Население Республики Узбекистан 2001. Статистический сборник
Download 32.66 Kb.
|
2 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Qo’shimcha adabiyotlar.
- Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash - davlat siyosatining bosh yonalishi
Mavzu: Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar jarayoni (2-soat) REJA: 1. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash - davlat siyosatining bosh yo'nalishi. 2. Sog'liqni saqlash. 2. Millatlararo totuvlikni ta'minlash choralarining amalga oshirilishi. Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy himoya, tamoyil, nafaqa, kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo’qotganlar, QVP, shifoxonalar, reabilitatsiya markazlari, tez tibbiy yordam, madaniy markazlar, teng huquqlilik, millatlararo totuvlik. Asosiy adabiyotlar. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T., “O’zbekiston”, 2011. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T., 2000. Usmonov Q. O’zbekiston: mustaqillik odimlari. T., 1994. Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. (Milliy istiqlol davri). 3-kitob. –T., “Sharq”, 2011. O’zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob, Mistaqil O’bekiston tarixi. –T.: “Sharq”, 2000. Qo’shimcha adabiyotlar. Население Республики Узбекистан 2001. Статистический сборник. — Тошкент, 2002. Охрана здоровья в СССР. — М.: „Финансы и статистика", 1990. Социальное развитие и уровень жизни населения Узбекской ССР. — Т.: „Узбекистан", 1990. Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash - davlat siyosatining bosh yo'nalishi O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, jamiyatda bo-zor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta'minlash davlat siyosatining bosh yo'nalishi bo'lib qoldi. Binoba-rin, mamlakatda o'tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog'liqdir. O'zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o'tish dav-rida aholinMjtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko'rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o'ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo'ldi. Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsa-dida davlat yo'li bilan boshqarishning ko'pdan-ko'p usullari va us-lublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o'zgartirib turil-gan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to'lovlari tarzidagi bevosita pul to'lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi to'lovlarni joriy qilish usuli keng qo'llanildi. Aholining ijtimoiy himoyalanishiga muntazam e'tibor berar ekan, respublika hukumati islohotlarning birinchi bosqichidagi taj-riba asosida inson va oila hayotining barcha sohalarini yaxshi-lashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini shakllan-tirishga erishdi. Aytish mumkinki, Mustaqillik yillarida narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib bo-rishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustun yo'nalishlardan biri bo'lib keldi va hozir-gi kunda ham shunday bo'lib qolmoqda. Bu yo'nalish aholining barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning dastlabki davrida keng miqyosda qo'llanildi. Boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq, O'zbekistonda daromadlar nisbatini o'zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg'arma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o'zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko'rib chiqish yo'li bilan amal-ga oshirildi. 1995-yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga aj-ratildi. 1992-1998-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha bor oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995-yilda 1994-yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996-yilning 1-yarmida esa 1995-yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko'paydi. Nafaqaxo'rlarning ijtimoiy ahvolini e'tiborga olib, eng kam pensi-yaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo'lishi muttasil ta'minlanib kelindi. Bu yo'l ijtimoiy adolat tamo-yillariga to'la mos kelar edi. Masalan, 1998-yil 1-iyuldan ish haqining eng oz miqdori 1100 so'm bo'lgani holda, qarilik pensiyasining eng kam miqdori 2100 so'mni tashkil etadi, nogironlik pensiyasi esa bundan ham ortiqdir. O'tish davri qanchalik murakkab bo'lmasin, bu tizim respubli-kaning barcha aholisiga hayotiy muhim mahsulotlami iste'mol qilish va xizmatlardan bahramand bo'lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafo-latlami ta'minlab berdi. 1992-1996-yillarda non va go'sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o'simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman saqlab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo'lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko'pgina mamlakatla-rida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda O'zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ldi. Odamlarning islohotlami jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. Mamlakatda ichki bozomi, xalqimiz manfaatlarini faqat baquv-vat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat'iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o'zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hi-sobiga to'plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlan-gan bo'lishi kerak edi. Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining oxirlariga kelib (1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va erkin narxlarga o'tish imkoniyati tug'ildi. Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o'tishga muvaffaq bo'lindi. Buni O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining muhim natijasi, deb baholash mumkin. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta'min-langan qismini qo'Uab-quvatlash borasida ko'rilgan chora-tadbirlar, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi. «Biz, - degan edi I. Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o'quvchi yoshlar, shuningdek, qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish dav-latning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik». Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablaming muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ulaming mehnatini rag'batlantirish maqsadida ularga qo'shimcha moddiy ne'matlar - kvartira haqi va kommu-nal to'lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo'ldi. Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalash uchun qilina-digan sarf-xarajatlarning bir qismi oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning mas'uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko'proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko'p miqdori awaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996-yilga kelib eng kam ish haqining to'la stavkasi darajasida belgilab qo'yildi. 1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta'minlangan oilalar-ni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra 1994-yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam daromadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko'rilmagan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig'inlarida amalga oshiriladigan bo'ldi. Masalan, 1995-yilda 500 mingdan ortiq ehti-yojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 milliard so'm moddiy yordam berildi. 1996-yil 10-dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berili-shini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarishda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining roli va mas'uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo'llab-quwatlashni yanada kuchaytirish to'g'risida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Aholining kam ta'minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta'minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. 1997-yil-sentabr oyidan boshlab, har yili 1-sinf o'quvchilariga bepul o'quv anjemlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta'minlangan oilalarning boshlang'ich sinflarda o'qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo'lga qo'yildi. Kam ta'minlangan va ko'p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to'lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet vositalaridir. Kam ta'minlangan oilalarga 1998-yilda to'langan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. so'mni tash-kil qildi, 16 yoshgacha bo'lgan farzandli oilalarga to'langan nafaqalar - 15,6 mlrd. so'mni tashkil qildi. 1998-yilda 36% bolali oilalar nafaqa olishdi. O'rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so'mga to'g'ri keladi yoki (1996-yilga nisbatan) besh barobar o'sdi. 1998-yilda mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta'minlangani uchun moddiy yordam ko'rsatildi. Ko'rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisobla-ganda har oyda 1730 so'mdan ortiqni tashkil etadi. O'zbekistonda aholining ijtimoiy muhofazasi haqida gap ket-ganda keyingi yillarda bu borada amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Jumladan, mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qis-mini, shu jumladan yolg'iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy-muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e'tibor qa-ratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006-yil 7-sentabrdagi «2007-2010-yillarda yolg'iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimo-iy xizmat ko'rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida»gi qarori buning yana bir yorqin dalilidir. Bugungi kunda yurtimizda istiqomat qilayotgan faxriylar ora-sida 22 ming nafardan ziyod kishi urush qatnashchisi va nogironi, 256 ming nafardan ortiq front ortida mehnat qilgan nuroniy, 30 ming nafardan ziyod yolg'iz nogiron pensioner bor. Xususan, 2005-yil - Sihat-salomatlik yilida 1,9 ming nafar yolg'iz nuroniyning uy-joyi ta'mirdan chiqarildi, kam ta'minlangan oilalar va keksa fuqarolarga 5 milliard so'mlik moddiy yordam ko'rsatildi. Yakka-yolg'iz keksalar, pensioner va nogironlar, shu-ningdek, ko'p bolali oilalarga ko'rsatilgan ijtimoiy yordam hajmi shu kungacha 47 milliard so'mdan oshdi. «Nuroniy» jamg'armasi hisobidan 2005-yilda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 104 million so'm sarflangan bo'lsa, birgina 2006-yil davomida ushbu xayrli maqsadlarga yo'naltirilgan mablag' miqdori 112 million so'mni tashkil etdi. Faxriylarning da-volash maskanlariga, «Sahovat» va «Muruwat» uylariga 16 million so'mlik dori-darmon vositalari yetkazib berildi. Bu borada yana shuni aytish kerakki, davlatimizning iqtisodiy salohiyati osha borgani sari uning xalqparvarlik siyosati yanada ku-chayib bordi. 1995-yil 20-dekabrda qabul qilgan «Aholining omo-natlardagi va davlat sug'urtasi bo'yicha pul mablag'larini indeksatsi-ya qilish to'g'risida»gi Farmoni ana shunday insonparvar siyosatning yorqin dalili bo'ldi. Farmonga binoan 1992-yilning yanvariga qadar jamg'arma bankiga pul qo'ygan millionlab fuqarolaming mablag'lari qaytarib berildi. Farmon asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur Farmon va qaror vatanimizda yashayotgan bi-ronta keksa-yu yoshni befarq qoldirmadi. 2005-yilda yolg'iz keksalar va nogironlar, yordamga mxihtoj in-sonlar salomatligini asrash bo'yicha amalga oshirib kelayotgan ishlarimizni davom ettirganimiz bu masala biz uchun ustuvor ahamiyat-ga ega ekanini ko'rsatadi. Maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchilarni darsliklar va o'quv qurollari bilan bepul ta'minlash ishlari davom ettirildi. 521 ming nafar bolaga qariyb 15 milliard so'mlik darslik va o'quv qurollari sovg'a sifatida berildi. 2007-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quwatlash harajatlarining davlat budjeti xarajatlaridagi salmog'ini 2005 yildagi 50,4 foizdan 54,1 foizgacha yetkazish mo'ljallandi yoki budjetning asosiy qismi mazkur sohani moliyalashtirishga yo'naltirilmoqda. Kam ta'minlangan, yosh bolali oilalarga berila-digan ijtimoiy nafaqalar 2005-2007-yillarda 211 milliarddan 350 milliard so'mgacha yoki 1,7 martaga oshirish mo'ljallangani, davlat budjeti xarajatlaridagi salmog'ining 6,0 foizdan 7,0 foizgacha orta-yotganligi mazkur masalaga davlat siyosatida qanchalik ustuvorlik berilayotganligini bildiradi. Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e'lon qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash, uning turmush va farovonlik darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko'lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bo'ldi. Shu ma'noda, 2007-yil 19-martda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi-ni yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega. Mazkur hujjat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quwatlash va ular uchun munosib turmush sharoitini ta'minlashga qaratilgan islo-hotlarning mantiqiy davomidir. 2008-yilda O'zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag'laming umumiy hajmi barcha budjet xarajatlarining 55 foizini tashkil etadi, bevosita kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish uchun esa budjetning 9 foizga yaqin qismi (460 milliard so'm) sarflanadi. Bu ko'rsatkich ushbu maqsadlar uchun xarajatlar umumiy budjetining 2 foizdan 5 foiz-gachasini tashkil etadigan MDHning boshqa davlatlari va dunyoning ko'pchilik rivojlangan mamlakatlaridagiga qaraganda ancha yuqo-ridir. 2008 yilda hammasi bo'lib oilalarning 28 foizini ijtimoiy na-faqalar va moddiy yordam to'lovlari bilan ta'minlash nazarda tutilmoqda. 2007-yildan boshlab nogironlarga uyda xiz-mat ko'rsatuvchi ijtimoiy xodimlar va pedagoglarga jamoat trans-portida yo'l haqi xarajatlari uchun har oyda 12420 so'mdan 18630 so'mgacha kompensatsiya to'lash joriy qilinadi. Bu maqsadlar uchun 2007-yilda budjetdan qo'shimcha 2 milliard so'mdan ziyod mablag' ajratildi. Xullas, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining amal-ga oshirilishi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchay-tirishni ta'minlaydi, qo'shimcha ijtimoiy himoya choralariga muh-toj kam ta'minlangan oilalar va fuqarolarning farovonligini oshirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi hamda «Ijtimoiy himoya yili» Dav-lat dasturi chora-tadbirlarini to'liq amalga oshirishda muhim omil bo'ladir. Download 32.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling