Oqsillarning uchlamchi va tòrtlamchi strukturalari Shomansurova Mahbuba 004- guruh
Download 112.62 Kb.
|
Oqsillarning uc-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsilning toʻrtlamchi strukturasi
- \[^5\].
Oqsillarning uchlamchi va tòrtlamchi strukturalariShomansurova Mahbuba 004- guruhOqsilning uchlamchi strukturasi Polipeptidning uch oʻlchamli umumiy strukturasi uchlamchi struktura deb ataladi. Uchlamchi struktura asosan oqsilni tashkil etuvchi aminokislotalarning R guruhlari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirlashuvlarga bogʻliq. Uchlamchi strukturaga hissa qoʻshadigan R guruhining taʼsirlashuvlariga vodorod bogʻlanish, ion bogʻlanish, dipol-dipol taʼsirlashuvlar, London dispersiya kuchi va asosan, kovalent boʻlmagan bogʻlarning toʻliq spektri kiradi. Misol uchun, bir xil zaryadli R guruhlar bir-birini itaradi va teskari zaryadlilari, aksincha, ion bogʻlanishni hosil qilishi mumkin. Xuddi shunga oʻxshab,qutbli R guruhlari vodorod bogʻlarini va qutbsizlari dipol-dipol taʼsirlashuvlarni hosil qilishi mumkin. Uchlamchi strukturada, shuningdek, gidrofob taʼsirlashuvlar ham muhim hisoblanadi, bunda qutbsiz, gidrofobguruhli aminokislotalar oqsilning ichki qismida jamlanib, gidrofil aminokislotalarni atrofdagi suv molekulalari bilan taʼsirlashishi uchun tashqi tomonda qoldiradi.Shuningdek, uchlamchi strukturada ishtirok etadigan kovalent bogʻning alohida turi mavjud. Bu – disulfid bogʻ. Disulfid bogʻlar sisteinlarning oltingugurtli yon zanjirlari orasidagi kovalent bogʻlar boʻlib, uchlamchi strukturada ishtirok etuvchi boshqa bogʻ turlaridan ancha kuchliroq hisoblanadi. Ular polipeptid qismlarini bir-biriga mahkam tutib turuvchi molekulyar “toʻgʻnagʻich” vazifasini bajaradi.Oqsilning toʻrtlamchi strukturasi
Biz toʻrtlamchi strukturaga ega boʻlgan oqsilga allaqachon misol keltirdik: bu – gemoglobin. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, gemoglobin qonga kislorod tashiydi va u toʻrtta subbirlikdan, ikkita α va ikkita β turlaridan iborat. Yana bir misol DNK polimeraza boʻlib, u DNKning yangi zanjirlarini sintezlovchi 10 ta subbirlikdan iborat boʻlgan ferment hisoblanadi\[^5\].Download 112.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling