1-mavzu: jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji
Download 59.12 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi Oʻzbekiston”
- “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans”
- “Adolat – davlatning asosi va rahbarlar shioridir”
- , “Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik boʻlishi kerak”
- “xalq xohish-irodasini ifoda etadigan organ”
1-MAVZU: JAMIYATNI SIYOSIY, IQTISODIY VA IJTIMOIY SOHADAGI RIVOJI Reja: 1.1. Milliy tiklanish davri jamiyat siyosiy sohada rivoji. 1.2. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji va fuqarolik jamiyati. 1.1. Milliy tiklanish davri jamiyat siyosiy sohada rivoji Jonajon Oʻzbekistonimiz kelajakka dadil qadam qoʻymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizga yangi-yangi oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻyicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Avvalo shuni aytish kerakki, oʻz yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga qoʻygan har qanday xalq, har qanday millat ogʻir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtadi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan oʻzbek xalqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi. Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladi. Oʻzbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmogʻi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom maʼnodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi. Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – soʻm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, oʻzligimiz tiklandi. Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yoʻlimiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli boʻlmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qatʼiyatimiz baʼzan yetsa, baʼzida yetmagan holatlar ham boʻldi. Shu bois mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga koʻtarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish obyektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi. Shu maʼnoda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi zamirida ana shunday ulugʻ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uygʻonish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam etgan. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʻonish jarayonlari milliy oʻzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uygʻonish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. Maʼlumki, bugungi Oʻzbekiston zamini qadimda ikki buyuk uygʻonish davriga – Birinchi (maʼrifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik boʻlgan. Bu – jahon ilm-fanida oʻz isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim uygʻonish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʻzlari hayotimizda oʻzaro uygʻun va hamohang boʻlib yangramoqda, xalqimizni ulugʻ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Taʼkidlash kerakki, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob beradigan obyektiv zaruratdir. Yangi Oʻzbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umumeʼtirof etilgan norma va prinsiplarga qatʼiy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan doʻstona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat boʻlgan davlatdir. Biz – Oʻzbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan oʻzgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham koʻproq his etmoqdamiz. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “soʻz erkinligi”, “din va eʼtiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy koʻnikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani eʼtiborlidir. Eng asosiysi, “Harakatda – barakat” deganlaridek, biz eng qiyin bosqichdan oʻtdik, yaʼni, yoʻlimizni aniq belgilab, katta ishlarni boshladik. Endi hamma gap islohotlar yoʻlini qatʼiyat bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga yetkazishda. Bu albatta oson emas, ammo biz bunga qodirmiz. Muhimi, keyingi yillarda bunday ulkan va murakkab vazifani amalga oshirish uchun yetarli siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-institutsional zamin yaratildi. Buyuk Amir Temur bobomizning Shahrisabzdagi Oqsaroy qarorgohi peshtoqiga bitilgan “Adolat – davlatning asosi va rahbarlar shioridir” degan hikmatli soʻzlarida juda chuqur maʼno bor. Maʼlumki, ajdodlarimiz azaldan “Zulm qilma, insofli boʻl, xalq uchun adolat qoʻrgʻonini bunyod et”, deb yosh avlodga yoʻl-yoʻriq koʻrsatganlar. Biz ham sud-huquq tizimini isloh etishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan, “Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik boʻlishi kerak” degan gʻoyani ilgari surdik va amalga oshirishni boshladik, deb taʼkidlaydi davlatimiz rahbari. Shu oʻrinda mamlakatimizda davlat va hokimiyat idoralari uzoq vaqt davomida xalq hayotidan uzilib qolganini qayd etish lozim. Siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan davlatga “xalq xohish-irodasini ifoda etadigan organ” deb taʼrif beriladi. Davlatni kim shakllantiradi? Xalq va uning muxtor vakillari. Binobarin, davlat va uning organlari avvalo kimga xizmat qilishi kerak? Albatta, xalqqa, turli mansab egalariga ovoz bergan va ishonch bildirgan fuqarolarga. Shu maʼnoda, xalqimiz davlat xizmatidan rozi boʻlishga har tomonlama haqli va munosibdir. Ana shunday tamoyillar asosiga qurilgan davlat hokimiyatigina tom maʼnoda xalqchil, demokratik hokimiyat hisoblanadi. Bunday davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy ildizlari mustahkam va baquvvat boʻladi. Shu sababdan biz xalqimizning ogʻirini yengil qilish, uning muammolarini vaqtida va samarali yechish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini yaxshilash barcha islohotlarning bosh maqsadi etib belgilanadi. Dunyoda suveren deb eʼtirof etilgan har bir mamlakat oʻzining Konstitutsiyasi, davlat ramzlari — gerbi, bayrogʻi, madhiyasiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq oʻzining davlat ramzlarini yaratishga alohida eʼtibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Oliy Kengash Qoʻmitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda oʻzbek xalqining tarixi, maʼnaviy qadriyatlari, mustaqil davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi. Jahon tajribasi koʻrsatadiki, mustaqil demokratik huquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qoʻlga kiritilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qoʻydi. Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari, jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy totuvlikni taʼminlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qilishga ehtiyoj tugʻdirdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. Konstitutsiyaviy komissiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi oʻrganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qoʻlga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Тemur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi gʻoyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli boʻldi. Birinchi Prezident I. A. Karimov Oʻzbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va oʻzining katta hissasini qoʻshdi. Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda boʻlgan XI sessiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. „Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, — degan edi Birinchi Prezident I. A. Karimov sessiyada soʻzlagan nutqida, — yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Тashkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha eʼtirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Тurkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi“. (I. A. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin oʻzgartirish, qoʻshimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasiga muvofiq davlat ramzlari davlat bayrogʻi, gerbi va madhiyasi belgilab qoʻyilgan. Download 59.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling