1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TURAR JOYLARNI LOYIHALASHDA, QURISHDA VA OBODONLASH-


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

TURAR JOYLARNI LOYIHALASHDA, QURISHDA VA OBODONLASH-
TIRISHDA DAVLAT SANITARIYA NAZORATI OLIB BORISH 
Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ko’plab uy-joylar 
qurilmoqda, zavod-fabrikalar, sanoat korxonalari, madaniy-maishiy binolar 
qad ko’tarmoqda, shifoxonalar, dam olish uylari, sanatoriylar, pansionatlar 
bunyod bo’lmoqda. Bu binolarning aholi, ishchi-xizmatchilar talabiga javob 
byeradigan bo’lishi ko’pincha sanitariya xodimlariga bog’liq bo’ladi. Bu 
vazifalar Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi nizomda ko’rsatilgan. 
Sanitariya organi xodimlari aholini turli territoriyalarga, regionlarga 
joylashtirishda bosh sxemaga asoslanadi. Rayon planlariga va ularning bosh 
planlariga o’zgartirishlar kirgazish ham bosh sxemaga asosan tuziladi. 
Mabodo, racon bosh loyihasiga va qurilishga o’zgartishlar kiritish zarur 
bo’lsa, shu loyiha ishlab chiqilayotgan vaqtda amalga oshirilishi kerak. 
CHunki shu rayonning taraqqiyoti rayon loyihasida o’z aksini topadi. 
Turar joylar loyihasi, uni qurish uchun ajratilgan maydonlar-ning
sanitariya holati uchun javobgar shaxs sanitariya nazorati xo- 
dimi hisoblanadi. U joyning tabiiy iqlimi, sanitariya holati, tuprog’ining 


75
tuzilishini dalillar bilan tasvirlab byeradi. 
Qurilish uchun ajratilgan maydonlarga to’la-to’kis baho berish uchun 
sanitariya xodimi qo’lida etarli dalil bo’lishi lozim. Qolavyersa, qurilgan 
ob’yektlar: sanoat korxonalari, kommunal-xo’jalik ob’yektlari, shifoxonalar, 
savdo ob’yektlari va boshqalar-ning atmosfera havosiga, suv havzalariga, 
tuproqqa ta’sirini oldindan ko’ra bilish va ularning oldini olish ham sanitariya 
or-gani xodimlari zimmasiga yuklatilgan. 
Sanitariya nazorati xodimlarining keyingi bosqichdagi vazifasi shaharni 
va ishchi posyolkalarning bosh loyihasini ishlab chiqish va turar joylarni 
qurish bilan bog’liq. Bu bosqichga sanitariya va gigiena nuqtai nazardan aholi 
turar joylarini turli funkcional zonalarga bo’lish kiradi. Sanitariya vrachlari 
aholini ichimlik suv bildn ta’minlash, kanalizaciya o’tkazish, tashqi muhit 
ob’yektlarini sanoat chiqindilaridan muhofaza qilish vazifasini ham hal 
qiladilar. 
500 000 odamga mo’ljallangan shahar loyihasi ikki bosqichda ishlab 
chiqiladi, ya’ni birinchi bosqichda loyihaning texnika va ihtisodiy asosi ishlab 
chiqilsa, ikkinchi bosqichda loyihaning o’zi ishlab chiqiladi. Qolgan turar 
joylar uchun bir bosqichli bosh loyiha ishlab chiqiladi. 50 ming aholi uchun 
mo’ljallangan shaharlar, ishchi posyolkalarining bosh loyihasi qoida bo’yicha 
to’la-to’kis shahar plani bilan ishlanavyeradi. Eng yirik shaharlar uchun 
shahar bosh loyihasi bilan bir qatorda shahar atrofi zonalari loyihasi ham 
ishlab chiqiladi. 
Sanitariya nazorati xodimlarining keyingi bosqichdagi vazifasi so’nggi 
yillarga mo’ljallangan loyihalarni ishlab chiqishda faol ish olib borishdir. Bu 
loyiha turar joylar uchun odatda mustaqil ishlab chiqiladi. Bunda bir yil ichida 
qurish uchun mo’ljallangan yer maydonining 50 000 m
2
i bitkazilib 
foydalanishga topshiriladi. 
SHahar qurilishining bu bosqichida loyihada ilgari qabul qilingan 
qarorlarning to’la-to’kisligi (ya’ni turar joylar va funkcional zonalar 


76
loyihasining to’liqligi) qayta aniqlanadi va kamchiliklari qo’shimcha 
matyeriallar bilan to’ldiriladi. 
Loyihaning ma’muriy markaz qilishga mo’ljallangan qismini 
sinchkovlik bilan sanitariya nazoratidan o’tkazish maqsadga muvofiq. 
CHunki shahar markazi aholini ishdan keyin, dam olish kunlari hordiq 
chiqaradigan joyi hisoblanadi. Loyihaning keyingi bosqichi bu loyihaga 
yakun yasab, uni qurishga o’tish bosqichi hisoblanadi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling