1-mavzu: jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji


Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar


Download 59.12 Kb.
bet5/6
Sana18.09.2023
Hajmi59.12 Kb.
#1680551
1   2   3   4   5   6
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar
• 1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
• 2. Oʻzbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasi.
• 3. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi.
• 4. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi.
• 5. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi. 
Ijro etuvchi hokimiyat (Vazirlar Mahkamasi).  Ijroiya hokimiyat – davlat hokimiyatining asosiy tarmoqlaridan biri.
Oʻzbekistonda davlat hokimiyatining tamoyili mavjud sharoitlarning oʻziga xosligini inobatga olish, jahondagi rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasidan ijodiy foydalanish asosida amalga oshirilmoqda. Shunga koʻra, ijroiya hokimiyat davlat hokimiyati tizimining bir tarmogʻi hisoblanadi.
Qonunlar roʻyobga chiqarilishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash ijro etuvchi organlarning asosiy vazifasidir. Hokimiyatlar boʻlinishi prinsipiga muvofiq, ikkinchi ijro etuvchi hokimiyat, yaʼni mamlakat hukumati Vazirlar Mahkamasiga yuklatiladi. Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.
1-MAVZU: JAMIYATNI SIYOSIY, IQTISODIY VA IJTIMOIY SOHADAGI RIVOJI
Reja: 
1.1. Milliy tiklanish davri jamiyat siyosiy sohada rivoji.
1.2. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji va fuqarolik jamiyati.


1.2. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivoji va fuqarolik jamiyati
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat tuzilmalari oʻzaro hamkorlikda harakat qilishining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishga, davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonunlarni, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning juda muhim dasturlarini soʻzsiz ijro etish boʻyicha faoliyati ustidan fuqarolik institutlari nazorati, jamoatchilik nazorati tizimini yaratishga qaratildi
"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari togʻrisida"gi hamda "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘‘risida"gi qonunlarni takomillashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksini yangi tahrirda qabul qilishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarida fuqarolarning ijtimoiy faolligini taʼminlashda mahallaning rolini yanada oshirish koʻzda tutildi.
Demokratiya, huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati parallel holda taraqqiy topadigan hamda bir-birini taqozo qiladigan jarayondir. Insonning aksariyat huquq va erkinliklari aynan fuqarolik jamiyati doirasida mujassamlashadi. Mana shuning uchun ham demokratik taraqqiyotdagi mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari qonun doirasida qoʻllab-quvvatlanadi va himoya qilinadi. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda. Fuqarolarning salohiyatini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda. Jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashga koʻmaklashish bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etmoqda.
Ijtimoiy organizmning barcha jabhalarida huquqiy savodxonlikni oʻstirish, huquqiy davlatning asosiy xususiyatlarini tezlashtirish va qonuniylikni taʼminlash fuqarolik jamiyatiga oid barcha tuzilmalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyati demokratik siyosiy tizim shakllanishining eng muhim sharti, aholi ijtimoiy faolligining davlat organlari faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli shakllarini oʻz ichiga olgan majmua. U jamiyat tuzilishining haqiqiy holati yoki darajasini namoyon etadi. Fuqarolik jamiyati kategoriyasi jamiyatning tuzilishi va oʻzini oʻzi boshqarish nuqtai nazaridan sifat jihatidan yangi holatni ifodalaydi, davlat va shaxs manfaatlarining muqobilligini namoyon etadi. Bunda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida namoyon boʻladi. Davlat tuzilmalaridan farqli oʻlaroq fuqarolik jamiyatida vertikal (boʻysunish) emas, balki huquqiy jihatdan erkin va teng huquqli hamkorlar oʻrtasida gorizontal aloqalar va raqobat munosabati amal qiladi. Fuqarolik jamiyati – bu qonuniyatli bosqich, shaxslar oʻzini oʻzi namoyon etishining oliy shaklidir. Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat tashkilotlar dastlab jamiyatning oʻzini oʻzi boshqarish va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini taʼminlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo boʻlib, davlat bilan alohida fuqarolar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etib, demokratiyaning quyidan rivojlanishini taʼminlaydi[1]. Ular jamiyat ishlarini boshqarish borasida davlat faoliyatini toʻldiradi, chunki, fuqarolik jamiyati institutlari oʻz koʻlami, ommaviyligi va moslashuvchanligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashi hamda davlat idoralarining imkoniyatlari cheklangan oʻrinlarda, ayniqsa, mahalliy darajada taʼsirchan harakat qilishi mumkin[2].
Konsepsiyada amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, ularning oshkoraligi va samaradorligini taʼminlash, davlat hamda jamiyat qurilishida turli siyosiy va ijtimoiy harakatlar, nodavlat tuzilmalarining faol, eng muhimi, amaliy faoliyati uchun keng huquqiy makon vujudga keltirildi. Birinchi Prezidentimiz ilgari surgan qator muhim qonunchilik tashabbuslari asosida qonunlar majmui, xususan, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida” hamda “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarda ijtimoiy sheriklikning u yoki bu jihatlariga oid muayyan qoidalar uchrasa-da, Oʻzbekiston Respublikasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarning aniq chegaralarini aks ettirgan, mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiladigan yagona qonun qabul qilish zarurati mavjud edi. Bu, ayniqsa, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati jadallik bilan yuksalib borayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ilgari surilgan takliflar asosida 2014-yil 25 -sentabrda “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida“gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2015-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonunda ijtimoiy sheriklikning tashkiliy, huquqiy, institutsional, moliyaviy jihatlari oʻz ifodasini topgan. U orqali davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishga erishiladi.
Muxtasar aytganda, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taʼminlashga koʻmaklashish bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etmoqda.
Hozirgi vaqtda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida bir qator qonunlar ishlab chiqildi, ayrimlari qabul qilindi. “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish, davlat vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich oʻtkazish, yaʼni kuchli davlatdan kuchli jamiyatga oʻtish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning asosiy negizini tashkil etuvchi mahalla instituti fuqarolik jamiyati institutlarining eng muhim boʻgʻini sifatida muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.
Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasida iqtisodiyotda demokratik bozor islohotlarini va liberallashtirishni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator normativ-huquqiyhujjatlar, shu jumladan, "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari toʻgʻrisida"gi, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi (yangi tahriri), "Raqobat toʻgʻrisida"gi va boshqa qonunlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish nazarda tutilgan edi. Bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilishga, qonun asoslarini shakllantirish vositasida xususiy banklar hamda xususiy mulkka asoslangan lizing, sugʻurta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliya tashkilotlari kabi moliya institutlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish rejalashtirilib, erkin bozor iqtisodiyoti yoʻlida yanada ilgarilashga koʻmaklashadigan "Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi toʻgʻrisida"gi, "Garov reestri toʻgʻrisida"gi, "Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida"gi, "Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida"gi, "Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish toʻgʻrisida"gi qonunlarni hamda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan bozor oʻzgarishlarining mantiqi va surʼatlari taqozo etayotgan boshqa yangi qonunlar qabul qilish masalalarni amalga oshirishni nazarda tutgan edi.
Umuman olganda, Konsepsiyada taklif etilgan davlat hokimiyatini tashkil etish, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh etish mustaqillikka erishilgan kundan boshlab Oʻzbekistonda amalga oshirib kelinayotgan demokratik oʻzgarishlarning va milliy davlatni barpo etish negizidagi juda muhim, bazaviy prinsip — bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish prinsipining mantiqiy davomi boʻʼib mazkur prinsip Konsepsiyada bayon etilgan islohotlarning barcha yoʻnalishlarini qamrab olishga qaratilgan.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va oʻrta muddatli istiqbollarini belgilab olish maqsadida Prezident tomonidan 2021 – yil 4-mart kuni “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6181-sonli farmoni qabul qilindi. Farmon bilan 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini taʼminlashdir.

Download 59.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling