1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Populyacion ekologiya — tuzilishning shakllanish sharoitini va bir 
turdan ajralgan guruhlarning populyaciyasini davomli o’rganadi. Boshqacha 
qilib aytganda, populyacion ekologiya bir turdagi o’zgarishlarni o’rganib, 
uning sabablarini aniqlaydi. Turlarning populyacion ekologayasini bilmay 
turib, tabiat va uning resurslaridan ilmiy asosda foydalanish mumkin 


21
bo’lmaydi. 
Tabiatda uchrab turadigan tabiiy voqealarni analiz qilib, har xil 
turlarning miqdor jihatdan ko’payishiga yoki kamayishiga tashqi muhitning 
abiotik va biotik ta’sirlarini hisoblash, ularni boshqarish mumkin. 
Populyaciya to’g’risidagi ta’limot asosida tabiatdagi anchagana 
murakkab hayotiy jarayonlarni o’rganishga, ya’ni biogeocenozlarni 
o’rganishga yo’l ochiladi. Biogeocenozlarni ilmiy o’rganish — 
biogeocenologiya deyiladi. 
BIOGEOCENOZ TO’G’RISIDA TUSHUNCHA 
Biosfyeraning elementar birlamchi tuzilish birligi biogeocenozdir. Bu 
tushuncha dastlab V. L. Sukachev tomonidan fanga kiritilgan. 
Biogeocenoz biosfyeraning kichik bir qismi bo’lib, u o’zining joylanishi, 
iqlimi, gidrologiyasi va biotik sharoitiga qarab bir xildir. SHuningdek, u bir 
turdagi o’simliklar turkumidan iborat bo’lib, unga shu joyda yashaydigan 
o’simliklar, hayvonlar, jumladan mikroorganizmlar, mazkur yerning geologik 


22
tuzilishi, sharoiti, iqlimi, tuprog’i, suvi va boshqalar kiradi. 
Biogeocenoz tarkibiga quyidagi komponentlar: o’simlik kompo-nenti — 
fitocenoz, hayvonlar komponenti — zoocenoz va mikroor- 
ganizmlar kiradi. Bular tuproqda, suvda yoki havoda ma’lum sharoitda 
mikroblarning bioximiyasini tashkil qiladi. 
Biocenozlar rang-barang bo’lib, iqlim va ayni bir joyning tarixi, tabiatiga 
bog’liq holda vujudga keladi. Jumladan, tirik mintaqalarga xos o’rmonlarning 
biogeocenozlari Arktika tundralariga qaraganda mahsuldor hisoblanadi. 
SHuningdek, okean tubidagi biogeocenozlar dengiz va okean sohillari 
yaqinidagi sayoz joylar biogeocenozlaridan kam. 
Biogeocenozning turli tirik komponentlari birlashib yashash jarayonida 
biologik birlik hosil qiladi, ya’ni biocenoz tarkib topadi. 
Biocenoz barcha turdagi jonivorlar populyaciyasining yig’indisi bo’lib, 
ma’lum bir geografik territoriyada yashaydi. Bunday territoriyalar qo’shni 
joylardan tuproq va suvining kimyovny tarkibi, fizik ko’rsatkichlari, joyning 
baland-pastligi, namliga, quyosh nuri bilan ta’minlanishi va boshqa tomonlari 
bilan farq qiladi. Biocenozda yashaydigan o’simlik va hayvonlar doim bir-biri 
bilan munosabatda, aloqada bo’ladi. 
Biocenoz umumiy kompleks jarayon bo’lib, biogeocenozning bir 
qismidir. Biocenoz doim rivojlana boradi va bu rivojlanish jarayoni odatda 
uzoq davom etadi. 
Ayrim olimlar biosfyeraning elementar tuzilish birlishni ekosistema deb 
ham ataydilar. 
Biosfyera yerdagi tirik organizmlar uchun yashash makoni. Biosfyera 
atmosferaning pastki — troposfyera va uning okean, dengiz, ko’l, daryo 
suvlari bilan qoplangan gadrosfyera qismlarini o’z ichiga oladi, Yer qatlami 
— uning tarkibi, tuzilishi va enyergetikasi ko’p jahatdan tirik organizmning 
o’tmishdagi yoki hozirdagi hayot faoliyati bilan bog’liq. Gidrosfyera va 


23
litosfyera moddalar va enyergiya kabi murakkab biokimyoviy cikllar bilan 
o’zaro bog’langan. 
Milliard yillar davom etgan evolyuciya biosfyera qo’ynida byerk halqa 
hosil qiladi: nabotot olami karbonat angidridni o’ziga singdirib hayotbaxsh 
oksigen ishlab chiqaradi. Inson va hayvonlar o’simliklar va ularning 
mahsulotlari orqali oksigenni qabul qiladi hamda karbonat angidrid ajratib 
chiqaradi. Organik moddalar — o’lgan jonivorlar, o’simliklar, baktyeriyalar, 
zamburug’lar va yana boshqalarni oksigen yordamida qayta ishlab, yana 
foydali ozuqa manbaiga aylantiradi. 
Ko’rinib turibdiki, tirik organizm bilan muhit orasida moddalar 
almashinuvi jarayonida hayot uchun zaruriy kimyoviy omillar, atmosfera va 
litosfyera hosilalari bevosita ishtirok etar ekan. 
Moddalarning tabiatda tabiiy aylanishi jarayonida bir qator kimyoviy 
elementlar, jumladan azot, fosfor, kal’ciy, kaliy, temir va shunga o’xshash 
elementlar, shuningdek suv va havo qatnashadi. 
Hammamizga ma’lumki, suvni obihayot deydilar. Darhaqiqat, suvsiz
hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv inson, jonivorlar, 
o’simliklar dunyosi, xullas butun borliq uchun zarur bo’lgan, ko’rkam 
tabiatimizning, biosfyeraning syerxosiyat omillaridan biridir. U har qanday 
tirik organizmning bir qismi bo’lib, organizmning yashash jarayonida, muhim 
bioximik jarayonlarda faol qatnashadi, u issiqlik almashinuvini yaxshilaydi, 
turli moddalarni eritadi, tuzlar va boshqa moddalarni ionlarga parchalaydi, 
organizmda hayotiy muhit yaratadi. 
Suv kishi organizmida fiziologik hamda bioximik jarayonlar bo’lmish 
assimilyaciya, dissimilyaciya, diffuziya jarayonlarida bevosita qatnashadi.
Suv faqatgina inson uchun zarur bo’lib qolmay, balki qishloq xo’jaligi va 
sanoatning juda ko’p tarmoqlari uchun zarur. 
Masalan, insonning fiziologik ehtiyoji uchun kuniga kishi boshiga uch 


24
litr chuchuk toza suv sarflansa, turli geografik mintaqalarda turar joylarning 
sharoitiga qarab gigienik talab bo’yicha 150—500 litrgacha suv sarflanishi 
aniqlangan. Demak, toza suvga talab borgan sari ortib bormoqda. 
Insonning antropogen faoliyati natijasida suv havzalari chiqindilar bilan 
ifloslanmoqda. Bu inson bilan suv orasidagi o’zaro munosabatning 
buzilishidan darak byeradi, bu esa o’z navbatida turli kasalliklarning kelib 
chiqishiga sabab bo’ladi. 
O’zbekiston jumhuriyatida har yili ochiq suv havzalariga 390 mln m
3
chiqindi to’kiladi. SHu sababli Zarafshon daryosi suvi tarkibidagi minyeral 
tuzlar 6 barobar, organik moddalar esa 20 barobar ortdi. Navoiy shahridagi 
suv olish joyida bir litr suvdagi ichak tayoqchasi soni 2 mln 400000 ga etdi 
(ruxsat etiladigan mikroblar miqdori 1 litr suvda 1000 ta gacha). 
Hozirgi kunda jumhuriyatdagi birorta daryo suvi Davlat standarti 
talablariga to’g’ri kelmaydi. 1985—1989 yillarda yuqumli ichak tayoqchasi 
mikrobining suv orqali tarqalishi va odamlarning kasallanishi 47 marotaba 
ko’paydi. 1989 yilda tif va paratif kasalliklari 17 marotaba ortdi. 
Biosfyerada mavjud bo’layotgan murakkab bioximik jarayonda havo 
oksigeni qatnashgan holatda boradi. Havo tarkibidagi oksigen gazi tirik 
organizm uchun juda zarur bo’lgan modda, u organizmdagi murakkab 
bioximik jarayonlar — moddalar almashinuvida faol qatnashadi. Havoda 
oksigen moddasining etishmasligi yoki atmosfera havosining ifloslanishi kishi 
organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera havosi va iqlim inson 
orgnizmini tashqi muhit bilan chambarchas bog’laydi. Unda paydo bo’ladigan 
o’zgarishlar kishi a’zolariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 
So’nggi yillarda insonlarning tabiatga salbiy munosabatda bo’lishi uni 
yomon ahvolga solib qo’ymoqda, buning oqibatida tabiatning o’zi insondan 
o’z qasdini olmoqda. 
V.I. Vyernadskiyning yozishicha: «Inson atrof-muhitga o’zining har
tomonlama ta’sir etishi bilan boshqa tirik organizmlardan 


25
anchagina farq qiladi. Bu farq inson hayoti ibtidosida anchagina katta edi, 
vaqt o’tishi bilan bu farq yanada kattalashadi». Ulug’ olimning bu gaplarida 
katta ma’no yotadi. Inson aql zakovati shunchalik kattaki, u turli mashinalar 
yaratib tabiatni o’ziga bo’ysundirdi, u hatto atomdan ham foydalanmoqda. 
Katta-katta tabiiy boyliklarning topilishi, yangi-yangi mexanizmlarning 
ishlatilishi inson qo’li bilan bunyod etilmoqda. U o’simliklarni kasallik va 
hasharotlardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqmoqda. Bular bir 
tomondan kundalik inson talabini qondirishga imkon tug’dirayotgan bo’lsa, 
ikkiichi tomondan insonning sihat-salogmatligiga putur etkazuvchi omillar 
paydo bo’lishiga, ya’ni tabiatda, biosfyerada ekologik tangliklarning vujudga 
kelishiga sabab bo’lmoqda. 
Jumladan, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining turli dambalar bilan 
to’silishi, suvdan isrofgarchilikka yo’l qo’yilgan holda foydalanish, suv 
sarfining tobora ortib borishi Orol muammosini keltirib chiqardi. Bu 
Qoraqalpog’iston, Xorazm va boshqa Orol bo’yi viloyatlarining ekologik 
holatini har tomonlama buzib yubordi, ekologik tanglikni vujudga keltirdi. 
Atmosfera havosida zaharli omillarning tobora ko’payib borishi 
faqatgina inson salomatligiga emas, balki butun tirik jonivorlar, o’simliklar va 
boshqalar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Jahon sog’liqni saqlash 
tashkilotining bergan ma’lumotlariga qaraganda, Angliya davlatining o’zida 
havoning ifloslanishi oqibatida har yili o’pka va nafas yo’llari kasalligidan 30 
mingdan ziyod kishi nobud bo’lar zkan. 
Havosiz, suvsiz hayotni tasavvur etib bo’lmaganidek, tuproqsiz ham 
hayot bo’lishi mumkin emas. Tuproq yerning po’stloq qavati bo’lib, ko’rkam 
tabiatning hayotbaxsh omillaridan biri hisoblanadi. Tuproq hayotning boshi, 
o’simliklar ozuqasi, u odamlarni boqadi, kiyintiradi, jonivorlar uchun esa 
yashash makoni hisoblanadi. U atrof-muhitning bir bo’lagidir. SHuning uchun 
tuproqqa tegishli ozuqa byerib, uni zararlanishdan muhofaza qilish, unda 


26
ketayotgan murakkab biogeocenoz jarayonlarga zarar byermaslik, unga zararli 
omillarni tashlamaslkk zarur, aks hrlda uning ekologik holati buzilib insonga 
zarar keltirishi mumkin. 
Biz hozirgi kunda insonning tuproqqa nisbatan munosabati yaxshi 
emasligi oqibatida juda ko’p millionlab gektar yerdagi tuproqlarning 
ifloslanishi, hosildorlik xususiyati yo’qolib borayotganiga guvoh 
bo’lmoqdamiz. Bunga misol qilib Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog’iston va 
boshqa viloyatlar tuprog’ining sho’rxok yerga aylanishi, eroziyaga uchrashini 
ko’rsatishimiz mumkin. 
Yerga ko’p miqdorda minyeral o’g’itlarning tashlanishi, ularning zaharli 
ximikatlar bilan zararlanishi tuproq tuzilishini tubdan o’zgartirib yubormoqda. 
Tuproqning sanitariya holati unga chiqin-dilar, axlatlar, sanoat chiqindilari 
tashlanishi oqibatida buzil-moqda. Bu esa turli kasalliklar kelib chiqishiga
sabab bo’lmoqda. 
SHunday qilib, insonni o’rab turgan tashqi muhit ob’yektlaridagi ekologik 
o’zgarishlar uning sog’lig’iga ta’sir etmay qolmaydi. Masalan, CHyernobilda 
sodir bo’lgan voqeani olaylik. Bu faqat atom elektrostanciyasi joylashgan 
maydonni emas, balki qo’shni jumhuriyatlardagi ko’pchilik viloyatlar 
tuprog’ini, havosi, suvi, o’simlik dunyosini, uy-joylarni radionuklidlar bilan 
zararladi. Bu esa o’sha joylarda yashovchi hayvonlar, odamlar va boshqa 
jonivorlarning kasallanishiga sabab bo’ldi. 
Bularning hammasi sanoat korxonalarining tadbirkorlik bilan 
qurilmaganligi, korxonalar ishlab chiqarish quvvatining to’g’ri 
taqsimlanmaganligi, tashkiliy ishlar olib borilishining pastligi, shuningdek 
eskirib qolgan texnika asbob-uskunlaridan foydalanish oqibatidir. Kommunal 
gigiena fani ham xuddi shu masalalarni o’rganadi, tashqi muhit ob’yektlarini 
iflosliklardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, qolavyersa 
inson uchun qulay ekologik muhit yaratishga va kasalliklarning oldini olishga 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling