Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija


Signalning birlamchi parametrlari


Download 0.92 Mb.
bet3/9
Sana02.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1147013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Akustika

1.2 Signalning birlamchi parametrlari.

Chastota diapazoni va spektrlar


Har bir odam o‘ziga xos tarzda nutq tovushlarini talaffuz etadi. Nutq tovushlarini talaffuz etish qo‘shni tovushlarga urg‘u berish va boshqa omillarga bog‘liq. Cheklangan sondagi umumlashtirilgan nutq tovushlarini amalga oshirilishi fonema deb ataladi. Fonema bu odam aytmoqchi bo‘lgani, nutq tovushi-bu, odam talaffuzi. Fonema tovushga nisbatan grafema deb ataluvchi namunaviy xarf rolini o‘ynaydi. Nutq tovushlari jarangdor va bo‘g‘iqlarga bo‘linadi. Jarangdor tovushlar tarang bo‘lib turgan tovush mushaklari ishtirokida paydo bo‘ladi: o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi natijasida tovush mushaklari vaqti - vaqti bilan siljiydi, natijada uzuq-uzuq havo oqimi paydo bo‘ladi. Tovush mushaklari yordamida hosil bo‘layotgan havo oqimi impulslarini davriy deb hisoblasa bo‘ladi. Impulslarning mos holdagi takrorlanishini asosiy tonning tovushi T0 deb ataydilar. Unga teskari bo‘lgan kattalikni asosiy tonning chastotasi f0 = 1/T0 deb aytiladi.

Asosiy ton chastotasining o‘zgarishi intonatsiya deb ataladi. Har bir odamda o‘ziga xos asosiy ton chastotasining o‘zgarish diapazoni va o‘zining intonatsiyasi bor. Intonatsiya odamlarni farqlashda juda katta ahamiyatga ega. Asosiy ton, intonatsiya, og‘zaki «uslub» va tovush tembri odamlarni aniqlashda xizmat qiladi.


Nutq tovushlarini talaffuz qilishda til, lablar, tishlar, pastki jag‘, tovush mushaklari har bir fonema uchun ma’lum holatda yoki harakatda bo‘lishi kerak. Bu harakatlar nutq a’zosining artikulyatsiyasi deb ataladi.
Tovushlarni talaffuz qilganda nutq trakti orqali tonal impuls signali yoki shovqin yoki ikkalasi ham birgalikda o‘tadi. Nutq trakti artikulyatsiya a’zolari yordamida bir qator murakkab akustik filtrlarni tashkil qiladi. Buning natijasida bir xil egib o‘tayotgan tonal yoki shovqin spektrlari bir qator maksimum va imumlarga ega bo‘lgan spektrlarga aylanadi.
Spektrning maksimumi formanta, minimum yoki nol qiymatlari - antiformanta deb ataladi. Spektrning egilishi har bir fonema uchun shaxsiy va ma’lum shaklga ega. Nutqlarni talaffuz qilganda nutq spektri uzluksiz o‘zgaradi, natijada formant o‘zgarishlari bo‘ladi. Nutqning chastota diapazoni 70 ÷ 7000 Gs oralig‘ida.
Eshittirish va aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan birlamchi tovush manbaidan chiqadigan akustik signal odatda, uzluksiz o‘zgaradigan shakl va spektr tarkibga ega. Spektrlar yuqori va past chastotali, diskret va uzluksiz bo‘lishi mumkin. Har bir tovush manbaida, xatto orkestrdagi skripkaning ham tovushiga xos ohang beradigan xususiy spektrlari bor. Bu ohangni tembr deb ataydilar. Skripka tembri, trambon tembri, organ tembri va h.k musiqa asboblari tembrlari degan tushuncha bor, shuningdek jarangdor va bo‘g‘iq ovoz tembrlari mavjud bo‘lib birinchisi signalning yuqori chastotali tarkiblarini chizib o‘tadi, ikkinchisi esa, uni bostiradi. Birinchi navbatda har bir turdagi tovush manbalari uchun o‘rtacha spektr qiymati qiziqish uyg‘otadi, buzilishlarni baholash uchun esa, davomli vaqt oralig‘idagi (15 s axborot signallari uchun va 1 min.badiiy signallar uchun) spektr o‘rtachalashtirilgan. O‘rtachalashtirilgan spektr odatda, uzluksiz va shakli bo‘yicha nisbatan tekis bo‘ladi.
Uzluksiz spektrlar spektral zichlikning chastotaga bog‘liqligi bilan tavsiflanadi (bu bog‘liqlikni energetik spektr) deb ataydilar.
Qulay bo‘lishi uchun spektr zichligini baholashda logarifmik o‘lchov kiritilgan. Bu o‘lchamni spektral zichlik sathi yoki spektral sath deb ataydilar.
Spektral sath B  10 lg , bunda, I0= 10-12 Vt/m2 - nolinchi sathga mos jadallik.
Ko‘pincha spektral zichlik o‘rniga spektrni tavsiflash uchun oktava, yarim oktava va uchdan bir oktava chastota polosalarida o‘lchangan jadallik va jadallik sathlaridan foydalaniladi.
Signal spektri ma’lum bo‘lsa, uning yig‘indi jadalligini aniqlash mumkin. Uchdan bir oktavali polosa uchun siektr jadalligi sathlarda berilgan bo‘lsa, unda bu sathlarni (har bir polosadagi) jadallikka o‘tkazish Iokt=I0100.1Lokt va barcha jadadliklarni qo‘shish kifoya.
Barcha
Akustik signalning chastota diapazonini spektral sathlarning
chastotaga bog‘liqligidan aniqlash mumkin. Buni spektral sathlarning pasayishidan yoki eshitish yo‘li bilan aniqlash mumkin. 75% tinglovchilar uchun eshitish diapazoni chegaralanishining sezilishi sub’ektiv chegara deb hisoblanadi.
Agarda spektrlar, u yoki bu tomonga tekis og‘sa, unda ularni yana moyillik bilan, ya’ni spektr sathlarining past yoki yuqori chastotalar tomon o‘rtacha og‘ishi bilan baholaydilar. Masalan, nutq spektri 6 dB/okt yuqori chastota tomon og‘ishga moyilligi bor.
Ayrim hollarda, akustik signallar qatoriga akustik shovqinlarni ham qo‘shadilar. Nutq shovqinlariga bir vaqtda bir necha kishi gaplashishi natijasidagi shovqinlar kiradi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling