10 ta brend nomi: ularda yashirin ma'no bor


Download 0.85 Mb.
bet1/2
Sana06.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1170482
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiyot tarixi (1) (2)


10 ta brend nomi: ularda yashirin ma'no bor
Kompaniya nomi brendning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Axir jarangdor nom raqobatchilar olomoni orasida ajralib turishga yordam beradi. Ijodkorlar neyming – savdo markasi uchun betakror nom o‘ylab topish jarayonida anchadan beri katta pul ishlab topishmoqda.
Kompaniya logotipiga qarab uni tanib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Biroq abbreviaturasi nimani anglatishini bilish haqida bunday deb bo‘lmaydi.
I KEA
Foto: Depositphotos
IKEA — shved tilidagi biror ma'noni anglatadigan so‘z emas. Kompaniya asoschisi Ingvara Kamprada (IK) ism-familiyasining bosh harflari, uning oilaviy fermasi Elmtaryd (E) va yaqinda joylashgan qishloq Agunnaryd (A) ning bosh harfidan iborat.
A didas
Foto: Depositphotos
Keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra, Adidas so‘zi AllDay IDream About Spors ma'nolarini anglatadi. U “Men kuni bo‘yi sport haqida orzu qilaman” deya tarjima qilinadi. Aslida esa Adidas so‘zi brend asoschisi Adolf Dasslerning erkalatib Adi deb atalishidan olingan.

BMW
Foto: Depositphotos
Bayerische Motoren Werke — bunday uzun nomni logotipga joylashtirish imkonsiz, shuning uchun motor zavodining nomi BMW harflari ortiga yashiringan.
Lego
Foto: Depositphotos
Daniyalik konstruktor ishlab chiqaruvchi brend nomida bolalar uchun yo‘riqnomani namoyish etdi. U Daniya tilida «leg godt», ya'ni «yaxshi o‘yna» ma'nosini anglatadi.

Pepsi
Foto: Depositphotos
Pepsi asoschisi tarkibidagi pepsin fermenti uchun ichimlikni shifobaxsh sanagan. Umuman olganda, hozirgi koladan foydali xususiyatlarni izlash kerak emas, chunki 330 g o‘lchamli bankada 30 g shakar bor.
JBL
Foto: Depositphotos
Hozirga qadar audiotexnika ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Jyeyms Bullou Lensing nomi bilan ataladi. U a'lo darajadagi muhandis bo‘lgan.

Asus
Foto: Depositphotos
Brendga grek afsonaviy mavjudoti Pegasus (Pegas) nomi berilgan. Kompaniya nom sifatida so‘nggi to‘rtta harfnigina olgan. Maqsad alfavitli ro‘yxatda ilk o‘rinlarni egallash bo‘lgan.
Google
Foto: Depositphotos
Dastlab Google kompaniyasi BackRub deb atalgan. Biroq keyinchalik Sergey Brin va Larri Peyj yuzta nol va bir soniga ega gugol (googol) soniga biroz o‘zgartirish kiritib, uni nomga aylantirishdi.

Intel
Foto: Depositphotos
Bir qarashda izohlash shart bo‘lmagan nomga o‘xshab ko‘rinadi. Aslida esa abbreviatura ortida Integrated Electronics so‘zlari yashiringan.
HP
Foto: Depositphotos
O‘ylashimizcha, HP - Hewlett-Packard – brend asoschilari familiyasidan olingani hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Do‘stlar familiyalar yozilishi ketma-ketligini oddiygina tanga tashlash asosida aniqlashgan.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling