1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


va balchiqlarni qurib qolishdan saqlash zarur. Bunday davolash vositasi bor  mintaqalar 3 zonaga bo’linadi.  1


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

40
va balchiqlarni qurib qolishdan saqlash zarur. Bunday davolash vositasi bor 
mintaqalar 3 zonaga bo’linadi. 
1. Qat’iy tartibli zona. Bu minyeral suvlarning yer ostidan otilib
chiqqan joyi, davolash uchun ishlatiladigan balchiqlar, cho’milish
joylarini o’z ichiga oladi. Bunday zonalarda odamlarning yashashi, u yerga 
inshootlar qurish mumkin emas. U yerga faqat davolash uchun mo’ljallangan 
binolar qurishga ruxsat etiladi. Ular quyoshning ul’trabinafsha nuridan 
foydalanish uchun qurilgan ochiq yotoqxonalar, dengiz havosidan foydalanish 
uchun quriladigan uxlash xonalari, ayvonlar va boshqalardan iborat. Qora 
dengiz qirg’oqlarida bunday joylar juda ko’p. 
2. CHeklangan zona bo’lib, bu territoriyalarda sanatoriylar, dam olish 
uylari, kurort uchun binolar qad ko’taradi. Bu zonada istirohat bog’lari, 
hiyobonlar tashkil qilinadi. U yerda chiqindi suvlarning davolash uchun zarur 
bo’lgan buloq suvlariga, balchiqlarga aralashib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. 
CHiqindi suvlar faqat kanalizaciya tarmoqlariga oqiziladi. 
3. Kuzatish zonasi. Bu buloqlar, minyeral suvlar va sog’liq uchun 
foydasi bo’lgan suv manbalari bor uchastkalarni o’z ichiga oladi. 
Bunday manbalari bor territoriyada qilinadigan ishlar quyidagilardan 
iborat. Birinchidan, bunday suvlar o’sha joyning iqlimiga, tabiatiga va 
sanitariya holatiga va tabiiy boyliklariga zarar byermasligi kerak. U yerda 
asosiy diqqat territoriyaning sanitariya holatini saqlashga qaratiladi. Kurort 
zonalarida bir qancha funkcional zonalar tashkil qilinadi. Jumladan, kurort 
zonasi turar joy zonasi, kommunal xo’jalik ob’yektlari joylashgan zonalardan 
iborat. O’rmon va istirohat bog’lari ko’kalamzor zona bo’lib, himoya-mintaqa 
vazifasini o’taydi. 
Kurort zonasi territoriyasida kattalar va bolalar uchun sanatoriy va 
kurortlar, idoralar, tuman ahamiyatiga ega bo’lgan madaniy-maishiy xizmat 
ko’rsatish tashkilotlari, istirohat bog’lari joylashadi. 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling