1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
38 TUMANLARNI LOYIHALASH Tumanlar loyihasini tuzishda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish hisobga olinadi. Bunda injenyer-texnik, sanitariya va gigiena talablari, me’morlik loyihalash tadbirlari ko’zda tutiladi. Xalq xo’jalik ob’yektlarini bir-biri bilan bog’langan holatda joylashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona taqsimlash va tabiiy boyliklardan rosmana foydalanish va ularni muhofaza qilish nazarda tutiladi. Aholining turmush va ish sharoitlarini yaxshilash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqa chora-tadbirlar ko’zda tutiladi. Tumanni loyihalash tadbirlari aholining turmush sharoitini sog’lomlashtirishga qaratilgandir. Bu maqsadda sanoat korxonalarini gigiena talablariga rioya qilgan holda joylashtirish lozim bo’ladi. SHunda aholi turar joylari turli ifloslanishlardan holi bo’ladi. Aks holda sanoat korxonalarining chiqindilari havoga, suv havzalariga, tuproqqa tushib, aholining turmush sharoitiga, salomatligiga yomon ta’sir ko’rsatadi. Tuman loyihasini maxsus loyihalash institutlari shaharlarni, ishchi posyolkalarini, qishloq aholi turar joylarini loyihalash kabilarni ishlab chiqadi. Tuman loyihasi ham «Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi» nizomga asosan sanitariya organlari bilan kelishilgan holda bajariladi. Bu esa tuman territoriyasidagi aholi turmush sharoitini sog’lomlashtirish uchun mo’ljallangan kompleks tadbir va choralarning bajarilishiga imkon byeradi. 39 Bu tadbir choralar quyida keltiriladi: 1. Tuman territoriyasining tabiiy iqlim-sharoitini, atrof muhitning holatini har tomonlama hisobga olgan holda funkcional zonalarga taqsimlash. 2. Tuman territoriyasini suv bilan ta’minlash, meliorativ holatini yaxshilash. 3. Sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda yangi sanoat korxonalari qurish, eskilarini qayta qurish va ularni to’g’ri joylashtirish, qishloq xo’jalik va agrosanoat komplekslarini, ayrim korxonalarni qishloq sharoitiga moslab joylashtirish. 4. Aholi turar joylari havosi, suv havzalari, tuproqlarini turli zararli moddalardan ifloslanishining oldini olish tadbir-choralarini ishlab chiqish. 5. Hozirgi kunda quriladigan shahar va aholi turar joylari loyihasini oldindan ishlab chiqish tadbirlarini ko’zda tutish. 6. Ayrim qishloq va shaharlarni markazlashgan vodoprovod suvi va kanalizaciya bilan ta’minlashni tashkil qilish. 7. Aholining qisqa muddatli yoki uzoq davom etadigan dam olishini ta’minlash maqsadida gigiena talabiga javob byeradigan yangi dam olish bazalari qurish va eskilarini qayta tiklashni ta’minlash, sanatoriy, kurort, dam olish bazalarini ko’plab qurishni tashkil qilish va sanitariya nazoratini uyushtirish. Agar tuman territoriyasida iqlimi musaffo, shifobaxsh buloq va minyeral suvga boy joylar bo’lsa, albatta loyihaga davolanish uchun sanatoriy va dam olish uylari qurish planini kiritish ko’zda tutiladi. Kurortli zonalar loyihasini tuzishda ularni sanitariya himoya qilish chegaralarini aniqlash, har bir ob’yektni to’g’ri joylashtirish, madaniy- maishiy, davolash-sog’lomlashtirish, uy-joy, ishlab chiqarish binolari, tozalash inshootlari va boshqalar ko’zda tutiladi. Ularni suv va kanalizaciya shoxobchalari bilan ta’minlash, ayniqsa, obodonlashtirishga ahamiyat byeriladi. Tabiiy omillar bilan davolashda foydalaniladigan buloq, minyeral suvlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling