1-mavzu: jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji


Download 59.12 Kb.
bet2/6
Sana18.09.2023
Hajmi59.12 Kb.
#1680551
1   2   3   4   5   6
Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Oʻzbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi. Birinchi Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, ozod Oʻzbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat gerbi, Davlat bayrogʻi, Davlat madhiyasi azizdir. Ular maʼnaviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois, bayrogʻimiz yoki gerbimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhan joʻshqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda gʻurur va buyuk istiqbolga ishonch tuygʻusini his etamiz.
Oʻzida juda katta maʼno-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, oʻzida butun Oʻzbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni, ajdodlar yodi hamda millat gʻururini mujassam etgan bayrogʻimiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi — bayroqning butun uzunligi boʻylab oʻtgan toʻq moviy rang, oq rang va toʻq yashil rangli uchta endan tarkib topgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻrtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar oʻtkazilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida oʻn ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning oʻrtasidan 70x30 santimetrga teng toʻgʻri toʻrtburchakka sigʻadigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda doʻng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan boʻlib, diametri 30 santimetrli doiraga sigʻadi. Oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sigʻadi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, oʻrta qatorda toʻrtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida koʻtarilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonunni 5-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda soat 6 da koʻtariladi va soat 22 da tushirib qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari koʻtarilganda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil oʻlchamga ega boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul boʻlgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi boʻlgan dastada, yo boʻlmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan koʻpi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda koʻtariladi. Koʻtarib qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda boʻlishi kerak.
Bugun milliy bayrogʻimiz davlat idora va muassasalari, oʻquv yurtlari, Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz aʼzolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrogʻimiz Vatanimizning shaʼni, xalqimizning gʻururini yorqin aks ettirmoqda. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida gʻalaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrogʻi baland koʻtarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizdan gʻururlanamiz. Xulosa oʻrnida aytish lozimki, davlatimiz bayrogʻi tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimiz timsolidir.
Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiqdir.

Download 59.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling