Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija
Download 0.92 Mb.
|
Akustika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shovqin va xalaqitlar. Chiziqli buzilishlar
- Ikkilamchi signal
- Odam eshitish a’zosining tuzilishi
- Tovush balandligi va uning sathi
Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. MUNDARIJA
KIRISH Akustika- yunonchadan ( akuctikos) eshitish, keng ma’noda fizikaning eng past va eng yuqori (1012 ÷ 1013 Gs) chastotalargacha elastik to‘lqinlarni tadqiqot qiladigan, tor ma’noda-tovushni o‘rganadigan bo‘limi hisoblanadi. Umumiy va nazariy akustika elastik to‘lqinlarning turli muhitda nurlanishi va tarqalishini, hamda ularning muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Arxitektura akustikasi – tovushning xonalarda tarqalishini, to‘siqlarning tovush qaytishi va so‘nishiga ta’sirini o‘rganadi. Qurilish akustikasi – akustikaning alohida bo‘lagi bo‘lib, bino, inshoatlarning tovush izolyatsiyasi va shovqindan himoyalash masalalarini o‘rganadi. Qurilish akustikasi arxitektura akustikasidan ajralib chiqqan. Atmosfera akustikasi – tovushni atmosferada tarqalishini, shuningdek atmosferani akustik usullar bilan o‘rganadi. Akustoelektronika – fan va texnikaning qattiq jism akustikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi va radioelektronika bilan tutashgan bo‘lagi. Elastik to‘lqinlarning yarim o‘tkazgichlarda kuchayishi va generatsiyalanishi, radio signallarni akustik usullar bilan o‘zgartirish va ularga ishlov berish, hamda shularga mos qurilmalarni yaratish masalalari bilan shug‘ullanadi. Geoakustika – yer qobig‘ining tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish maqsadida unda elastik to‘lqinlarning tarqalishini (akustik va seysmik qidiruv) o‘rganadi. Gidroakustika – tovush to‘lqinlarining daryo, dengiz, ko‘l va suv havzalarda - asosan suv osti lokatsiyasi va aloqasi maqsadida tarqalish, qaytish va so‘nish xususiyatlarini o‘rganadi. Musiqa akustikasi – musiqashunoslik va umumiy akustika bo‘limi, musiqaning ob’ektiv fizikaviy qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Musiqa tovushlarinig chastota balandligi, davomiyligi, konsonans (musiqa tovushlarining o‘zaro ohangdoshligi, hamohangligi, uyg‘unligi) va dissonans (har xil unli bilan kelgan, lekin shu unlilardan keyingi tovushlar bir xil bo‘lgan so‘zlarni qofiyalash) hodisalarini, musiqa tizimlarini, ohangdagi musiqiy tovushlarni farqlash va yodda saqlash qobiliyatini, nisbatlarini, odam va musiqa asboblari ovozini o‘rganib tadqiqot etadi, fizikaviy akustika uslublari va ma’lumotlariga tayanadi. Odam ovoz va eshitish a’zolari fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog‘liq . Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling