariya normalari va qoidalaridan foydalaniladi. 22 martdan to 22 sentyabrgacha 58— 48° dagi shimoliy kengliklar uchun quyosh nurining xonalarga tushishi 2,5 soat bo’lishi kerak. SHimoliy zonalarda 22 apreldan to 22 avgustgacha 58°, shimoliy geografik kengliklarda quyosh nurining xonalarga tushishi kamida 3 soatni tashkil qilishi kerak. Janubiy zonalarda esa 22 fevraldan to 22 oktyabrgacha 48° dan kamroq bo’lgan shimoliy geografik kengliklarda joylashgan binolarning xonalariga kuniga kamida 2 soat quyosh nuri tushishi kerak. To’qqiz va undan ko’proq qavatli binolar, jamo uylari uchun quyosh nurining bir kunlik to’xtamay tushgan umumyy yig’indisini yarim soatga oshishi yoki quyosh nurining bir marotaba uzilib qolishi unchalik salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Myeridional tipdagi yangi uy-joy binolarining hamda qayta qurilayotgan uy-joy xonalarining quyosh nuri bilan ta’minlanishi quruvchilar uchun qiyinchilik tug’dirsa (tarixiy yodgorliklar yoki shahar va rayon markazlarini qayta qurish mumkin bo’lmagan hollarda), unda har bir zona uchun quyosh 63 nuri tushishini yarim soatga qisqartirish mumkin. Xonalarga quyosh nurining doimiy tushishi yil fasllarida kuniga to’xtovsiz 3 soatni tashkil etsa, unda umumta’lim maktablari, maktab intyernatlar, davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort, bolalar bog’chasi va boshqa binolarning quyoshning tabiiy nuri bilan ta’minlanishi gigiena talablariga javob byeradigan bo’lishi lozim. Sanitariya xodimlari bino xonalarini quyosh nuri bilan ta’minlanishini tekshirish uchun turli o’lchov asboblaridan foydalanadilar. Quyosh nurining gigienik ahamiyati shundaki, ul’trabinafsha, infraqizil va boshqa nurlar inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. U xonalarni yoritish bilan birga kishilarning asabini tinchlantirib, salomatligini yaxshilaydi. Quyoshning ul’trabinafsha nuri ayniqsa shimoliy rayonlarda joylashgan binolar uchun zarur. YOsh avlodning o’sishi va fiziologik jihatdan to’g’ri rivojlanishi uchun quyosh nurining ahamiyati juda katta. Janubiy rayonlarda esa buning aksi, U yerda quyoshning jazirama issig’i havoni qizdirib ko’pgina noxushliklarga sabab bo’ladi. Issiqlik ishlab chiqish jarayoniga kuchli ta’sir etib, odam issiqlikni boshqara olmay qoladi. Quyoshning ul’trabinafsha nuri ta’siri turli geografik kengliklarda kun davomida, fasllar davomida o’zgarib turadi. Tyerri- toriyalarning hammasi ul’trabinafsha nurlarining etarli, kam yoki ko’pligiga qarab bir qancha rayonlarga bo’linadi. Jumladan I, II, III va IV rayonlar ul’trabinafsha nurining kamligi bilan ajralib tursa V, VI va VII rayonlarda ul’trabinafsha nuri etarli, VIII rayon ul’trabinafsha nuriga boy bo’lib qolmay, balki ortiqcha hamdir (1-rasm). Bular uy-joylar qurish uchun joy tanlashda katta ahamiyatga ega. Quyosh nurining etarli bo’lishi binolarning qizib ketishi,. organizm funkciyasining buzilishi, qolavyersa kasalliklarning oldini oladi. Turar joy binolari geografik kengliklarni hisobga olib qurilsa, binoning sharqqa qaragan 64 tomoni ertalab, janubga qaragan tomoni kunduzi, g’arbga qaragan tomoni esa kechqurun quyosh nuri bilan ta’minlanadi. SHuning uchun ham ko’p qavatli binolarning 1 va 2 xonalilarini janubga qaragan, ko’p xonalilarini esa loaqal 30 foizini janubga qaragan oynalari bo’lishi kerak. Ba’zi uy-joylar diagonal, ya’ni burchak-burchak qilib qurilgan bo’lsa, ularning asosiy yashash xonalari albatta janubi-sharqqa va janubga qaragan bo’lishi kerak. Kichik rayonlarda joylashgan bog’cha, yasli, dam olish maydonlari, sport maydonlari esa quyosh nuri bilan etarli darajada ta’minlanishi kerak. Hozirgi vaqtda turar joylar turli usulda qurilmoqda. Ular guruh-guruh, erkin pyerimetral shaklda qurilgan uylardir. Bu xilda qurilayotgan binolarga gigiena nuqtai nazardan qaralsa ko’p jihatdan to’g’ri hisoblanadi. Pyerimetral shaklda qurilgan uylar quyosh nuri bilan etarli ta’- minlanmaydi, shamol almashinishi ham unchalik yaxshi bo’lmaydi. Ayniqsa katta yo’llarga qaratib qurilgan binolarni shovqin-surondan, chang ta’siridan va boshqa noxush holatlardan asrab bo’lmaydi. Guruh-guruh holda qurilgan uylar pyerimetral shaklda qurilgan uylardan birmuncha afzal bo’lib, unda shamol almashinishi yaxshi. Bunday uylar odamlarning shovqin-suron, chang va zaharli gazlardan himoya qilinishiga yordam byeradi. Qatorlashtirib qurilgan binolarning xonalari kunga qaragan, bir yoqlama bo’lib, territoriyaning shamollab turishiga ijobiy ta’sir qiladi. Binolarni bu usulda qurganda ular shovqin-surondan, changdan birmuncha himoyalanadi. Bu usuldagi uylar asosan kichik rayonlarda quriladi. Erkin usuldagi loyiha asosida qurilgan uylar ko’p jihatdan qulaydir. Bunda me’morchilikning eng nozik usullaridan foydalanish mumkin. Uy- joylarni erkin usulda qurganda ular quyosh nuri bilan yaxshiroq ta’minlanadi. Ularning shamollashi, chang, zararli gazlardan himoya qilinishi, tashqi muhit bilan bog’lanishi yaxshi bo’ladi. Erkin usuldagi qurilishlarga bolalar 65 bog’chalari, savdo rastalari, sog’liqni saqlash muassasalari, fizkul’tura-sport inshootlarini misol qilish mumkin (1—2—3—4-rasmlarga qaralsin). KOMMUNAL OB’YEKTLAR VA SHAHAR OMBORLARI ZONASI Bu zonada asosan shahar hayotini ta’minlash uchun mo’ljallangan ob’yektlar joylashadi. Masalan, qurilish matyeriallari, toshko’mir va neft’ mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari omborlari, shuningdek qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlovchi ombor-lar. Bu zonada yana yuqorida aytib o’tilgan ob’yektlarni bir-biri bilan bog’lash uchun mo’ljallangan temir yo’l, avtomobil yo’llari ham joylashadi. Omborlarda saqlanadigan mahsulotlarni yonishdan, ifloslanishdan, hidlanib qolishdan asrash uchun bir- biridan alohida saqlanadi. SHahar territoriyasi katta bo’lsa, aholiga qulaylik tug’dirish maqsadida omborlar sonini ko’paytirish mumkin. Ular aholi turar joylaridan ma’lum uzoqlikda bo’lgani ma’qul. Agar ular sanitariya himoya zonasiga joylashtirilsa, ayni muddao bo’ladi. Qurilish normalari va qoidalariga asosan kommunal ob’yektlar, baza va omborxonalar shahar chekkasida quyidagicha joylashtirilishi kerak: I guruhdagi omborxonalarda neft’ va neft’ mahsulotlari; II guruhdagi omborxonalarda suyultirilgan gazlar; III guruhdagi omborxonalarda kuchli ta’sir qiluvchi va portlovchi moddalar; IV guruhdagi omborxonalarda esa oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat xom ashyolari va hayvonlar uchun em-xashak saqlanadi. Eng yirik va katta shaharlardagi omborxonalar shunday joylashtirilishi kerakki, u yerda transport qatnovi yo’lga qo’yilgan bo’lsin. Bu oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlarni o’z vaqtida do’kon peshtaxtalariga etkazib turish imkonini byeradi. Ba’zi omborxonalar aholi turar joylaridan quyidagicha uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Masalan, cement elevatorlari — 500 metr, changsimon toshko’mir omborxonalari — 300 metr, o’tin torf omborlari va 66 muzxonalar 100 metrli masofada joylashtiriladi. Oziq-ovqatlar, sanoat mollari va sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar 50 metrli masofada joylashtiriladi. Kichik shaharlar aholisi uchun omborxonalar markazlashtirilgan bo’lib, rayon markazlarida yoki rayonga yaqinroq joylarda joylashtiriladi. SHuni aytish kerakki, neft’ va neft’ mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar ularning hajmiga qarab aholi turar joylaridan, ochiq suv havzalaridan ma’lum masofa uzoqlikda joylashadi. Jumladan, neft’ va neft’ mahsulotlari har 50 ming m 3 uchun himoya masofasi 3000 metr, 10—50 ming m 3 uchun 2000 metr, 10 ming m 3 gacha 1500 metr bo’ladi. Suv elektrostanciyalari esa 1000 metr narida joylashtiriladi. 50 metrli masofada trolleybus, tramvay, avtobus parklari joylashadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling