Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija


Download 0.92 Mb.
bet5/9
Sana02.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1147013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akustika

Tovush signali dinamik diapazonining cheklanishi: Tovush signallarining dinamik diapazoni signal uzatish kanali dinamik diapazonidan katta bo‘lganligi D s>> Dk sababli signallarni kanaldan buzilishlarsiz o‘tkazish maqsadida, uzatish kanali boshlanishda siquvchi va tugashida kengaytiruvchilardan foydalaniladi. Uzatish kanalining dinamik diapazoni 40 dB ga teng. Shunday qilib, dinamik diapazoni 40 dB dan yuqori bo‘lgan eshittirish signallarining dinamik diapazoni 40 dB kompressor yordamida siqiladi. Natijada signal sifati birmuncha o‘zgaradi. Bu kamchilikni uzatish kanalining oxirida kengaytiruvchi - ekspander ulash bilan yo‘qotiladi. Ekspander yordamida dinamik diapazonni kengaytirish apparaturani murakkablashuviga olib keladi.
Chastota diapazonining cheklanganligi. Yuqorida aytilgan akustik signallarni uzatish trakti barcha chastota diapazonini o‘tkazmaydi, shuning uchun chastota diapazonini cheklash haqida fikr yuritiladi.
Xalaqitlar. Signalni uzatish vaqtida unga turli xalaqit va shovqinlar, shu jumladan elektr va akustik shovqinlar qo‘shiladi. Akustik shovqinlar birlamchi tovush manbai joylashgan joyda va tinglovchi joylashgan joyda ham mavjud.
Buzilishlar. Birlamchi va ikkilamchi signallarning mos emasligining sababi keng ma’nodagi buzilishlardir. Odatda, buzilishlarni tor ma’noda tushunadilar va ularga: chiziqli, nochiziqli, parametrik va o‘tuvchi buzilishlar kiradi. Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

2.Fizologik akustika


2.1 Odam eshitish a’zosining tuzilishi
Keng doiradagi elektroakustik apparatlar: telefonlar, mikrofonlar radiokarnaylar, tovush yozish va qayta eshittirish apparatlariga, shuningdek tovush kuchaytirish traktlari apparatlariga, radioeshittirish va televidenie dasturlari tovush jo‘rligiga bo‘lgan talablar asosan odamning eshitish a’zosi bilan belgilanadi. Bu talablarni aniqlash, odam eshitish a’zosining hamda, ko‘zning tuzilishini birgalikda o‘rganish

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling