Mavzu: Akustik shovqin va ularning klasifikatsiyasi. Shovqin darajasi va uni o’lchash. Mundarija
Download 0.92 Mb.
|
Akustika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanal ochilganda quloq pardasining ikki tomonidagi tovush bosimi tenglashadi. Oddiy holda quloq pardasi faqat
- Edison
«eksperimental psixologiya» yoki «eshitish psixofiziologiyasi» deb ataluvchi fanlar asosini tashkil etadi. Tekshirishlarning asl mohiyati – odam a’zolarining tovush, yorug‘lik va boshqa ta’sir qiluvchilarga nisbatan miqdoriy reaksiya ifodasini topishdan iborat. Faqat eshitish a’zosining miqdoriy tavsiflari bilangina tovush va musiqalarni uzatish uchun radiokarnaylarning chastota diapazonlari, manbalarning tabiiy eshitilishiga mos bo‘lgan tovushning shiddatliligi diapazoni (musiqa asboblari ovozlari), nutq xabarlari va konsert dasturlarini eshitishdagi belgilangan xalaqit beruvchi tovush shiddatliligi va b.q. texnik talablarni ta’riflash mumkin. Bu tavsiflarni bilish nutq tovushining qanday tarkiblari axborot tashuvchi, elektroakustika traktlarida uzatilayotgan signalning qanday buzilishi sezilarli va u eshittirishning badiiyligi yoki aniqligi bilan qanday bog‘langanligini tushunish uchun zarur. Nihoyat, odamning eshitish a’zosi o‘ta mukammal tuzilgan biologik tizim. Bu tizimning elementlari sun’iy akustik va elektron - akustik aniqlovchi tizimlarni tuzishda foydali bo‘lishi mumkin.
Odam eshitish a’zosi axborotlarni o‘ziga xos qabul qilgich bo‘lib, eshitish tizimining oliy bo‘limlari va pereferik qismlardan tashkil topgan. 2.1-rasm. Odam eshitish a’zosi Eshitish a’zosi uch qismdan: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat. Tashqi quloq, quloq chanog‘i 1 dan iborat bo‘lib, undan quloq pardasi 3 bilan tugovchi eshitish yo‘lakchasi kanali 2 ajraladi. Quloq pardasi tovushni eshitish jarayonidagi birinchi zveno hisoblanadi. Quloq pardasi unga yetib kelgan o‘zgaruvchan bosimli tovush to‘lqinlariga mos holda tebranadi. Atmosfera bosimi pardaning ikki tomonida bir xil bo‘lgandagina uning normal tebranishi kuzatiladi: parda tashqi va o‘rta quloqning chegarasi bo‘lib hisoblanadi. Pardaning ikki tomonida tovush bosimining muvozanatlashuvi o‘rta quloqdagi maxsus Yevstaxiev trubkasi 4 deb ataluvchi burun tomoq bilan birlashuvchi kanal hisobiga erishiladi. Bosim muvozanatining buzilishi natijasida quloqda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday hissini samolyot qo‘nishi vaqtida tashqi atmosfera bosimining uchish vaqtidagi bosimga nisbatan oshishi tufayli hammamiz sezamiz. O‘rta quloq uchta katta bo‘lmagan suyakchalardan: bolg‘acha 5, ichki tog‘ay 6 va eshituv suyakcha 7 dan iborat. Suyakchalarning bunday nomlanishi ularning shu narsalarga o‘xshashligi tufaylidir. Suyakchalar o‘ziga xos richag hosil qilib quloq pardasi tebranishini ichki quloqqa uzatadi. Eshitish suyakchasi ichki quloqning mo‘jazgina yassi oval darchasiga biriktirilgan bo‘lib, unga quloq pardasi qabul qilayotgan tebranishlarni uzatadi. Kanal ochilganda quloq pardasining ikki tomonidagi tovush bosimi tenglashadi. Oddiy holda quloq pardasi faqat bir tomondan o‘zgaruvchan tovush bosimi ta’sirida bo‘ladi. Ichki quloq bir necha chakka suyak bo‘shliqlardan iborat. Barcha bo‘shliqlar ilviriq suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Ichki quloqda joylashgan chanoq 8 membranani siypab o‘tuvchi ilviriq suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Membranada 22 mingga yaqin nerv tolalari mavjud bo‘lib, bu tolalar tebranishlarini bosh miya qobig‘iga uzatuvchi vazifasini bajaradi. Bosh miyada tovush tebranishlari ongimiz bilan sezuvchi ma’lum tovushga aylanadi. O‘rta quloqda yarim doira kanallari ko‘rinishidagi vestibulyar apparat 9 joylashgan. Bu yarim doira kanallar eshitish a’zosi bilan birlashgan bo‘lsa ham tovush eshitish hissiyotiga ega emas, faqat muvozanat a’zosi vazifasini bajaradi xolos. Tovush tebranishlari ichki quloqqa quloq pardasini aylanib bosh miya suyaklari orqali ham uzatilishi mumkin. Ma’lumki, asta tebranayotgan kamerton oyoqchalarini tishlab uning tovushini eshitish mumkin. Garanglik dardiga mubtalo bo‘lgan amerikalik ixtirochi Edison shunday degan edi: «Men tishlarim va bosh miya suyagim yordamida eshitaman. Menga, taxta bo‘lakchalariga boshimni tekkizishim yetarli, agarda past tovushlarni anglay olmasam, men tishlarim bilan taxta bo‘lakchalarini tishlayman va unda menga hammasi ayon bo‘ladi». Fiziologik nuqtai nazardan eshitish a’zosi mutloq o‘ziga xos, ammo o‘ta sub’ektiv, ya’ni real eshitish jarayoniga mavjud tovushlarning ob’ektiv xususiyatlarini kiritadigan asbobdir. Ayniqsa, so‘z tovush eshitish balandligi, kuchi va tovush tembri haqida borganda. Eshitish a’zosining birinchi xususiyati, turli balandlikdagi tovush eshitish chegarasining mavjudligi. Quloq tovush tarzida chastotasi 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan oraliqdagi mexanik tebranishlarni eshitadi. Chastotasi 16 Gs dan past tebranishlarni biz eshitmaymiz. Bunday tovush tebranishlari infra tovushlar deb ataladi 20000 Gs dan yuqori chastotali tebranishlar ultra tovushlar deb ataladi. Bunday tebranishlarni ham eshitmaymiz. Infra va ultra tovush tebranishlarini hayvonlar yaxshi eshitadi. Masalan, bir necha gers chastotali yer qimirlashini hayvonlar bezovtalanib qabul qiladilar, bu ularning bunday kichik chastotali tebranishlarni eshitishidan dalolat beradi. 16÷20000 Gs oralig‘idagi tovushlarning eshitilishi bir xil emas. Baland tovush eshitilish hissi uning balandlik chastotasi taxminan 14000 Gs ni tashkil etganda yo‘qoladi. Bundan yuqori chastotali tovushlarni eshitish a’zosi teng balandlikdagi tovushlardek qabul qiladi. Chastotaning 14000 Gs dan yuqori chegara 20000 Gs tomonga oshishi tovush balandligining pasayayotgandek tuyulishiga olib keladi. Yosh o‘tishi bilan odamning eshitish yuqori chegarasi 12000 Gs gacha pasayib, tovush balandligini sezish ham susayadi. Chastota tebranishlarining kichik o‘zgarishini eshitish a’zosi qanday sezadi? Eshitish a’zosining tovush chastotasi o‘zgarishiga bo‘lgan sezgirligi eshitish a’zosining nozikligi deb ataladi. 1000 Gs li tovush tebranishida chastotaning 3 Gs ga o‘zgarishi sezilarli bo‘ladi. Bundan chiqdi 600÷ 4000 Gs oralig‘ida chastotaning 0,3% ga nisbiy o‘zgarishi ham sezilarlidir. Past va baland tovushlarda bunday o‘zgarishni sezish uchun chastotani kattaroq qiymatga o‘zgartirish kerak. Musiqachilar musiqa tovushi balandligini sezish va uni baholashda ikkita tushunchaga ega bo‘lib, absolyut va nisbiy eshitish qobiliyatga ajratadilar. Absolyut eshitish qobiliyati deb, kamdan-kam odamlarda uchraydigan qobiliyat, ya’ni berilgan tovush balandligi va tovush notasini aniqlanishiga aytiladi. Absolyut eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan odam istalgan notani boshqa tovush bilan solishtirmasdan qayta eshittirishi mumkin. Bunday absolyut eshitish qobiliyatiga tabiatan kamdan-kam insonlar egadirlar, hattoki ko‘pgina kompozitor va ijrochi - musiqachilar ham bunday qobiliyatga ega emaslar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling