1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
hissalarini qo’shdilar. I BOB
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
6
hissalarini qo’shdilar. I BOB GIGIENA FANINING O’RTA OSIYO RESPUBLIKALARIDA RIVOJLANISHI Tarixga murojaat qilinsa, O’rta Osiyo respublikasi ilgari Turkiston viloyati deb yuritilgan. Bu viloyat tarkibiga hozirga Qozog’iston respublikasining janubiy nohiyalari, Qirg’iziston, Tojikiston viloyati kirgan. Demak, biz Turkiston viloyatlaridagi gigiena, ya’ni sog’lomlashtirish fanining taraqqiyoti 1917 yilgacha qaysi ahvolda edi-yu, revolyuciyadan so’ng qanday rivoj topdi, shu haqda o’quvchilarni xabardor qilmoqchimiz. Ilgari bo’lg’usi vrachlar o’zi yashab turgan ko’hna Turkistonda bu fan qanday taraqqiy etgani to’g’risidagi savollarga kichik-kichik risolalardan javob topishlari mumkin edi. U vaqtda alohida darsliklar yo’q edi. Bo’lsa ham faqat Yevropa va Rossiyadagi gigiena ilmi rivoji haqida to’xtalib o’tilardi, xolos. Vaholanki, Turkiston viloyatida tozalik va orastalik masalalariga Muhammad payg’ambar yashagan davrlarda ham katta ahamiyat byerilgan. Qur’onda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, «Din — poklikdir» deyiladi. Islom dini — kishi ma’naviy dunyosini insoniylikka nomunosib bo’lgan barcha qaboxat va razolatlardan pok tutuvchi benazir vosita bo’lish bilan birga, badan sog’liga uchun zarur bo’lgan tozalikka ham katta ahamiyat byeradi. Unda ayniqsa turar joylarni supurib-sidirish, suv sepish, xullas, inson uchun zarur iqlimni yaratish, axlatlarni yig’ib maxsus o’ralarga ko’mish kabi gigienik maslahatlar ham byeriladi. Gigiena fanining rivojiga qadimiy Turon o’lkasida yashab ijod qilgan, tibbiyot ilmiga o’zining bebaho hissasini qo’shgan iste’dodli olimlar Abu Ali Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Abu Rayhon Byeruniy, Umar CHag’miniy va boshqalar ham o’z asarlari bilan katta hissa qo’shganlar va o’quvchilar undan 7 hozirgi vaqtda ham foydalanmoqdalar. Ular qoldirgan noyob kitoblar tibbiyot ilmini boyitishda qadimdan xizmat qildi va tabiblar uchun qo’llanma bo’lib keldi. Feodal zulmi avjiga chiqqan X—XI asrlarda qisqa, ammo mazmunli hayot kechirgan, salkam 500 ga yaqin asar yarata olgan buyuk alloma Ibn Sinoning asarlari uni jahonga tanitdi. Ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» kitobida gigiena ilmiga bag’ishlangan ko’p masalalar echimini yozib qoldirgan. Jumladan u «agar havoda chang va boshqa g’uborlar bo’lmaganda edi, inson hayoti anchagana cho’zilgan bo’lardi» deb, atmosfera havosini ifloslanishdan holi qilishni uqtiradi. Ayniqsa, u havo haroratiga, uning namligiga ahamiyat byeradi. Insonlar yilning turli fasllarida sog’liqlarini saqlashning ehtiyot choralarini ko’rishlari zarurligini uqtiradi. Ko’pgina kasalliklar namlik oshganda yoki issiqlik darajasi haddan tashqari oshib ketganda zo’rayishini aytib o’tadi. U shunday deydi: «shuni bilginkim, yil faslining turli iqlim sharoiti qandaydir kasallikni keltirib chiqarishi mumkin, demak iqlimga qarab aql-zakovat bilan odamlarga turli kun tartibini tavsiya qilish kerak». «Tib qonunlari» kitobida, jumladan turar joylarni qurishda maydonning sof tuprog’i, relyefi katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. SHuning uchun ham, aholi yashashi uchun quriladigan maydonlar kungay, bahovo, quruq tuproqli bo’lmog’i zarur deydi. Ibn Sino inson salrmatligini, saqlashda tashqi muhitning ahamiyati katta ekanligini «Tib qonunlari» kitobida alohida izohlaydi, unda suv, tuproq, atmosfera havosining ahamiyatini talqin etadi. O’rta Osiyo tibbiyot fanining eng ulug’ vakillaridan yana biri gigiena faniga o’z hissasini qo’shgan olim Ismoil Jurjoniydir. Uning tug’ilgan vaqti aniq emas, XII asr boshlarida Isfaxon shahrida tug’ilab, so’ng Xorazmga keladi. Ismoil Jurjoniy Xorazm shohligi davrida yashab ijod qilgan, tibbiyot fani 8 rivojiga o’z hissasini qo’shgan yirik olim. U Xorazm viloyatining iqlimi, tuprog’i, havosi, geografik holati haqida yozibgina qolmay, ularni insonlar sog’lig’iga ta’sirini o’rgandi va o’z asarlarida yozib qoldirdi. Jurjoniyning fikricha, «kimki Xorazm viloyati havosidan nafas olsa, undagi dorivor o’simliklardan, meva va rezavor o’simliklardan iste’mol qilsa, uning sog’lig’i mustahkam bo’ladi», degan. Jurjoniy tibbiyot olamida ikki bebaho durdona kitob qoldirdi, bular «Xorazmshoh xazinasi» va «Xorazmshoh Karabadini». «Xorazmshoh xazinasi» 9 kitobdan iborat bo’lib, tibbiyot fanining turli sohalariga bag’ishlangan. Jurjoniy kasallikning kelib chiqishiga olti xil omil sabab bo’ladi, deydi, ya’ni havo (iqlim), oziq-ovqat va dori-darmon, uyqu va uyqusizlik, jismoniy harakat va harakatsizlik, organizmga kiruvchi moddalar va ularning organizmdan ajralishi, haddan tashqari xursandchilik va xafagarchilik. Odamlarni davolaydigan tabib bularni bilib, har bir insonni kasallikdan saqlashi va ogohlantirishi, uni dori-darmon bilan ta’minlashi zarur, deydi u. Jurjoniy «Xorazmshoh xazinasi» nomli kitobida zax, namligi yuqori bo’lgan joylarga, uy-joy qurganda poydevorini balandroq qurishni tavsiya etadi. U ichimlik suvlarga to’xtalib, qish vaqtida yoqqan yomg’ir va erigan qor suvi yoz vaqtida yohqaniga qaraganda tozaroq ekanligini uqtiradi, bu holni atmosfera havosining yoz vaqtida iflosligi natijasidan deb to’g’ri fikrlaydi. Tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan suv kishi organizmiga, qolavyersa me’da-ichak, buyrak va jinsiy a’zolar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi to’g’risida ma’lumot byeradi. Sho’r suv qonni o’zgartiradi, ich ketkazadi, buyrak, siydik qopida tosh hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Aksincha, toza tuproqdan fil’trlanib o’tgan buloq suvlari rangsiz, mazasiz, hidi bo’lmaydigan toza suvdir, bunday suvlarda ovqat tez pishadi deydi. Jurjoniy suvning tozaligani aniqlovchi ko’rsatkich deb uning rangani, mazasini, hidini, tiniqligini aytadi. Bu ko’rsatkichlar hozirgi zamon Davlat standartida ham keltiriladi. 1920 yilda Turkiston Davlat doryalfununi tashkil qilindi. Gigiena fani 9 tez sur’atlar bilan 1917 yildan so’ng rivoj topdi. Uning tibbiyot kulliyotida ishlash uchun Moskva va boshqa shaharlardan P.P.Sitkovskiy, K.G.Xrushev, A.N.Kryukov, E.P.SHlyaxtin, N.N.Markelov, S.A.Molchanov va boshqalar taklif qilindi. G.N. Pinegan gigiena kafedrasi mudiri vazifasida ishlab, uy-joy gigienasini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan olimlardan hisoblanadi. 1922 yilda Turkiston jumhuriyatida sanitariya vrachlarini kuzatuvchi tashkilot mehnatni muhofaza qilish ishlarini uyushtira boshladi. Keyinchalik sanitariya-ximiya, baktyeriologik laboratoriya, so’ngra epidemik kasalliklarga qarshi kurashuvchi bo’limlar tashkil qilindi. 1924 yilda Buxoro shahrida tarqalgan rishta kasalligiga qarshi kurashish va uni yo’q qilish maqsadida tropik tibbiy ilmiy-tekshirish ilmgohi ochildi. Keyinchalik bu ilmgoh Samarqand shahriga ko’chirilib, Samarqand bezgak va parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti nomini oldi. Bu institut aholiga sanitariya va gigiena fanidan ta’lim byeruvchi maskanga aylandi. 1927 yili O’lka sanitariya-baktyeriologiya ilmgohi qoshida sanitariya- gigiena bo’limi tashkil qilindi. O’lka gigiena ilmining taraqqiyoti asosan 1934 yildaga O’zbekiston ilmiy-tekshirish sanitariya, gigiena ilmgohi ochilishi bilan bog’liqdir. Ilmgohdagi barcha ilmiy ishlar o’lkadagi juda ko’p masalalarni hal qilishga qaratilgan. Bu ilmgohda professorlardan P.K. Ageev, P.D. Vinokurov, A.S. Dixtyar va boshqalar ishlaganlar. Ular o’z faoliyatlarini jumhuriyatda kommunal gigiena masalalarini o’rganishga bag’ishlaganlar. Turkiston Davlat dorilfununidan keyinchalik Toshkent Davlat Tibbiyot oliygohi alohida bo’lib ajralib chiqdi. Bu oliygoh qoshida sanitariya-gigiena mutaxassislari tayyorlaydigan fakul’tet ochiladi, so’ngra fakul’tet qoshida gigiena fanining turli sohalari bo’yicha kafedralar ochildi. O’zbekiston Respublikasida tibbiy xodimlar tayyorlashga katta ahamiyat berildi. Toshkent, Samarqand, Andijon tibbiyot oliy bilimgohlari, O’rta Osiyoda bolalar vrachlari tayyorlaydigan tibbiyot oliy bilimgohi hamda 10 dorishunoslnk bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy bilimgoh tashkil qilindi. 1990 yili Buxoro tibbiyot oliy bilimgohi ochildi. Bu oliygohlarning hammasida gigiena kafedralari tashkil qilindi. Ko’rinib turibdiki, O’lka gigiena ilmining har tomonlama taraqqiy etishiga davlatimiz katta yo’l ochib bergan. O’lkamizda umumiy gigiena va uning eng katta qismi bo’lgan kommunal gigienani taraqqiy ettirishda professorlar A.Z. Zohidov, Q.S. Zoirov, S.N. Bobojonov, Sh.T. Otaboev, T.I. Iskandarov, N.S. Tojiboeva, R.U. Ubaydullaev, M.I. Il’inskiy va boshqalarning xizmati katta. Petr Konstantinovich Ageev, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1919 yili Kiev tibbiyot oliygohini tamomlab, 1938—1947 yillarda O’zbekiston sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmgohi direktori bo’lib ishladi, u bir vaqtning o’zida O’zbekiston jumhuriyati sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi sanitariya-gigiena bo’limining boshlig’i vazifasida ishladi. 1939—1940 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot oliygohi qoshidagi kommunal gigiena kafedrasining mudiri vazifasida ishladi. O’zbekiston jumhuriyatida yashadi va o’z bilimi hamda faoliyatini kommunal gigiena fanining rivojlanishiga sarf qildi. P.K. Ageev 1940 yili «Ariq va yuza yer osti suv manbalarini sanitariya muhofaza mintaqalarini loyihalash metodikasi» degan temada kandidatlik va 1946 yili «O’zbekiston shaharlarini irrigaciya suvlari bilan ta’minlashning sanitariya va gigiena masalalari» to’g’risida doktorlik dissyertaciyalarini yoqladi. U o’zining ishlarida O’zbekistonda aholini toza suv bilan ta’minlash tadbir-choralarini ishlab chiqdi. P.K. Ageevning kommunal gigienaga bag’ishlangan 45 ta ilmiy maqolasi chop etildi. Bu borada u anchagina shogirdlar tayyorladi. Petr Dmitrievich Vinokurov, gigienist olim, 1885 yilda tug’ilgan. Tibbiyot fanlari doktori, professor. 1914 yili Saratov dorilfununining tibbiyot kulliyotini bitirgan. Sog’liqni saqlash xalq komissarlari tomonidan unga 11 tibbiyot fanlari doktori darajasi byerilgan, 1935—1938 yillarda O’zbekiston jumhuriyati Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli O’zbekiston sanitariya- gigiena ilmiy-tekshirish ilmgohining direktori va ilmiy ishlar bo’yicha boshliq lavozimida ishladi, bir vaqtning o’zida Toshkent Davlat tibbiyot oliygohida kommunal gigiena kafedrasi mudiri vazifasini o’tadi. Petr Dmitrievich to’rtta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorladi, qirqqa yaqin ilmiy maqola yozdi. U jumhuriyatda kommunal gigiena fanining taraqqiy etishiga o’z hissasini qo’shgan olim hisoblanadi. Uning ko’p ishlari suv va turar joy gigienasiga bag’ishlangan. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling