Mavzu: "kiyinish madaniyati."
Download 486.69 Kb.
|
Kiyinish madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot turi
Sana: 24.10.2019 Tarbiyaviy yo’nalish: Estetik tarbiya. MAVZU: “KIYINISH MADANIYATI.” Maqsad: a) ta’limiy: o’quvchilarga orasta kiyinish haqida tushuncha berish. B) tarbiyaviy:o’quvchilarni ozoda va orasta kiyinishga, kiyimlarini toza saqlashga o’rgatish. D) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning psixofizik nuqsonlarini bartaraf etish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Mashg’ulot turi: aralash Jihozi: mavzuga doir slayd, rasmlar, kartochkalar. Tarbiyaviy kompetensiya: estetik va iqtisodiy kompetensiyani shakllantirish. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, darsga tayyorlash. Bolajonlar, bugun sizlar bilan yangi o’tadigan mavzumiz: “Kiyinish madaniyati” deb ataladi. Kiyinish madaniyati – kiyinish odobi demakdir. Kiyinishda ham odob bo’ladimi dersiz balki. Albatta, kiyinishning ham o’z odobi, qonun qoidalari bor. O’quvchi maktabda formada bo’lishi va ularni ozoda va orasta bo’lishi lozim. Oq ko’ylak, kostum va shimda, bo’yinbog’ taqqan holda darsda o’tirishi qanday chiroyli ko’rinishini tasavvur qilib ko’ring. Aksincha, rangli, rasmli futbolkalar, yoki g’ijim va kir kiyimda darsda o’tirsa qanday xunuk ko’rinadi mana burasmlarga diqqatingizni qarating. Xuddi shunday o’quvchi qizlar ham orasta kiyinishlari, toza-ozoda yurishlari, maktab formasini kiyishlari, boshqa paytlarda esa o’zbekona, milliylikni unutmagan holda kiyinishlari lozim. Tor, kalta yubkalar va shimlar kiyishga havasmand qizlar ko’p. ammo buning sog’liqqa qanchalik zarar ekanligini har biringiz bilishingiz lozim. Kiyim tor bo’lsa birinchidan noqulaylik tug’diradi, erkin harakatlanishga xalaqit beradi. Qon aylanishiga ham xalaqit berib, turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qizlarimiz onalaridan, buvilaridan kiyinish odobini o’rganishlari, o’qituvchi, tarbiyachlardan o’rnak olishlari lozim. Qiz bola kimdan o’rnak oladi? Ko’p hollarda onasidan. Shunday ekan o’zimiz qizimizga namuna bo’la oladigan darajada ziyoli, tarbiyali bo’lishimiz darkor. O’quvchi qiz uchun kiyinish me’yorlarini ham tushuntirishimiz, ommaviy madaniyat asoratlaridan asrashimiz, sipo, toza-ozoda kiyinishi, sochlarini ham orasta qilib turmaklashi kerakligini biz onalar, o’qituvchi va tarbiyachilar tushuntirib borishimiz kerak. Kiyim qulay va ko’rkam bo’lishi, tabiiy materiallardan tikilgan bo’lishiga e’tibor berishimiz lozim. Hozirgi kunda moda bo’lgan jinsi shimlar, shortilar o’quvchi kiyadigan kiyim emas. Ular juda qattiq, yuvilishi qiyin va shu bilan bir qatorda juda qimmat narxlarda sotiladi. Ortiqcha taqinchoqlar, kalta, tanaga yopishib turadigan, ochiq-sochiq kiyimlar kiyish bizning madaniyatimizga va mentalititimizga zid . Bundan tashqari qimmatbaho, kiyimlarga ruju qo’ymasdan, ota-onasini ortiqcha qiynamasdan, ular olib bergan kiyimni asrab, avaylab, toza-ozoda saqlab kiyinishlari lozim. Oquvchilarga mavzu slaydlar, rasmlar asosida tushuntiriladi. Mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Mashg’ulotga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Mashg’ulot yakunlanadi. Download 486.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling