1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
PESTICIDLAR VA TASHQI MUHIT
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
PESTICIDLAR VA TASHQI MUHIT
Insoniyat yashab faoliyat ko’rsatayotgan tabiiy muhit odamning chiqindilari bilangina ifloslanib qolmasdan, balki tabiiy jarayonlar (vulqonlar otilishi, geyzyerlar natajasida, keng ko’lamda yong’inning sodir bo’lishi, tabiiy chirish jarayonlari va boshq.) natijasida ham ma’lum darajada ifloslanishi qayd etiladi. Asosan insonning tez suratlar bilan o’sayotgan ishlab chiqarish faoliyati tufayli biosfyeramiz ifloslanmoqda. Insoniyatning kimyo sohasida erishayotgan yutug’i xalq xo’jaligini rivojlantirish bobida g’oyat katta omil bo’lib hisoblansada, lekin shu bilan bir vaqtda gigienik jihatdan muhim bo’lgan bir qancha mu-ammolarni ham tug’diradi, kimyo fani va uning ko’pgina jabhalari tez rivojlanish bilan bir vaqtda, zo’r muvaffaqiyatlar qozonib, hozirgi kunda xalq xo’jaligini rivojlantirishning juda muhim vositasi bo’lib qolgan gigiena fani tirik organizmga, avvalo odam orga-nizmiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan kimyoviy moddalar ta’-sirini atroflicha, har tomonlama o’rganib boradi. Ayni vaqtda maz-kur moddalarning tashqi muhitda, umuman biosfyerada qanday o’zga-rishlarga uchrashini (bir ob’yektdan boshqasiga o’tib turishi, turli muhitlarda yig’ilib-to’planib borishi mumkin- mumkinmasligi, qan-cha vaqtdan keyin parchalanib ketishi va boshqalar) o’rganadi. SHu bi-lan bir qatorda tashqi muhit va aholi salomatligini saqlash, pesticidlarning organizmga ko’rsatishi mumkin bo’lgan zararli ta’sirini bar taraf etish yo’llari va usullari ishlab chiqiladi. CHunki shu xildaga chora- 474 tadbirlar ishlab chiqilmasa, pesticidlar turli yo’llar bilan oziq-ovqat mahsulotlari, suv, atmosfera havosi bilan birga organizmga kirib, odamlarning salomatligiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Ziroatchilikda, madaniy o’simliklarni parvarishlashda margimush va simob preparatlaridan foydalanish oqibatida odamlarning pesticidlar o’rnida ishlatiladigan mazkur moddalardan zararlangani XVIII asrdayoq ma’lum bo’lgan. XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga taalluqli ma’lumot-lardan bu preparatlar bilan zaharlanish hollari endi Yevropada, xususan Gyermaniya, Franciya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham uchrayotganligi ma’lum bo’lmoqda. SHuningdek, bu manbalarda odamlar-ning nikotin, mis, fosfor, brom va cianamidlar singari preparat-lardan ham zaharlangani tilga olinadi. CHunonchi, 1945-1949 yillar mobaynida zaharli kimyoviy moddalardan 1700 kishi, 1950 yildan 1954 yilgacha 7300 kishi zaharlanganligi chet el tibbiyotiga taalluqli adabiyotlarda qayd etilgan, 1955-1959 yillarda esa kimyoviy preparatlardan zaharlangan kishilar soni 15000 dan ziyod bo’lgan. Keyingi o’n yilliklarda qishloq xo’jalik zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi, shuningdek boshqa maqsadlarda qo’llanila-digan pesticidlar turi (assortimenti) yangi fosfororganik birik-malar hisobiga ortib bordi, shular bilan birga yangi birikmalar sinfi - karbomatlar, fenoksiacetat kislota va triazin unumlari hamda boshqa kimyoviy birikmalar hisobiga ancha kengaydi. O’z-o’zidan ma’lumki, qo’llanuvchi kimyoviy moddalar turining ortishi bu moddalarning keng ko’lamda ishlatilishidan darak byeradi. Keyingi 25 yil ichida zaharli kimyoviy moddalarni qo’llaydigan mamla-katlarda bu ta’sirchan moddalardan zaharlangan kishilarning soni bir necha o’n mingdan ortib ketgan. Ko’pchilik hollarda odamlarning yoppasiga zaharlanish hollari ham sodir bo’lib turadi. CHunki aholi tomonidan sotib olinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, shuninldek ro’zg’or 475 buyumlariga pesticidlar yuqib qoladi. Tiofos, GUCG, geksaxloran, teodan, polixlorpinen va boshqa preparatlar noto’g’ri tashilishi, saqlanishi va ishlatilishi natijasida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari, etishtiriladigan tabiiy ne’matlar ular-dan zararlanib, shular orqali inson organizmiga tushishi natija-sida turli ko’rinishdagi zaharlanishlar sodir bo’ladi. Bu borada surunkali zaharlanish salmoqli o’rin tutadi. Zaharli kimyoviy moddalarni ehtiyotlik bilan saqlash va ishlatishga doir gigiena normativiga bekamu ko’st amal qilib borish aholi salomatligini saqlashning ishonchli yo’li hisoblanadi, ularning tashqi muhitdagi miqdori gigiena normativlaridan ortib ketishiga mutloq yo’l qo’yib bo’lmaydi. Pesticidlarni ishlatish me’yoriga (normalariga), muddatlariga, ayrim formalarining ishlatish qoidalariga qattiq amal qilib bo-rish katta ahamiyat kasb etadi. Turli buyum va asboblarning sirtida ma’lum darajada yuqi qoladigan va meva hamda sabzavotlarning bir- muncha ichkari qatlamlariga o’ta oladigan moyli emul’siyaldr ko’proq xavfliligi bilan ajralib turadi. Zaharli kimyoviy moddalar noto’g’ri saqlanishi va ishlatshshshi natijasida yog’in-sochin suvlari bilan suv manbalariga tushishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun ariq va hovuzlarning chetlarini mustahkamlab, bunday xavfdan ehtiyot qilish kerak. Zaharli kimyoviy moddalar ichida ayniqsa xlororganik pesticidlar ariqlarda ushlanib qolishi mumkin, shuning uchun ariqlarni vaqti-vaqti bilan tozalab turish zarur bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan juda ko’p zaharli moddalar tashqi muhit ta’siriga chidamli bo’lib, ular suv va tuproqda uzoq vaqt saqlanib turishi va tuproqning bir muncha chuqur qatlamlarini o’tishi mumkin (masalan, DDT, polixlorpinen, GXCG, al’drin, polixlorkamifen va boshqalar shular jumlasidandir). Xlororganik moddalarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning 476 suvda yomon erishi va tashqi muhitga chidamli bo’lishidir. Gigiena tasnifiga muvofiq, bir qancha xlororganik birikmalar juda chidamli preparatlar jumlasiga kiradi. Masalan DDT ishlatilgan joyda (tuproqda) u 8-10 yildan keyin, GXCG, al’drin, geptaxlor kabi preparatlar esa 4-6 yildan keyin ham tuproqda saqlanganligi aniqlangan. Lindan preparati 2-4,5 yil mobaynida tuproqning yuqori qatlamida saqlanib turish xususiyatiga ega va asta-sekin tuproqning chuqur qatlamlariga singib boradi. Preparatning tuproqda qanchalik uzoq saqlanishi tuproq turiga (tipiga) bog’liq ekanligi ham aniqlangan. Organik moddalarga boy tuproqlarda pesticidlar minyeral moddalarga boy tuproqlarga qaraganda ko’proq to’planadi. Zaharli moddalardan saqlanishda tuproq mikroorganizmlari, qor va yomg’ir suvlari ko’p-ozligining ham ahamiyati bor. Organik birikmalarning tuproqda qanchalik to’planib borishi preparatlarning qanday normada va necha marta ishlatilganligiga ham bog’liq bo’ladi. Bu pesticidlar o’simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda ham to’planib boradi, ularning o’simliklarda qanday miqdor va qancha muddatda saqlanib turishi bir qancha omillarga (faktorlarga) uzviy bog’liq bo’ladi. Jumladan, preparatlarning tashqi muhit faktorlari ta’siriga chidamsiz va chidamliligiga, qayta-qayta ishlatilishiga, qo’llanish miqdoriga, o’simliklarning turiga, zaharli ximikatlar ishlatiladigan nohiya yoki viloyatlarning iqlim sharoitiga va boshqalarga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan xlororganik pesticidlarga qaraganda fosfororganik preparatlarning afzalligi shundaki, ular tashqi muhitga kamroq chidamli bo’lib, ayniqsa issiq kunlarda zaharsiz mahsulotlarga parchalanib ketadi. CHunonchi, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, metilmyerkaptofos o’simliklarning barglarida 30 kun, antio 10 kun, fosfamid 7-10 kun saqlanib turadi. Modomiki, shunday ekan, mazkur preparatlar singari fosfororganik birikmalar to’g’ri, tadbirkorlik bilan ishlatilganida o’simliklar tarkbida ular ko’p to’planib qolmaydi. 477 O’simliklarni himoya qilishda va ularni parvarishlashda ishlatiladigan pesticidlarning mumkin qadar jonivorlarga zarari tegasligi katta ahamiyatga ega. SHu boisdan ham jahondagi ko’pgina mamlakatlarning olimlari o’simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda yaxshi naf byeradigan, shu bilan birga am va hayvonlar uchun zaharli ta’sir ko’rsatmaydigan fosfororanik pesticidlarni kashf etish yuzasidan keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda xlorofos, karbofos singari kam zaharli preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirda atroflicha qo’llaniladigan pesticidlarning yana bir guruhi karbomatlar, ya’ni karbominat kislota hosilalaridir. Odatda, mazkur preparatlar ko’pgina zararkunanda hasharotlarga zaharli ta’sir ko’rsatadilar, biroq tashqi muhitga kam chidamli bo’lishi bilan ajralib turadi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pesticidlar o’zining fizik-kimyoviy xossalari, tashqi muhitga chidamliligi va boshqa xosiyatlari jihatidan bir-biridan anchagina farq qiladi. SHu tufayli oziq- ovqat mahsulotlari, atmosfera havosi, shuningdek tuproqning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik uchun bu preparatlarni to’g’ri tanlab, me’yorida, tadbirkorlik bilan ishlatish va ayni vaqtda gigiena qoidalariga bekamu ko’st amal qilib borish juda muhim (faqat mazkur ekin uchun ijozat byerilgan pesticid namunalarini qo’llash, ularni ishlatish muddatlari, usullari, me’yoriga amal qilish, biror maydon dorilangan bo’lsa, belgilangan muddat o’tganidan keyingina o’sha maydonga ishlashga chiqish) hisoblanadi. Hayvon va o’simliklarning biror turi uchun qishloq ko’jaligida qabul qilingan norma va reglamentlarni boshqa turdagi hayvon yoki o’simliklarga va boshqa ob’yektlarga qo’llash taqiqlanadi. Umuman, pesticidlardan foydalanishda tinimsiz nazorat olib boriladi. Qishloq xo’jaligada ko’proq ishlatiladigan ayrim pesticid namunalarining tashqi muhitda qanday o’zgarishlarga yo’liqishi haqida 478 ma’lumotlar keltiramiz. Bu esa o’quvchilarni zaharli kimyoviy moddalarning tabiatda qanday holda aylanib yurishi, sifat va miqdor o’zgarishlariga uchrashi to’g’risida tasavvur hosil qilishiga yordam byeradi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling