Qug`irchoq Lolani uxlatamiz


Download 14.09 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi14.09 Kb.
#1443041
Bog'liq
zumradoylar


Mavzu: “Qug`irchoq Lolani uxlatamiz”
Dastur mazmuni: Qo`g`irchokni uxlatish orqali bolalarni uyqudan oldin yuvinish, toza choyshab, ko`rpa - tushakda, yengil kiyimda shamollatilgan xonada uxlashga odatlantirish. Bolalarda voqeaband o`yinlar orqali shaxsiy gigiyena qoidalarini rioya qilish ko`nikmalarini shakllantirish.
Ta`limiy maqsad: Bolalarni qo`g`irchoq Lolaxon bilan tanishtirishda davom etish. Qo`g`irchoqni uxlatish uchun foydalangan jihozlar bilan tanishtirish (karovat, ko`rpa to`shak, yostiq, choyshab)
Tarbiyaviy maqsad: Qo`g`irchoqlarni toza ozoda saqlash, oyoq osti qilmaslik, sindirmaslik kerak ekanligini tarbiyalab borish. Qo`g`irchoqni uxlatish uchun toza choyshablardan foydalanish kerakligi, kiyimlarini tartib bilan joylab qo`yish ko`nikmalarini oshirib borish
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarni lug`at boyligini oshirish, so`zlarni to`g`ri talaffuz qolishga o`rgatish, yirik va mayda matorikasini rivojlantirish
Kerakli jihozlar: Qo`g`irchoq va uning kiyim boshlari, karovat, choyshab, ko`rpa-to`shak, yostiq
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi bolalarni stol oldiga taklif qiladi, stol ustiga qo`g`irchoq uchun mo`ljallangan karavot, to`shak, ko`rpa, yostiq, choyshab va kiyimlarni qo`yish uchun stul qo`yadi- Bolalar! Qo`g`irchoq Lola keldi. Boshqa xonadan qo`g`irchoq Lolani olib chiqadi va unga murojaat qiladi.»Lola sen qayerda eding» O`ynab yurgan edingmi?. Qo`g`irchok- «O`ynab yurgan edim». «Sen uzoq o`ynadingmi?». «Uzoq o`ynadim, juda charchadim». «Sen uxlashni istaysanmi?.». «Ha , men uxlashni istayman».Tarbiyachi: «Bolalar Lola uxlashni istayapti Lolaning tuflisini, shapkachasini, bantigini, ko`ylagini yechib stul ustiga tartib bilan joylashtiramiz.( stulchani karavat oldiga qo` yadi)Tarbiyachi bolalarga qarab: E`zoza, bu nima? «Bu tufli», « Tuflini yechamiz va joyiga joylashgiramiz». Shohanam, “bu nima?». « Bu shapka». «Shapkani yechib stul ustiga joylashtiramiz». Farangiz yana nimalarni yechishimiz lozim?».»Bantigini yechishimiz lozim». «Azizabonu - bu nima?». «Bu ko`ylak». «Ko`ylakni ham yechishimiz lozim». Xammasini yechgandan so`ng Lolani uxlashga yotqizamiz, Lola uxlab qolishi uchun alla aytamiz».
Alla, bolam, allayo.
Ko`rar ko`zim, allayo,.
Suyar so`zim, allayo.
Shirin jonim , allayo.
Issik nonim, allayo.
Alla bolam, allayo, alla.
Shiringinam, allayo, alla.
Tarbiyaci Bolaonlar ana qo`g`irchoq Lolaxonimiz ham uhlab qoldi. Bolalarni bilimini mustahkamlash uchun avol javblar o`tkazadi.
Bolalar bugun biz sizlar bilan nimalar qildik? (bolalar javobi) ,Qo`g`irchoqni qanday kiyimlari bor ekan? (bolalar javobi), Lolaxonni kiyimlarini qayrga ildik? (Bolalar javobi), Qo`g`irchoq Lolaxonga nima aytib berdik? (bolalar javobi)
Bolalarni rag`batlantirish: Barakalla bolajonlar bugun barchangiz juda faol qatnashdingiz.
Download 14.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling