1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Tuproqdagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan normasi
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Tuproqdagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan normasi
Ko’rsatkichlar Xavfli sinflar uchui normalar 1-sinf 2-sinf 3-sinf Zaharli LD* 50 200 gacha 200 dan 1000 gacha 1000 dan ortiq Oylar hisobida tup- 12 oydan ziyod 6 oydan 12 oygacha b oydan kam roqda turg’unligi Tuproqdagi ruxsat eti- 0,2 mg dan kam 0,2 dan 0,5 mg gacha 0,5 mg dan ortiq ladigan miqdor, mg/kg Hisobida O’simlik tarkibiga o’tishi o’tadi kuchsiz o’tadi o’tmaydi O’simlikda chidamliligi 3 oydan ko’proq 1 oydan 3 oygacha 1 oydai kam (oy hisobida) O’simlik mahsulotlari- o’tkir ta’sir o’rta-miyona ta’sir ta’sir ko’rsat- ga ta’siri ko’rsatadi ko’rsatadi maydi ------------ LD 50 * - Zaharli moddalarning o’rtacha o’ldiradigan miqdori. Kimyoviy ta’sirchan moddalarning tashqi muhit shohobchalaridagi normasini belgilashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarga e’tibor byeriladi. Atrof-muhitni sanitariya nazoratidan o’tkazish, kundalik sanitariya nazoratini olib borish uchun zarur bo’lgan omillardan biri zararli moddalarning mavjudligidir. Gigienik normalarni ta’minlashda sanitariya va agrotexnika qoidalarini amalda tadbiq etish zarur, ya’ni: 1) Har bir xo’jalikda brigadirlar zaharli ximikatlarning qaysi maqsadda va qaysi usulda ishlatilishini qayd qilib borishlari, shu bilan birga ularning 326 o’ziga xos xususiyatlaridan ogoh bo’lishlari kerak. 2) Ekinlarni (mevalar, sabzavotlar, rezavorlar, poliz ekinlari, texnika ekinlari, em-xashak uchun ishlab chiqiladigan ekinlar) agrosanoat muassasasi, Sog’liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya Bosh boshqarmasi bilan kelishib olingan yo’riqnomada ko’rsatilgan muddatlardagina zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash tavsiya qilinadi. 3) Zaharli moddalar bilan ifloslangan em-xashak, suv uy hayvonlariga byerilmasligi kerak. 4) Tashqi muhit ob’yektlarida uzoq vaqt mobaynida parchalanmaydigan barqaror zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlov byerilgan yaylovlarda chorva mollari boqilishi taqiqlanadi. 5) Kemiruvchi zararkunanda hayvonlarga qarshi kurashish maqsadida binolar, maxsus omborlar va boshqa joylarga zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlov byerilganda, mazkur yerlarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari zararlanmasligi choralarini ko’rish zarur. 6) Aholi istiqomat qiladigan punktlar yaqinidagi ekinzorlarga, bog’lar va daraxtzorlarga zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlov byerilganida mazkur joylar atrofida istiqomat qiluvchi aholini ogohlantirish va maxsus instrukciyada ko’rsatilgan muddat ichida o’sha dorilash amallari o’tkazilgan joylarga yaqinlashmaslikni aytish zarur. 7) Suv havzalari, aholi yashaydigan punktlar va ayrim binolar bilan dorilanadigan maydonlarning oralig’i 1000 m dan kam bo’lsa, samolyot bilan kimyoviy ishlov berish taqiqlanadi. 8) Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashda foydalanilgan mexanizmlar, mashina va apparatlar, shunigadek zaharli kimyoviy moddalardan bo’shagan idishlar yuvilganda hosil bo’ladigan yuvindi, oqova suvlar albatta zararsizlantirilishi kerak. Zararsizlantirish tadbirlari ma’lum qonun va qoidalar asosida nohiya, shahar sanitariya- 327 epidemiologiya stanciyasi xodimlari bilan kelishilgan holda olib borilishi kerak. 9) Biror bir maydondagi ekinlar zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlanganda, o’sha joylarning suvi va havosi tarkibidagi ta’sirchan moddaning miqdori aniqlanishi kerak. Bunday tadbirni sanitariya- epidemiologiya organlari nazorat qilib boradi va ruxsat etilgan miqdor bilan solishtirilib, taqqoslab kuzatiladi. 10) Ekinlarni dorilashdan oldin o’sha ekin maydoniga suv boradigan jo’yaklarning barchasi 3 sutkaga byerkitib qo’yilishi zarur. SHu muddatni inobatga olgan holda uylarda suv g’amlab qo’yiladi. O’z navbatida sanitariya nazorati atrof-muhit shohobchalarida zararli omillarni belgilab qo’yilgan, ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishiga yo’l qo’ymasliklari lozim. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling