1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

HAMMOMLARNI LOYIHALASH 
Hammomlar qaysi tipda loyihalanmasin, agar soatiga 20 kishi 
yuvinishiga mo’ljallangan bo’lsa, albatta ikki bo’limdan iborat bo’ladi, bir 
bo’limi ayollar uchun, ikkinchi bo’limi erkaklar uchun mo’ljallanadi. 
Hammomlar loyihalanganda ularni vaziyat talab qilganda, ya’ni epidemik 
holatlarda odamlarni sanitariya tomonidan sog’lomlashtirishga xizmat 
qiladigan hammomlarga aylantirishni ko’zda tutish lozim. Jumladan: 
a) ikki yuvinadigan xona eshiklar bilan bir-biriga qo’shiladi; 
b) echinadigan bir xonani kiyintirish xonasiga aylantiriladi; 
v) bir eshikdan sanitariya ishlovi byeriladi - kishilar kirib, ikkinchi 
eshikdan yuvinib, tozalanib chiqib ketadilar: 
g) dezinfekciya kamyeralari tezlikda ishga tushiriladi. 
Kichik hammomlar bir bo’limli bo’lib, unda bir kun ayollar, ikkinchi 
kuni erkaklar yuvinishi mo’ljallanadi. 
Hammomlarda echinish xonalari 1 soat davomida cho’miladigan 
odamlar soniga mo’ljallab ajratiladi. YUvinish o’rni esa 1 soatda 
yuvinadigan odam miqdorining 70% iga mo’ljallab ajratiladi. Bunda 
yuvinib chiqqan kishilar kiyinadi, yuvinishga kiradigan kishilar esa 
echinadi, bular taxminan 30 foizni tashkil qiladi. 
Qurilish normalari va qoidalari bo’yicha yuvinuvchilar uchun 
hammomdagi joylar quyidagicha bo’linadi- % hisobida. 
Hammomning xonalari 
Joylarning soni va odamlar 
sig’imi %da 
Hammom yo’lagi va gardyerob
135 


393
Kutish xonasi 
Echinish xonasi
YUvinish xonasi
Bug’lanish (tyerlaga) xonasi 
35 
100 
70 
20 
Hammomga kiravyerishda kassa (haq to’lash joyi) va gazeta, papiros 
hamda boshqa mayda-chuyda sotiladigan do’konlar, hojatxona, 
sartaroshxona joylashtiriladi. 
Echinish xonasi - gigienik nuqtai nazardan qulay, nihoyatda ozoda 
bo’lishi kerak. Bu xonada yangi, yuvinish uchun kelgan odamlar bilan 
yuvinib chiqqan odamlar bir-birlariga duch keladi. SHuning uchun echinish 
xonasi maydoniga, uning toza tutilishiga, xonadagi asbob-anjomlarga 
yuqori gigienik talab qo’yiladi. 
Har bir kishi uchun alohida kiyim echiga shkafi bo’lishi va kiyimlarni 
ilish uchun kiyim osadigan moslamalar bo’lishi tavsiya qilinadi. Bosh 
kiyimlar uchun esa shkaf yuqorisida alohida jovon bo’lishi kerak. 
YUvinish xonasi - hammomnnng asosiy xonalaridan biri hisoblanadi. 
Bu xonalarning poli cementlangan va mag’zavalarni oqizib ketadigan 
chuqurchalar bo’ladi. Balandligi 1,8 metrgacha xona devoriga kafel’ 
yopishtirilgan bo’lishi kerak. Undan yuqori tomoni esa o’ziga suvni 
shimmaydigan bo’yoqlar bilan bo’yaladi. YUvinish uchun qo’yilgan yoki 
qurilgan kursi-o’tirgichlar silliq, tekis va mustahkam bo’lishi zarur. Ular 
maydalangan marmar, qum va cement qorishmasidan tayyorlanib, keyin 
maxsus uskunalar bilan tekislanadi. Goho yog’ochdan yasalgan kursilar 
ham ishlatiladi. 
Har 12 o’ringa issiq va sovuq suvli jo’mrak o’rnatiladi. YUvinish 
so’ngida har bir kishi dush qabul qilishi uchun 12 o’ringa bitta dush 
o’rnatiladi. 
Rus hammomlarida ko’pincha bug’xonalar bo’lib, unda odamlar 
tyerlashi uchun imkon tug’iladi. YUqori namlik va yuqori darajali issiqlik 


394
ta’sirida moddalar almashinuvi va tyerining nafas olishi yaxshilanadi. Tyeri 
ustidagi kirlarni, o’lgan hujayralarni tezroq ivib yuvilishiga yordam 
byeradi. Bularning hammasi inson organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Sanepidstanciya xodimlarining ruxsati bilan hammomlarda quruq issiq 
havoli - sauna (fin saunasi tipidagi) xonalarini qurish mumkin. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling