1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Geksaxloranning atmosfera havosidagi koncentraciyasi


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Geksaxloranning atmosfera havosidagi koncentraciyasi 
Ishlovga 
byerilgan 
may 
don, 
gektar hi-
sobida 
Maydonni 
ishlash 
usuli 
Maydon 
bilan 
namunan 
olingan 
nuqta 
orasidagi 
masofa 
(metrda) 
Geksaxloran koncentraci 
yasi, mg/l
3
 
Moddaninghavodagi 
turg’unligi (kun 
davomida) 
kichik 
miqdor 
katta 
miqdor 
o’rtacha 
miqdor 
4 gektar 
Traktor 
bilan 
500 
0,015 
1,35 
0,48 

100 
0,01 
0,95 
0,29 



484
ishlash 
300 
0,015 
0,29 
0,088 

500 
0,015 
0,022 
0,018 

700 




1000 




200 gektar Samolyot 
bilan 
ishlash 
300 
0,01 
1,46 
0,58 

500 
0,02 
1,02 
0,38 

700 
0,02 
0,5 
0,22 

1000 
0,01 
0,03 
0,02 

1500 






314 
44-j a d v a l 
Haroratning o’zgarishiga qarab ammofos moddasining atmosfera havosidagi miqdori 
(preparat samolyot vositasida sepilganda) 
Namunalar 
olingan 
kunlar 
Atmosfera havosida mg/m^ hisobida 
ishlovga be-
rilgan may-
don o’rtasi 
Maydon tashqarisidagi turli masofalarda 
300 
500 
700 
1000 
1500 
2000 
 
Havo harorati 20°S bo’lganda 







10 
0,467±0,016 
0,171±0,004 
0,098±0,004 
0,063±0,003 
0,029+0,001 
0,009±0,001 


0,170±0,003 
0,110±0,003 
0,041±0,001 
0,006±0,001 
0,003±0,001 
0,002±0,001 


0,086±0,007 
0,056±0,001 
0,029±0,001 
0,004±0,001 




0,059±0,002 
O,O37±O,OO1 
0,001±0,001 





0,030±0,001 
0,018±0,001 






0,006±0,001 















 
Havo harorati 32°S bo’lganda 


315 







10 
0,707±0,035 
O,187±O,OOZ 
0,103±0,005 
0,040±0,004 
0,025±0,004 
0,006±0,002 


0,293±0,003 
0D97±0,001 
0,069±0,001 
0,016±0,001 
0,016±0,001 



0D63± 0,002 
0,105±0,004 
0,037±0,004 
0,006±0,001 




0D05±0,003 
0,070±0,005 
0,028±0,004 





0
e
069±0,003 
0,032±0,002 
0,014±0,002 





0,026±0,001 
0,0P±0,001 






0,003±0,001 









SHuni qayd qilib o’tish kerakki, fosfororganik asosli zaharli kimyoviy 
moddalar ayniqsa yuqori haroratli sharoitda o’simliklarning tanasi, bargi, 
shoxlari, shuningdek tuproqdan bug’lanib havoni yuqori miqdorli zaharli 
moddalar bilan bulg’aydi va havo harakati bilan uzoq yerlarga tarqaladi. 
Demak, zaharlangan havo xo’jalik ekin maydonlarinigina emas, balki 
xonadonlardagi o’simliklarni, atrof muhitni ham zararlaydi. 
Bunday ahvol ayniqsa o’simliklarga samolyotlar vositasida kimyoviy 
ishlov byerilganida kuzatiladi. Traktor va boshqa mexanizmlardan 
foydalanishda atmosfera havosi nisbatan kamroq ifloslanadi. Sababi, 
traktorlar, shuningdek qo’l yordamida (gidropul’t, avtomaks kabi) 
o’simliklarga ishlov byerilganida kimyoviy moddalar aynan mazkur 
joylardaga o’simliklarni dorilaydi. O’simliklarga aviaciya yordamida 
kimyoviy ishlov byerilganida ma’lum darajada noqulayliklar tug’diradi, 
tashqi muhit ob’yektlarining zaharli omillar bilan ifloslanishiga sababchi 
bo’ladi. Masalan, samolyot uzog’i bilan yer yuzasidan 5-7 m balandlikda 
uchib o’simliklarga kimyoviy ishlov berganidagina bu usulning samarasi 
yaxshi bo’lishi bilan birga atrof muhitga unchalik zarar byermasligi 
mumqin. Biroq, samolyot bir qator sabablarga ko’ra (daraxtlar, elektr 
simlari va boshqa) yer yuzidan 25-30 m balandlikda uchib pesticid 
moddalarni sepadi. Bunda ko’zda tutilgan mo’ljaldagi zaharli modda 
o’simlik ustiga tushmay, uzoq masofalarga uchib ketish hollari kuzatiladi. 
Bunday holat o’z navbatida atmosfera havosini, suv havzalarini, 
tuproqlarni hamda oziq-ovqat ekinlarini, shuningdek hayvonlar iste’mol 
qiladigan o’t-o’lanlarni ham zararlashi mumkin. 
T u p r o q. Biosfyeraning asosiy qismlaridan biri hisoblanadigan 
tuproq insoniyat hayotida eng muhim omillardandir. Tuproq quyosh 
enyergiyasini ko’proq o’ziga singdirish qobiliyatiga ega bo’lib, o’simliklar 
uchun hayotbaxsh manba hisoblanadi. 
Tuproq tarkibida turli mikroelementlar, mikroorganizmlar, 


317
gel’mintlar, chirindilar va boshqa moddalar mavjud. Tuproq o’z navbatida 
qator gidrogeologik vazifalarni ham bajaradi. Bulardan biri va asosiysi 
uning g’ovaklik xususiyatidir. 
Ma’lumotlarga qaraganda, odamning hayotiy faoliyati natijasida 
tuproq o’zining normal tabiiy holatini yo’qotib bormoqda. CHunki tuproq 
nihoyatda ko’p, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanayapti. Tuproq 
sanoat chiqindilari, ko’p miqdorda zaharli ximikatlar, minyeral o’g’itlar, 
kislota va ishqorlar, polimyer moddalar bilan ifloslanib bormoqda. 
Hozir tuproqni ifloslantirayotgan zaharli moddalar odamlar uchungina 
emas, balki boshqa foydali jonivorlar uchun ham zaharliligi bilan ajralib 
turadi. Qishloq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan pesticid turlari 
tuproqlardagi baktyeriyalarga ham salbiy ta’sir qilmoqda. Bu zaharli 
moddalar yuqori biologik faol moddalar bo’lganligi tufayli, tuproqning 
ostki qatlamlariga chuqur singib, sizot suvlarini ham zararlantirmoqda.
Buning oqibatida 
o’simlik tanasida ularning ildiz sistemalari orqali to’planib, odam va 
hayvonlar uchun katta xavf tuediradi. YA’ni pesticidlar-biocidlar tabiatdagi 
jonivorlarning hammasiga (agar ular noto’g’ri, suiiste’mollik bilan 
ishlatilgan bo’lsa) zarar byeruvchi omillarga aylanishi mumkin. 
Vaqt o’tishi bilan tuproqda yig’ilib boradigan biocidlarning qatoriga 
xlororganik birikmalar, ya’ni DDT, GXCG, geptaxlor, aldrin va boshqalar 
kirib, ular 4-10 yillar davomida saqlanib o’zining ta’sirchanligini 
yo’qotmasligi mumkin. Demak, biocidlar tuproqda harakatchan gravitacion 
molekulyar diffuziya ta’sirida kapillyar suv bilan ko’chib yuradi. Bu 
moddalarning tabiatda ko’chib yurishi zaharli moddalarning miqdori, 
adsorbciya va desorbciya kuchlarining ta’siri, ta’sirchan moddaning 
bug’lanish tezliga, mazkur joylarning suv va issiqlik rejimiga bog’liq 
bo’ladi. 
Mutassil yog’ingarchilik yoki ekinlarni sug’orish jarayonida kuchsiz 


318
singdiriladigan biocidlarning gidrofil xususiyatga ega bo’lgan tuproqqa suv 
bilan chuqur qatlamlarigacha singib borishi mumkin. Mabodo obi-havo 
quruq kelib, tuproq nami bug’lansa, u vaqtda biocidlar yer yuzasiga 
tarqalishi mumkin. Umuman biocidlarning tuproqda to’planishi, ko’chib 
yurishi, mazkur joylarning fizik-geografik sharoitiga bog’liq. Bulardan 
tashqari, bir xil ekologik sharoitda tuproq mag’izida biocidlarning to’planib 
qolishi, ularning o’ziga xos tabiatiga ham bog’liq bo’ladi. 
Biocidlarning tuproqda uzoq vaqt saqlanib qolishi tuproqlarning turiga 
ham bog’liq ekan, Tuproq gumus moddasiga va chirindiga boy bo’lsa, unda 
biocidlar xiyla uzoq saqlanishi mumkin. Quruq g’ovakli, engil, qumli 
tuproqlardagi zaharli kimyoviy moddalar anchagina oson parchalanishga 
moyil bo’ladi. 
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ishlatilgan pesticidlarning faqat 1% 
yo’qotilishi lozim bo’lgan zararkunandalarga halokatli ta’sir ko’rsatadi, 
pesticidlarning qolgan qismi o’simlik va tuproq tarkibida ushlanib qoladi
sug’orishda ishlatilgan suvlar, yog’ingarchilik suvlari oqimi bilan yuvilib, 
atrof muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Tuproqning zaharli moddalar bilan 
ifloslanish darajasi dastlabki ishlatilgan biocidlarning turg’unlik xossasiga 
ham bog’liq. 
Biocidlarning turg’unligi uning tashqi muhitning fizik, kimyoviy, 
biologik ta’siriga chidamliligiga, parchalanishga nisbatan turg’unligiga 
bog’liqdir. 
Odatda biocidlarning tuproqda zaharsiz holatga o’tishi, ya’ni 
detoksikaciyaga uchrashi bir qancha yo’llar bilan sodir bo’lishi mumkin. 
Bu hol biocidlarning tuproq sharoitida qanday holatda bo’lishiga bog’liq. 
Masalan, laboratoriya sharoitida olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, 
chidamli pesticid DDT tuproq ustiga ma’lum miqdorda sepilgan bo’lsa, har 
kuni uni 6-8 soat davomida tashqarida quyosh nuri tushib turgan joyda 
saqlansa, 6 oy mobaynida pesticidning miqdori 60-70% ga kamayib


319
ketadi. Mabodo preparat 
tuproq bilan aralashgan holda bo’lsa, shuningdek unga go’ng qo’shilgan 
bo’lsa, unda yilning oxiriga borib pesticidning miqdori 30-25% ga 
kamayishi mumkin. SHundan ko’rinib turibdiki, pesticidlarning 
ta’sirchanligani kamaytirishda tuproqning o’ziga singdirish qobiliyati, 
uning tarkibidagi mikroorganizmlarning miqdori va boshqa omillar katta 
rol’ o’ynaydi. 
Tuproqdagi organik moddalar undagi boshqa komponentlarga 
qaraganda biocidlarni aktivroq singdiradi. Biocidlarning tuproqqa singishi 
tuproqning kimyoviy tarkibiga va strukturasiga ham bog’liq. Bularning 
barchasi biocidlarning parchalanishiga katta yordam byeradi. Issiq iqlim 
sharoitidaga tuproqlarda biocidlar tez parchalanadi. Agar bunda yer 
haydalib (shudgorlab), shamollatiladigan bo’lsa, zaharli ta’sirchan 
preparatlarning parchalanish jarayoni kuchayadi. 
Odatda biocidlarning parchalanishi to’liq yoki oraliq moddalar hosil 
qilish bilan borishi mumkin. Biocidlarning zararsiz holatga kelishi 
fitokimyoviy reakciya orqali yoki oksidlanish, gidroliz, biologik omillar 
ta’sirida detoksikaciyalanishi natijasida hal bo’lishi mumkin. 
Hozirgi kunning asosiy muammolaridan biri bu biocidlarning 
detoksikaciyasi masalasi hisoblanib, u olimlarning diqqat markazida 
turibdi. 
Tuproqni bulg’atishi mumkin bo’lgan biocidlarni, ularni zararlash 
darajasiga qarab professor Sokolov uch guruhga ajratadi. Birinchi guruhga 
zaharlilik darajasi kuchli bo’lgan biocidlar kiradi. Bular zaharlilik darajasi 
bo’yicha gronozan, GXCG, geptaxlor tiodan, ciram, metafos, sevin, lindan, 
mis fosfidi, karbation, DNOK, TMTD, PXP PXKlardir. 
Ikkinchi guruhga zaharlilik darajasi o’rtacha bo’lgan biocidlar kiradi. 
Bular artazin, simazin, PXF, 2,4-D, metilmyerkaptofos kar-bin, treflan, 


320
nitrafen, tiozin, margamush, IFK, DDVF, karbofos, sayfos, xlorofos, 
kuprozan, monouron, prometrin, fosfamid, fazalon piramin, TXA, 
trixlormetafos va ftalofoslardir. 
Uchinchi guruhga zaharliligi kuchsiz biocidlardan xlor IFK
efirsul’fonat, orezin, metilnitrofos, semyeron, antio, kel’tan, karatan, 
polikarbocin, dalapon, diuron, kuprocin, solan daktal, dixloretan, tedion, 
figon, cineb, ftalan, PXB va boshqalarni kiritish mumkin. 
Pesticidlar o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan saqlashi bilan 
birga, hosildorlikning oshishiga yordam byeradi. Biroq keyingi vaqtlarda 
ular tuproqda va landshaftlarda to’planib fi-tocenozlarga, biocenozlarga va 
ular orqali ko’pchilik hayvonot, dunyosi hamda odamzotga ko’rsatadigan 
salbiy ta’siri ortib bormoq-da. Biocidlar qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
orqali odam organiz-miga tushib, uvda to’planadi va organizmning normal 
hayot kechirishi-ga, shu jumladan nasliga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi qayd 
etilmoq-da. Biocidlarning uchdan bir qismi naslga radiaciyadan kuchliroq 
ki-myoviy-genetik ta’sir qilib, mutaciyaga olib kelishi qayd qilingan. 
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, biocidlar tufayli olinadigan foyda pul 
hisobida o’lchanmasligi kerak. CHunki biocidlar o’z o’rnida, tadbirkorlik 
bilan ishlatilmasa foydali hasharotlar, hayvonlar organizmiga, tabiatga 
bo’lgan noxush ta’siri barchasidan ham inson sog’lig’iga va uning nasliga 
ko’rsatadigan asoratlarini pul bilan baholashning iloji yo’q. 
Biocidlar qaysi guruhga kirishi va qanday bo’lishidan qat’i nazar, 
ulardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutmoq zarur. 
Bunda, albatta mazkur biocidning xossalari, o’ziga xos tabiati, 
ta’sirchanligi, qolavyersa tabiatga hamda tirik organizmlarga berishi 
mumkin bo’lgan asoratlarini yaxshi bilmoq darkor. Qishloq xo’jaligida 
ishlatiladigan biocid namunalarining o’z o’rnida, me’yorida qo’llash katta 
ahamiyat kasb etadi. 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling