Mavzu: Fermentlarning sinflanishi Kirish Asosiy qisim


Download 155.66 Kb.
bet1/14
Sana09.01.2022
Hajmi155.66 Kb.
#258955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ферменлар синифланиши


Mavzu: Fermentlarning sinflanishi
Kirish

Asosiy qisim

1. Fermentlar haqida umummiy tushuncha;

2. Fermentlarning sinflanishi;

3. Biokatalizator-fermentlarni xususiyatlari;



  1. Fermentlar markazlari;

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Tirik organizmning hayot faoliyati kimyoviy jarayonlarga asoslanadi. Bu reaksiyalar deyarli barchasi tabiiy katalizatorlar – fermentlar ishtirokida boradi. Ya’ni bu moddalar organizmning metabolik jarayonlarini boshqaradi.

Har bir ferment molekulasi bir nechta allosterik markazlarga ega bo`lishi mumkin. Allosterik markaz bilan bog`lanuvchi moddalar allosterik effekrorlar deb ataladi. Effektorlarni allosterik markazga birikishi ferment molekulasining uchlamchi, ba’zan to`rtlamchi strukturasini va unga muvofiq faol markaz konfigurasiyasini o`zgartirib, enzimatik faollikni kuchayishi yoki pasayishiga olib keladi. Shunga mos ravishda allosterik effektorlar ijobiy (aktivatorlar) yoki salbiy (ingibitorlar) deb ataladi. Gormonlar va ularning unumlari, turli xil metabolitlar (modda almashinuvining mahsulotlari), mediatorlar va boshqalar allosterik effektorlar bo`lishi mumkin.

Fermentlar nomlanganda substratlarning oxiriga – aza suffiksi qo‘shiladi (Dyuklo taklifi bo‘yicha, 1883-y). Masalan: arginaza argininning gidrolizini katalizlaydi, saxaraza - saxarozaning, fosfataza – fosfo – efir bogʻlari va boshqalar.

Boshqa usul — katalizlanuvchi reaksiya nomiga – aza suffiksi qo‘shiladi. Masalan: degidrogenaza vodorodning ajralib chiqish reaksiyasini, gidrolaza – gidroliz reaksiyasini, transferaza – kimyoviy guruhlarni o‘tkazish reaksiyalarini katalizlaydi. Yuqorida keltirilganlarga qaramasdan ba’zi fermentlar o‘zlarining travial nomlarini saqlab qolganlar: tripsin, pepsin, katalaza, ularning nomi katalizlanuvchi reaksiya turiga, shuningdek, substratning nomiga to‘gʻri kelmaydi.

Tirik organizmning hayot faoliyati kimyoviy jarayonlarga asoslanadi. Bu reaksiyalar deyarli barchasi tabiiy katalizatorlar – fermentlar ishtirokida boradi. Ya’ni bu moddalar organizmning metabolik jarayonlarini boshqaradi.

Shu kungi ma`lumotlar bo`yicha fermentlar vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Modda almashinuvining irsiy o`zgarishlarini boshqarish

Lоtinchа «Fеrmеntum» - аchitqi yoki «enzim» grеkchа «en» - ichki, «zim» tоmizgʻi ma’nosini bildiradi. Fermentlar anorganik katalizatorlar bilan bir hil vazifani bajaradi, ammo ulardan quyidagilar bilan farqlanadi:

1. Juda yumshoq sharoitlarda faollik ko‘rsatadi (past temperatura, normal bosim, pHning ma’lum qiymatlari va boshqalar).

2. Kimyoviy reaksiyani juda jadal tezlashtiradi.



  1. Fermentativ reaksiya tezligi ferment miqdoriga to‘gʻri proporsionaldir.

  2. Fermentlar yuqori spetsifiklikka egadir.

  3. Fermentlar faolligi boshqariladi.

Fermentlar uchun xos bo‘lgan bir qator xususiyatlari ularning oqsil tabiati bilan bogʻliqdir.

Fermentlar birinchi navbatda oqsil molekulasi bo’lganligi uchun, ular oqsillarning barcha hossalariga egadir. Shu bilan birgalikda ular faqat o’ziga hos, ularni biologik katalizator sifatida ta’riflovchi hususuiyatlarga ham ega.




Download 155.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling