Население Республики Узбекистан 2001. Статистический сборник


Download 32.66 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi32.66 Kb.
#1048582
TuriСборник
1   2   3
Bog'liq
2 мавзу

Sog'liqni saqlash

1992-yilning mart oyida Sog'liqni saqlash vazirligining hay'at yig'ilishida respublikada Sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari tasdiqlandi. 1996-1998-yillarga mo'ljallangan majmuaviy dastur, 1999-yil 14-yanvar kuni «O'zbekiston Res­publikasi sog'liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to'g'risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.


Mustaqillik yillarida «OITS bilan kasallanishning oldini olish to'g'risida» (14.06.91-y.), «Davlat sanitariya nazorati to'g'ri­sida» (03.07.92-y.), «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida» (29.08.96-y.), «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida» (25.04.97-y.), «Odamning immunitet tanqisligi virusi to'g'risida»gi (19.08.99-y.) O'zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi.
1991-yilga kelib O'zbekistonda kasalxona muassasalari soni 1370 ta edi. Kasalxonalardagi o'rinlar soni 256,6 mingga, vrachlar soni 71,1 mingga yetgan edi. Sovetlar tuzumi davrida sog'liqni saq­lash tizimi kengaygan bo'lsa-da, lekin yerga turli xil kuchli ximikat-lar solinishi, paxta yakka hokimligi va boshqa ijtimoiy oqibatlar na-tijasida aholi orasida kasalliklar ko'payib ketgan edi. O'zbekistonda har yili 8 millionga yaqin kishi xastaligi tufayli tibbiy muassasalarga murojaat etib, shulardan 240 ming kishi yuqumli kasalliklar (shular-ning 120 minggi gepatit) bilan og'rib rurdi, ayni vaqtda ularning 70 foizi bolalar edi. Go'daklar orasida o'lim hollari bir qadar kamaygan bo'lsa ham, lekin ularning soni yangi tug'ilgan har 1000 bola hiso­bidan olganda 35,5 nafarga to'g'ri keldi. Har yili o'rta hisobda 24 ming bola bir yoshga yetmay o'lib ketardi. Onalar o'rtasidagi o'lim ham ancha yuqori edi, ya'ni tirik bola tuqqan 100 ming ayol hisobi­dan olganda 65,3 taga to'g'ri keladigan bo'ldi. Odamlaming o'rtacha umri jahonning rivojlangan mamlakatlari - Yaponiya, Shvetsiya, Bu-yuk Britaniya va boshqalarga qiyosan olganda 8-10-yil kam bo'lib chiqdi.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng aholining salo-matligini muhofaza qilish muammolari qaytadan ko'rila boshlandi. Bunda taraqqiyotning ekstensiv yo'lidan voz kechib, intensiv yo'lga o'tish, ayni vaqtda sohaga mo'ljallanadigan mablag'ni respublika aholisining har bir jon boshi hisobidan ajratish; sog'liqni saqlash ishining asosiy taomili - profilaktik yo'nalishni tiklash; onalar va bolalar muhofazasini kuchaytirish; tibbiy ta'lim tizimi va kadrlar siyosatini isloh qilish; mamlakatda yetarli dori-darmon va tibbiyot ashyolari hamda texnik vositalari ishlab chiqaradigan sanoatni vu-judga keltirish; sog'liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash; davolash-profilaktika muassasalari­ni davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini o'zgartirish va sug'urta tabobatiga o'tish asosiy vazifa qilib qo'yildi. Sog'liqni saq­lash ehtiyojlari uchun 1994-yili milliy daromadning 4,1% miqdorida
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ayollar umrining davo-miyligi 72 dan 73 yoshgacha uzaydi. Shu davrning o'zida Rossi-ya, Qozog'iston va Qirg'izistonda ayollar umrining davomiyligi 1-3 yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada ayollar umrining davo­miyligi shu davr ichida oshdi, lekin tegishli ravishda 71 va 66 yosh darajasida saqlanib turibdi. Xuddi shunday vaziyat erkaklarda ham kuzatilmoqda, O'zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990-yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68 yoshgacha ko'tarildi, ayni paytda Rossiya va Qozog'istonda erkaklar umrining davomiyligi 2-4 yosh­ga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada erkaklar umrining davomiyligi uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi.
Respublikada onalar va bolalar sog'lig'ini muhofaza qilishga katta ahamiyat berildi. «Bolalikdan nogironlar tug'ilishining oldini olish uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayol-larda tug'ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo'yicha «Ona va bola skriningi» Davlat tizimini tashkil etish to'g'risida» (01.04.98-y.) Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilingan-ligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo'shdi. Ayollarni o'z vaqti-da tibbiy ko'rikdan o'tkazish va sog'lomlashtirish natijasida bolalar o'limblQOO ta tug'ilgan bolaga nisbatan 1991-yilda 51,4 dan 1999-yilda 20f2 ga kamaydi. Onalar o'limi 100 ming tirik tug'ilgan bolaga nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi.
2002-2006-yillarda mamlakatning barcha viloyatlarida eng za­monaviy uskunalar bilan jihozlangan shoshilinch tibbiy yordam mar-kazlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Respublikada tibbiyot xodimlarini tayyorlashda yangi dastur qa-bul qilingan, bu bo'yicha 2380 ta umumiy (oilaviy) amaliyot vrach-lari tayyorlanmoqda. 1999-yilda 4 ta hamshiralarni o'qitish kollejlari tashkil qilindi.
Musjaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan ilg'or jahon taj-ribalarini hayotga tatbiq qilish bilan bir qatorda dunyo tabobat ilmi-ning rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan ulug' bobokalonlarimiz merosini o'rganish borasida ham bir qator ishlar qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Ibn Sino xalqaro jamg'armasi tashkil etilganligi ham ushbu sohaning rivojlanishiga davlat miqyosida katta e'tibor berila-yotganini ko'rsatadi.
Qishloq vrachlik punktlarini (QVP) tashkil qilish va ularni za­monaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash ham bugungi muhim yo'nalishlardan biridir. Ayni vaqtda respublikamizda 3000 dan ortiq QVP faoliyat ko'rsatmoqda. Ilgari oddiy bir kasallik uchun ham tu-man markaziga borishga to'g'ri kelardi. Endi esa QVPlardagi faoli­yat uncha-muncha tibbiy muassasalarda olib borilayotgan xizmatdan qolishmaydi. Shuning uchun ham ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun budjet mablag'lari bilan bir qatorda Jahon ban-kining imtiyozli kreditlari ham jalb etilyapti.
Ayni paytda Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga Res­publika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallarini zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining kre­diti hisobiga onkologiya muassasalarini zamonaviy radiologiya uskunalari bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda.
Respublikamizda ishlab chiqariladigan va hududimizga bojxona maskanlari orqali olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy mahsulot­larni sertifikatlashtirish idoralari tomonidan to'liq rasmiylashtirilga-nidan so'ng respublika hududiga olib kirilishiga hamda ochiq savdo-ga chiqarishga ruxsat beriladi.
Sog'liqni saqlash tizimida bo'lajak onalar salomatligini mun-tazam nazorat qilib boradigan, sog'lom bolalar tug'ilishiga xizmat qiladigan keng tarmoqli skrining markazlarining o'rni va ahami-yati qanchalik katta ekani haqida, o'ylaymanki, ortiqcha gapirib o'tirishga hojat yo'q.
Agar 1991-yilda onalar o'limi bilan bog'liq ko'rsatkich har 100 ming nafar ayolga nisbatan 65 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda bu raqam 24 taga tushdi, go'daklar o'limi esa ilgari 1000 na­far chaqaloqqa 35 tadan to'g'ri kelgan bo'lsa, hozirgi kunda 14 taga tushdi.
Shunisi e'tiborliki, bugun O'zbekistonda chechak va ichterlama, kuydirgi, o'lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi.
O'tgan davr mobaynida yurtimizda aholining o'rtacha umr ko'rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bormoqda. Bu boradagi umumiy ko'rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo'lsa, 2008-yilda 72,5 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar o'rtasidagi o'rtacha umr ko'rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o'rtasida esa 70 yoshdan 74,6 yoshga uzayganini odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o'rinli bo'ladi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida ijtimoiy himoya siyosati dav-lat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib qoldi.



Download 32.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling