Andijon davlat chet tillari instituti
Download 25.78 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOTI Amaliyot boshida Ingiliz filalogiyasi, o’qitish meto’dikasi va tarjimashunoslik
- ____________________________
Andijon davlat chet tillari instituti Ingiliz filalogiyasi, o’qitish meto’dikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingiliz tili va adabiyot yo’nalishi _____-bosqich _____-guruh talabasi _______________________ __________________________ning Andijon viloyati Baliqchi tumani joylashgan ____umumta’lim maktabidagi malakaviy amaliyot bo’yicha HISOBOTI Amaliyot boshida Ingiliz filalogiyasi, o’qitish meto’dikasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-kurs talabalari O`quv-tanishuv amaliyotiga chiqishi munosabati bilan amaliyotchi-talabalar va kafedra mudiri ________________________ ishtirokida o`quv – uslubiy anjumani tashkil etildi. Ushbu anjumanda amaliyot o`tash qoidalari, undan ko`zlangan maqsad va amaliyot davomida bajarilishi kerak bo`lgan vazifalar haqida keng va to`liq ma`lumotlar berildi. So`ngra biz amaliyot rahbarimiz bilan birgalikda amaliyot o`tashimiz uchun biriktirilgan ta`lim muassasasiga bordik. Bu yerda biz ,avvalo, muassasa tuzilishi, joylashuvi, sharoitlari bilan tanishib chiqdik. Biz biriktirilgan ____maktab direktori _______________________________-- ekan. Ular bizni maktab bilan yaqindan tanishtirdi. Ushbu maktab barcha zamonaviy ta`lim-tarbiya talablariga javob berar ekan. Shu bilan birga zamonaviy komputerlar bilan jihozlangan. Shundan so`ng biz guruhimizga biriktirilgan amaliyot rahbari ____________________ bilan birgalikda amaliyot o`tashimiz uchun mo`ljallangan ta`lim muassasiga bordik. Bu yerda bizni maktabning direktori _______________________shaxsan o`zi kutib olib suhbat o`tkazdi. Bizni maktabning ichki tartib qoidalari bilan to`la tanishitirdi. Bizga amaliyot davrida o`zimizni qanday tutishimiz kerakligi va har doim maktab o`quvchilariga o`z xulqimiz va kiyinish odobimiz orqali yaxshi namuna bo`lishimiz kerakligi tushuntirildi. Maktab direktori bizga amaliyot davri davomida biz uchun kerakli bo`lgan barcha sharoitlarni yaratib berishini va har qanday muammo yuzasidan ularga murojaat qilishimiz mumkinligini aytdi. So`ngra maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari bizni maktabning o`qituvchi xodimlari bilan birma bir tanishtirdi. O`qituvchilar ham maktabning boshqa xodimlari ham bizni iliqlik bilan kutib olishdi va amaliyot davri mobaynida bizga qo`llaridan kelgancha yordam berishlarini va barcha bizni qiziqtirgan savollarga iloji boricha javob topib berishlarini aytishdi. Avvalo men maktabning joylashuvi, tuzilishi va uning sinf xonalarini o`rganishdan boshladim. Maktab o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ____________________________ opa bizni maktabning boshlang`ich sinflari bilan tanishtirdi. Biz amaliyot o`tashimiz uchun biriktirilgan ____umuta`lim maktabi Andijon shahri Boburshox ko’chasida joylashgan bo`lib, 600ta o`quvchi tahsil oladi. 40 nafar o`qituvchi hodimlar faoliyat olib boradi. Maktab o`quvchilar ikki smenaga taqsimlangan holatda tahsil oladi. Birinchi smena uchun darslar ertalab soat 8:00dan boshlanib 12:55 gacha davom etadi. Ikkinchi smena esa soat 13:00 dan 18:00 gacha davom etadi. Maktabda uzoq yillik tajribaga ega bo`lgan malakali o`qituvchilar faoliyat olib borar ekan. Bu o`quvchilaring hozirjavobligidan yaqqol sezilib turibdi. Maktabda amaliyotchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har kuni ertalab maktabga kelganimizda bizni maktabning direktori faollar zalida kutib olib kunlik rejamiz bilan tanishib chiqib ana shu rejada belgilangan ishlarni to`laqonli bajarishimizga imkoniyatlar yaratib berdi. Maktab sinfxonalari ham keng, yorug` va ozoda, sinf devorlari esa turli xil ko`rgazmali qurollar, stendlar bilan to`ldirilgan ekan. Har bir xonada stollar va partalar o`quvchilar soniga mos ravishda hamda ularning ta`lim olishlari uchun qulay holatda joylashtirilgan, har bir sinfxona o`zining doskasiga ega. Maktabda jihozlar bilan bog`liq hech qanday muammolar yo`q ekan. Bitta Kimyo, bitta Fizika xonasi turli xil labaratoriya ishlari va tajribalar o`tkazish uchun maxsus jihozlar bilan ta`minlangan. Maktab bo`ylab ekskursiyani tugatganimizdan so`ng biz maktabning boshlang`ich sinflari bilan tanishib chiqdik maktabda 8 ta boshlang`ich sinflari bo`lib har birida tadan o`quvchilar tahsil oladi. Har bir boshlang`ich sinf o`qituvchilari yetarli malakaga ega. Ular har bir darsni o`ziga hos metodika asosida innovatsion g`oyalardan foydalangan holda o`tkizishar ekan. So`ngra men boshlang`ich o`qituvchilarining ta`lim va tarbiyaviy o`quv mashg`ulot turlari bilan tanishdim va ularni o`rgandim. Qanday qilib darsni boshlash, bolalardan o`tgan darsda berilgan vazifalarni so`rash ularga qanday qilib yangi dars mavzusini tushuntirib berish usullari bilan tanishdik. O`qituvchi dars davomida bolalarga ta`lim bilan birgalikda, tarbiya ham berib borar ekan. Chunki ta`lim va tarbiyani bir – biridan ajratib bo`lmaydi. O`qituvchining aytishicha boshlang`ich sinf bolalariga ta`lim va tarbiya berishda o`ta ehtiyotkor bo`lish kearak ekan. Ularning ruhiyati psixologiaysi juda ham nozik bo`lar ekan va haddan tashqari maqtab yuborish yoki salgina bo`lsa ham og`irroq jazolash bolalarning xulqiga yomon ta`sir qilar ekan. Keyingi kungi o`quv rejamizda boshlang`ich sinflarida chet tili darslarida qo`llanilayotgan pedogogik texnologiyalar va o`qitish metodlarini o`rganish, ko`rgazmali qurollar va o`qitish vosiatalari bilan tanishish hamda ularni o`qituvchilar tomonidan dars mashg`ulotlarida qo`llanilishiga e`tiborimizni qaratish belgilab qo`yilgan. Shu sababli men boshlang`ich sinflarida chet tili, ya`ni ingliz va rus tili fanidan dars beruvchi o`qituvchilarning ishi bilan tanishib chiqdim. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassiss bo’libyetishishimda kata yordam beradi. Download 25.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling