Tayanch iboralar


Download 124 Kb.
bet1/4
Sana25.09.2023
Hajmi124 Kb.
#1687442
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu №15. Idrokni o’rganish metodlari. Reja 1 tayanch iborala (1)


MAVZU: № 15. IDROKNI O’RGANISH METODLARI.


Reja:
1
TAYANCH IBORALAR.
Hissiyot, emotsiya, hissiy ton, emotsional ton, affektiv ton, kayfiyat, affect, stress, qiziqish, ekspressiya, idrok, konstantlik, illyuziya, adaptatsiya, idrokning yaxlitligi, predmetlilik
. Hissiyotlar haqida tushuncha.
2. Emotsional ton yoki hissiy tus.
3. Hissiyotlar vazifasi.
4. Hissiyotning ekspressiv tomonini o`rganish.
5. O`zning hissiyot holatlarini baholash metodi.
6. Idrok haqida tushuncha.
7. Idrok xossalarining umumiy tavsifi.
8. Passiv va faol tuyish orqali shaklni idrok qilish.
9. Idrokning konstantligini o`lchash.
10. Ko`rish idrokidagi adaptatsiyani o`rganish.


Darsning mazmuni: hissiyotlar haqida tushuncha, emotsional ton yoki hissiy tus, hissiyotlar vazifasi, hissiyotning ekspressiv tomonini o`rganish, o`zning hissiyot holatlarini baholash metodi, idrok haqida tushuncha, idrok xossalarining umumiy tavsifi, passiv va faol tuyish orqali shaklni idrok qilish, idrokning konstantligini o`lchash, ko`rish idrokidagi adaptatsiyani o`rganish.haqida talabalarga ma’lumot berish.

Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insonni keng emotsional sohasini rang-barangligi, ko’pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha tonos zo’riqish, urg’u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (latincha emovere qo’zg’atish, hayajonlash demakdir), affektlar (latincha affectus ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha stress zo’riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar muayyan tasavvur qilish imkoniyatini beradi.


Hissiyot ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy jarayonning o’ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu o’rinda o’ziga o’zi emas, balki bilishga intilayotgan, o’zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining sub’ektiv munosabatlari to’g’risida mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo’y hid, behayo kino, ishtiyoqli mashg’ulot, iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli mehnat va boshqalar.
Emotsional ton yoki hissiy tus (masalan, affektiv ton) ba’zi hollarda barcha shaxslarda tug’ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin Jumladan, og’riq hissi va boshqa xususiyatli kuchli qo’zg’atuvchilar bir davrda aks etgan yoqimsiz (noxush) hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, merkaptan (latincha merc simob, captans egallovchi degan ma’no anglatadi), ya’ni simob bilan boshqa organik moddalar birikmasidan tarqalgan hidlar har qaysi ruhan sog’lom insonlar uchun yoqimsiz, jirkanch taassurot uyg’otadi. Shuningdek, ba’zi ranglar birikmasi (omixtasi), shilimshiq pardalarning qo’zg’olishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz qoldiradi. Shu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy tonlari (tuslari) oldingi emotsional jarayonlaridan saqlanib qolgan izlar, turmush tajribaning saboqlari ((aks sadolari) insonlarda o’xshashligi tufayli «tug’ma» deb baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlarini atrofdagi narsalar va vaziyatlar qoniqtirishi yoki qoniqtimasligi, faoliyatning esa muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol namoyish etishiga xizmat qiladi. Shaxsning psixologik xislatlariga binoan hissiy ton (tus) o’ziga xos idiosinkraziya (yunoncha idios o’ziga xos synrasis qorishmoq, qorishuv ma’nosini bildiradi) xususiyatini kasb etadi, bunday ta’bli odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini namoyish qiladi, masalan, duxobaga tegishni, baliq, yog’, gul hidlarini yoqtirmaydi.
Emotsiyalar inson va hayvonlarning ular uchun ahamiyatli bo`lgan hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Hissiyotlar psixik faoliyatda uchta muhim vazifani: darak beruvchilik (signallik), baholash va boshqaruvchilik vazifalarini bajaradi. Hissiyotning darak beruvchilik vazifasi-sub`ektning tashqi qo`zg`atuvchilarning yoqimli yoki yoqimsiz ekanligini bildirib vokealar rivoji davomida o`z hatti-harakatini qanday davom ettirish kerakligini aks ettiradi. emotsiyalarda shaxsning alohida voqea va hodisalarga beradigan bahosi ham o`z aksini topadi. emotsiyalar motiv sifatida inson hatti-harakatlarini ham yo`naltirib turadi.
His-tuyg`ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo`lib, u faqat insonlarga xosdir.
Emotsiyalar inson organizmi vegetativ tizimi faoliyati bilan ham bog`lanadi: yurak qisqarishlari tezligi, qon bosimining o`zgarishi, qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi bilan va boshqalar. Bunday jarayonlar simpatik va parasimpatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Hissiyotlarni o`rganish uchta yo`nalishi bo`yicha amalga oshiriladi.

  1. anglanmagan holda namoyon bo`luvchi asab tizimi, endokrin, ovqat xazm qilish va boshqa tizimlardagi o`zgarishlar bilan bog`liq jarayonlarni;

  2. anglangan sezgilar bilan bog`liq jarayonlarni.

  3. yuz ifodasi, imo-ishora va hatti -harakatlarda namoyon bo`luvchi hissiyotlar yig`indisini o`rganish.




Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling