1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAHARLARNI BARPO ETISHDAGI OMILLAR
YER OSTI VA YUZA SUVLAR
YUqorida zikr etilganidek, suv va suv havzalarining shahar va ishchi posyolkalari kichik iqlimini yaratishdagi roli juda kattadir. Yer osti suvlarining mavjudligi shahar, rayon va qishloq aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlashga yordam byeradi. Ayniqsa artezian suvlarining fizik, ximik va baktyeriologak tomondan toza bo’lishi aholini ichimlik suv bilan ta’minlashga imkon byeradi. Daryo, ko’l, suv omborlarining suvi odamlarning faol dam olishiga, 50 cho’milishiga, sport ishlarini rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. SHahar territoriyasidan daryolarning oqib o’tishi uning iqlimiga, manzarasiga, havosining namligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Suv o’tloqlar, maysazorlar, daraxtzorlar barpo qilishga yordam byeradi. Neva daryosi Sankt-Petyerburg shahrining ko’rkiga ko’rk qo’shib turadi. Moskva shahri esa Volga daryosi suvlari evaziga suv manbalariga boy shaharga aylangan. Ayniqsa, keyingi yillarda qurilayotgan shaharlar loyihasida obodonlashtirish, suv manbalari bilan ta’minlash masalasi ko’zda tutilgan. Misol tariqasida O’zbekiston diyoridagi Angren, Zarafshon, Navoiy va boshqa shaharlarni keltirish mumkin. SHaharlarni loyihalash va qurishda inson sihat-salomatligi uchun zarur bo’lgan tabiiy omillarni iloji boricha saqlab qolish yoki sun’iy ravishda uni tashkil qilish inson bilan tabiat o’rtasidaga bog’liqlikni mu-stahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. SHAHARLARNI BARPO ETISHDAGI OMILLAR SHaharlar, ishchi posyolkalarining paydo bo’lishiga ko’p omil, ya’ni ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, konlar, yanga yerlarning ochilishi, dengiz va daryo yoqalarida portlarning qurilishi sabab bo’lgan. Masalan, grek shaharlarining paydo bo’lishiga hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi ta’sir etgan bo’lsa, chet el va bizdagi shaharlarning paydo bo’lishiga katta-katta sanoat korxonalarining qurilishi sabab bo’lgan. Endilikda shaharlarning paydo bo’lishiga tabiiy boyliklarning o’zlashtirilishi, shu bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining joylashtirilishi, sanoat komplekslarining qurilishi sabab bo’lmoqda. Keyingi 25—30 yil ichida 400 dan ziyod shahar va kichik shaharlar qad 51 ko’tardi. Jumladan, Ust’-Ilimsk, Vorkuta, Nurobod va shu kabilar. Ulardan tashqari, ma’muriy idoralar, iqlimni o’rganuvchi markazlardan tashkil topgan shaharlar ham mavjud. Bunga Novosibirskdagi akademiklar shahri, Qarag’anda viloyatidagi Boyqo’ng’ir shahri, o’z tarkibiga faqat sanoat markazlarini emas, balki oliy, o’rta o’quv yurtlari, ilmiy tekshirish ilmgohlari, kurort va sanatoriylarni qamrab olgan shaharlarni misol qilish mumkin. Toshkent, Kiev, Tbilisi, Olma-ota, Minsk, Sochi, YAlta, Riga va boshqa shaharlar ham shular jumlasidandir. SHaharlarning paydo bo’lishiga va taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar shaharlarni tashkil qiluvchi omillar deyiladi. SHaharlarning taraqqiyotida transport, ya’ni temir yo’l, havo, avtomobil va suv transporti vositalari katta rol’ o’ynaydi. Tabiiy davolash resurslari — minyeral suv manbalari, dengiz qirg’oqlari, tog’lik rayonlar, o’rmonlar, daraxtzorlar ham shahar paydo qilishda eng zarur omil hisoblanadi. Har bir shaharda aholiga xizmat qilish uchun madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish idoralari, korxonalar mavjud. Bu idora va korxonalar shaharni barpo qilishda ishtirok etgan ishchi-xizmatchilarga, qolavyersa aholiga xizmat qiladi. Bulardan tashqari, maktablar, magazinlar, tibbiyot muassasalari, engil sanoat korxonalari va boshqalar ham aholiga xizmat qilish uchun quriladi. SHahar aholisi uch guruhdan tashkil topadi: a) asosiy yoki shaharni tashkil qiluvchi guruh. Bular ishchilardan tashkil topib, shaharning sanoat korxonalari va muassasalarida ishlaydilar; b) xizmat ko’rsatuvchi guruh — bular asosan aholiga xizmat ko’rsatib shahardagi savdo do’konlarida, ovqatlanish korxonalarida, sog’liqni saqlash va madaniy-maishiy muassasalarda va boshqalarda ishlaydilar; v) ishga yaroqsiz kishilar guruhi — bu guruhga maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, pensiya yoshidagi kishilar, uyda band bo’lgan kishilar, oliy va o’rta o’quv yurtlari o’quvchilari kiradi. 52 SHahar aholisining 25—35% i asosiy guruhni tashkil qiladi, aholiga xizmat qiladigan guruhdagilar soni shaharning katta-kichikligiga bog’liq. Katta shaharlarda ular 23—28%, o’rtacha kattalikdagi yoki kichik shaharlar va ishchi posyolkalarida 19—22% ni tashkil qiladi. SHaharlarning kattalashishi, savdo, maishiy ob’yektlarning ko’plab qurilishiga, aholiga xizmat ko’rsatadigan ishchilar sonining tobora ortib borishini talab qiladi. Mehnatda qatnashmaydigan guruhdagilar 46—48 foizni tashkil qiladi. SHahar aholisining hozir va kelajakda yuqorida zikr etilgan guruhlari sonini bilish uchun quyidagi formulalardan foydalanamiz: N=100 A/a, bunda N — kelajakdagi aholi soni, A — shaharni tashkil qiluvchi guruhning mutloq belgasi: a — shaharni tashkil qiluvchi guruhning foizli ko’rsatkichi. a=100-(V+S), bunda: V — aholiga xizmat qiluvchi guruh foizi, S — ishga yaroqsiz guruh foizi. Aholi guruhini aniqroq hisoblash quyidagi formula bilan bajariladi: N = 100 x A , R – K – n - S + m - V Bunda: R — aholini mehnatga yaroqli yoshdagi qismi, K — aholi orasidagi ishga yaroqli, ammo mehnat qilmaydigan xotin- qizlar soni, n —aholi orasidagi ishga yaroqli yoshdagi ishlamaydigan nogironlar soni, S — aholi orasidagi mehnatga yaroqli yoshdagi, ammo ishlab chiqarishda qatnashmaydigan o’quvchilar soni, m — aholi orasidagi ishlaydigan mehnat faxriylari soni, V — aholiga xizmat qiluvchi guruhning soni. SHaharlarni, ishchi posyolkalarini loyihalashda aholi guruhlarining har bir turar joydagi miqdori oldindan aniqlanishi kerak, bunda aholining yoshi, 53 jinsi ham hisobga olinadi. Keyingi vaqtlarda yangi qurilayotgan shaharlarda aholi soni asosan mexanik ravishda ko’paymoqda, ya’ni u shahardan bu shaharga ko’chib borish, sanoat korxonalariga ishga joylashish va hokazo. Qurilayotgan shaharlarni loyihalashda aholining o’sishi va ko’payishi hisobga olinishi kerak, chunki tabiiy va mexanik ko’payishlar nazarda tutilmasa, ularning yoshi, jinsi inobatga olinmasa keyinchalik aholining yashash sharoiti, ijtimoiy va madaniy sharoiti unchalik yaxshi bo’lmasligi mumkin. SHuning uchun ham sanitariya vrachi bulardan xabardor bo’lmog’i lozim. SHuni qayd qilish kerakki, shaharda bolalar bog’chasi, yaslilar, maktablarning etarli bo’lishi uchun aholini yoshiga qarab guruhga bo’lishni yaxshi bilish kerak. Quyidagi jadvalda aholining yoshiga qarab guruhga bo’lish ko’rsatkichi byerilgan. 3 – j a d v a l Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling