1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Geksaxloranning atmosfera havosidagi koncentraciyasi
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydon tashqarisidagi turli masofalarda 300 500 700 1000 1500 2000
Geksaxloranning atmosfera havosidagi koncentraciyasi
Ishlovga byerilgan may don, gektar hi- sobida Maydonni ishlash usuli Maydon bilan namunan olingan nuqta orasidagi masofa (metrda) Geksaxloran koncentraci yasi, mg/l 3 Moddaninghavodagi turg’unligi (kun davomida) kichik miqdor katta miqdor o’rtacha miqdor 4 gektar Traktor bilan 500 0,015 1,35 0,48 5 100 0,01 0,95 0,29 5 484 ishlash 300 0,015 0,29 0,088 3 500 0,015 0,022 0,018 2 700 0 0 0 0 1000 0 0 0 0 200 gektar Samolyot bilan ishlash 300 0,01 1,46 0,58 7 500 0,02 1,02 0,38 5 700 0,02 0,5 0,22 3 1000 0,01 0,03 0,02 1 1500 0 0 0 0 314 44-j a d v a l Haroratning o’zgarishiga qarab ammofos moddasining atmosfera havosidagi miqdori (preparat samolyot vositasida sepilganda) Namunalar olingan kunlar Atmosfera havosida mg/m^ hisobida ishlovga be- rilgan may- don o’rtasi Maydon tashqarisidagi turli masofalarda 300 500 700 1000 1500 2000 Havo harorati 20°S bo’lganda 1 2 3 4 5 6 8 10 0,467±0,016 0,171±0,004 0,098±0,004 0,063±0,003 0,029+0,001 0,009±0,001 0 0 0,170±0,003 0,110±0,003 0,041±0,001 0,006±0,001 0,003±0,001 0,002±0,001 0 0 0,086±0,007 0,056±0,001 0,029±0,001 0,004±0,001 0 0 0 0 0,059±0,002 O,O37±O,OO1 0,001±0,001 0 0 0 0 0 0,030±0,001 0,018±0,001 0 0 0 0 0 0 0,006±0,001 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Havo harorati 32°S bo’lganda 315 1 2 3 4 5 6 8 10 0,707±0,035 O,187±O,OOZ 0,103±0,005 0,040±0,004 0,025±0,004 0,006±0,002 0 0 0,293±0,003 0D97±0,001 0,069±0,001 0,016±0,001 0,016±0,001 0 0 0 0D63± 0,002 0,105±0,004 0,037±0,004 0,006±0,001 0 0 0 0 0D05±0,003 0,070±0,005 0,028±0,004 0 0 0 0 0 0 e 069±0,003 0,032±0,002 0,014±0,002 0 0 0 0 0 0,026±0,001 0,0P±0,001 0 0 0 0 0 0 0,003±0,001 0 0 0 0 0 0 0 SHuni qayd qilib o’tish kerakki, fosfororganik asosli zaharli kimyoviy moddalar ayniqsa yuqori haroratli sharoitda o’simliklarning tanasi, bargi, shoxlari, shuningdek tuproqdan bug’lanib havoni yuqori miqdorli zaharli moddalar bilan bulg’aydi va havo harakati bilan uzoq yerlarga tarqaladi. Demak, zaharlangan havo xo’jalik ekin maydonlarinigina emas, balki xonadonlardagi o’simliklarni, atrof muhitni ham zararlaydi. Bunday ahvol ayniqsa o’simliklarga samolyotlar vositasida kimyoviy ishlov byerilganida kuzatiladi. Traktor va boshqa mexanizmlardan foydalanishda atmosfera havosi nisbatan kamroq ifloslanadi. Sababi, traktorlar, shuningdek qo’l yordamida (gidropul’t, avtomaks kabi) o’simliklarga ishlov byerilganida kimyoviy moddalar aynan mazkur joylardaga o’simliklarni dorilaydi. O’simliklarga aviaciya yordamida kimyoviy ishlov byerilganida ma’lum darajada noqulayliklar tug’diradi, tashqi muhit ob’yektlarining zaharli omillar bilan ifloslanishiga sababchi bo’ladi. Masalan, samolyot uzog’i bilan yer yuzasidan 5-7 m balandlikda uchib o’simliklarga kimyoviy ishlov berganidagina bu usulning samarasi yaxshi bo’lishi bilan birga atrof muhitga unchalik zarar byermasligi mumqin. Biroq, samolyot bir qator sabablarga ko’ra (daraxtlar, elektr simlari va boshqa) yer yuzidan 25-30 m balandlikda uchib pesticid moddalarni sepadi. Bunda ko’zda tutilgan mo’ljaldagi zaharli modda o’simlik ustiga tushmay, uzoq masofalarga uchib ketish hollari kuzatiladi. Bunday holat o’z navbatida atmosfera havosini, suv havzalarini, tuproqlarni hamda oziq-ovqat ekinlarini, shuningdek hayvonlar iste’mol qiladigan o’t-o’lanlarni ham zararlashi mumkin. T u p r o q. Biosfyeraning asosiy qismlaridan biri hisoblanadigan tuproq insoniyat hayotida eng muhim omillardandir. Tuproq quyosh enyergiyasini ko’proq o’ziga singdirish qobiliyatiga ega bo’lib, o’simliklar uchun hayotbaxsh manba hisoblanadi. Tuproq tarkibida turli mikroelementlar, mikroorganizmlar, 317 gel’mintlar, chirindilar va boshqa moddalar mavjud. Tuproq o’z navbatida qator gidrogeologik vazifalarni ham bajaradi. Bulardan biri va asosiysi uning g’ovaklik xususiyatidir. Ma’lumotlarga qaraganda, odamning hayotiy faoliyati natijasida tuproq o’zining normal tabiiy holatini yo’qotib bormoqda. CHunki tuproq nihoyatda ko’p, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanayapti. Tuproq sanoat chiqindilari, ko’p miqdorda zaharli ximikatlar, minyeral o’g’itlar, kislota va ishqorlar, polimyer moddalar bilan ifloslanib bormoqda. Hozir tuproqni ifloslantirayotgan zaharli moddalar odamlar uchungina emas, balki boshqa foydali jonivorlar uchun ham zaharliligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan pesticid turlari tuproqlardagi baktyeriyalarga ham salbiy ta’sir qilmoqda. Bu zaharli moddalar yuqori biologik faol moddalar bo’lganligi tufayli, tuproqning ostki qatlamlariga chuqur singib, sizot suvlarini ham zararlantirmoqda. Buning oqibatida o’simlik tanasida ularning ildiz sistemalari orqali to’planib, odam va hayvonlar uchun katta xavf tuediradi. YA’ni pesticidlar-biocidlar tabiatdagi jonivorlarning hammasiga (agar ular noto’g’ri, suiiste’mollik bilan ishlatilgan bo’lsa) zarar byeruvchi omillarga aylanishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan tuproqda yig’ilib boradigan biocidlarning qatoriga xlororganik birikmalar, ya’ni DDT, GXCG, geptaxlor, aldrin va boshqalar kirib, ular 4-10 yillar davomida saqlanib o’zining ta’sirchanligini yo’qotmasligi mumkin. Demak, biocidlar tuproqda harakatchan gravitacion molekulyar diffuziya ta’sirida kapillyar suv bilan ko’chib yuradi. Bu moddalarning tabiatda ko’chib yurishi zaharli moddalarning miqdori, adsorbciya va desorbciya kuchlarining ta’siri, ta’sirchan moddaning bug’lanish tezliga, mazkur joylarning suv va issiqlik rejimiga bog’liq bo’ladi. Mutassil yog’ingarchilik yoki ekinlarni sug’orish jarayonida kuchsiz 318 singdiriladigan biocidlarning gidrofil xususiyatga ega bo’lgan tuproqqa suv bilan chuqur qatlamlarigacha singib borishi mumkin. Mabodo obi-havo quruq kelib, tuproq nami bug’lansa, u vaqtda biocidlar yer yuzasiga tarqalishi mumkin. Umuman biocidlarning tuproqda to’planishi, ko’chib yurishi, mazkur joylarning fizik-geografik sharoitiga bog’liq. Bulardan tashqari, bir xil ekologik sharoitda tuproq mag’izida biocidlarning to’planib qolishi, ularning o’ziga xos tabiatiga ham bog’liq bo’ladi. Biocidlarning tuproqda uzoq vaqt saqlanib qolishi tuproqlarning turiga ham bog’liq ekan, Tuproq gumus moddasiga va chirindiga boy bo’lsa, unda biocidlar xiyla uzoq saqlanishi mumkin. Quruq g’ovakli, engil, qumli tuproqlardagi zaharli kimyoviy moddalar anchagina oson parchalanishga moyil bo’ladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ishlatilgan pesticidlarning faqat 1% yo’qotilishi lozim bo’lgan zararkunandalarga halokatli ta’sir ko’rsatadi, pesticidlarning qolgan qismi o’simlik va tuproq tarkibida ushlanib qoladi, sug’orishda ishlatilgan suvlar, yog’ingarchilik suvlari oqimi bilan yuvilib, atrof muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanish darajasi dastlabki ishlatilgan biocidlarning turg’unlik xossasiga ham bog’liq. Biocidlarning turg’unligi uning tashqi muhitning fizik, kimyoviy, biologik ta’siriga chidamliligiga, parchalanishga nisbatan turg’unligiga bog’liqdir. Odatda biocidlarning tuproqda zaharsiz holatga o’tishi, ya’ni detoksikaciyaga uchrashi bir qancha yo’llar bilan sodir bo’lishi mumkin. Bu hol biocidlarning tuproq sharoitida qanday holatda bo’lishiga bog’liq. Masalan, laboratoriya sharoitida olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, chidamli pesticid DDT tuproq ustiga ma’lum miqdorda sepilgan bo’lsa, har kuni uni 6-8 soat davomida tashqarida quyosh nuri tushib turgan joyda saqlansa, 6 oy mobaynida pesticidning miqdori 60-70% ga kamayib 319 ketadi. Mabodo preparat tuproq bilan aralashgan holda bo’lsa, shuningdek unga go’ng qo’shilgan bo’lsa, unda yilning oxiriga borib pesticidning miqdori 30-25% ga kamayishi mumkin. SHundan ko’rinib turibdiki, pesticidlarning ta’sirchanligani kamaytirishda tuproqning o’ziga singdirish qobiliyati, uning tarkibidagi mikroorganizmlarning miqdori va boshqa omillar katta rol’ o’ynaydi. Tuproqdagi organik moddalar undagi boshqa komponentlarga qaraganda biocidlarni aktivroq singdiradi. Biocidlarning tuproqqa singishi tuproqning kimyoviy tarkibiga va strukturasiga ham bog’liq. Bularning barchasi biocidlarning parchalanishiga katta yordam byeradi. Issiq iqlim sharoitidaga tuproqlarda biocidlar tez parchalanadi. Agar bunda yer haydalib (shudgorlab), shamollatiladigan bo’lsa, zaharli ta’sirchan preparatlarning parchalanish jarayoni kuchayadi. Odatda biocidlarning parchalanishi to’liq yoki oraliq moddalar hosil qilish bilan borishi mumkin. Biocidlarning zararsiz holatga kelishi fitokimyoviy reakciya orqali yoki oksidlanish, gidroliz, biologik omillar ta’sirida detoksikaciyalanishi natijasida hal bo’lishi mumkin. Hozirgi kunning asosiy muammolaridan biri bu biocidlarning detoksikaciyasi masalasi hisoblanib, u olimlarning diqqat markazida turibdi. Tuproqni bulg’atishi mumkin bo’lgan biocidlarni, ularni zararlash darajasiga qarab professor Sokolov uch guruhga ajratadi. Birinchi guruhga zaharlilik darajasi kuchli bo’lgan biocidlar kiradi. Bular zaharlilik darajasi bo’yicha gronozan, GXCG, geptaxlor tiodan, ciram, metafos, sevin, lindan, mis fosfidi, karbation, DNOK, TMTD, PXP PXKlardir. Ikkinchi guruhga zaharlilik darajasi o’rtacha bo’lgan biocidlar kiradi. Bular artazin, simazin, PXF, 2,4-D, metilmyerkaptofos kar-bin, treflan, 320 nitrafen, tiozin, margamush, IFK, DDVF, karbofos, sayfos, xlorofos, kuprozan, monouron, prometrin, fosfamid, fazalon piramin, TXA, trixlormetafos va ftalofoslardir. Uchinchi guruhga zaharliligi kuchsiz biocidlardan xlor IFK, efirsul’fonat, orezin, metilnitrofos, semyeron, antio, kel’tan, karatan, polikarbocin, dalapon, diuron, kuprocin, solan daktal, dixloretan, tedion, figon, cineb, ftalan, PXB va boshqalarni kiritish mumkin. Pesticidlar o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan saqlashi bilan birga, hosildorlikning oshishiga yordam byeradi. Biroq keyingi vaqtlarda ular tuproqda va landshaftlarda to’planib fi-tocenozlarga, biocenozlarga va ular orqali ko’pchilik hayvonot, dunyosi hamda odamzotga ko’rsatadigan salbiy ta’siri ortib bormoq-da. Biocidlar qishloq xo’jaligi mahsulotlari orqali odam organiz-miga tushib, uvda to’planadi va organizmning normal hayot kechirishi-ga, shu jumladan nasliga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi qayd etilmoq-da. Biocidlarning uchdan bir qismi naslga radiaciyadan kuchliroq ki-myoviy-genetik ta’sir qilib, mutaciyaga olib kelishi qayd qilingan. SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, biocidlar tufayli olinadigan foyda pul hisobida o’lchanmasligi kerak. CHunki biocidlar o’z o’rnida, tadbirkorlik bilan ishlatilmasa foydali hasharotlar, hayvonlar organizmiga, tabiatga bo’lgan noxush ta’siri barchasidan ham inson sog’lig’iga va uning nasliga ko’rsatadigan asoratlarini pul bilan baholashning iloji yo’q. Biocidlar qaysi guruhga kirishi va qanday bo’lishidan qat’i nazar, ulardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutmoq zarur. Bunda, albatta mazkur biocidning xossalari, o’ziga xos tabiati, ta’sirchanligi, qolavyersa tabiatga hamda tirik organizmlarga berishi mumkin bo’lgan asoratlarini yaxshi bilmoq darkor. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan biocid namunalarining o’z o’rnida, me’yorida qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling