1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


PESTICIDLARNING TASHQI MUHITDA AYLANIB YURISHI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

PESTICIDLARNING TASHQI MUHITDA AYLANIB YURISHI 
Qishloq xo’jaligada o’simlik zararkunandalariga, kasalliklari-ga, 
begona o’tlarga qarshi, shuningdek boshqa maqsadlar uchun foyda-
laniladigan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlanar ekan, bu ta’-sirchan 
moddalar ma’lum miqdorda tashqi muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. 
Buning oqibatida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat ekinlari, em-hashak va 
boshqalarning pesticidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug’iladi. Buning 
uchun birinchi galda zaharli ximi-katlar qanday yo’l bilan tashqi
muhitni ifloslantirishi mumkin- 
ligini aniqlab olish kerak bo’ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda tashqi 
muhit ta’siriga ancha chidamli bo’lgan pesticidlar - DDT, GXCG, 
pentaxlorbenzol, polixlorpinen, polixlorkamfen va boshqalarning qanday 
o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Sug’oriladigan, dehqonchilik rivojlangan nohiyalarda bu ta’sirchan 
moddalarning tashqi muhitdagi bir ob’yektdan boshqasiga o’tib turishi 
ancha oson bo’ladi, chunki bunday joylarda pesticidlar ekinlarga
byeriladigan suv orqali tashqi muhitning boshqa ob’yektlariga, ya’ni 
suvdan tuproqqa, tuproqdan o’simlikka ko’proq o’tib turadi. Tashqi 
muhitga chidamli pesticidlar ayniqsa xavflidir, chunki ularning turli 
ob’yektlarga tinmay o’tib turishi, mazkur ob’yektlarda ularning asta-sekin 
to’planib borishiga va shu tariqa odam hamda hayvonlar organizmiga ham 
tushish xavfi tug’iladi. Pesticidlar suv, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan organizmga tushib, uning surunkali zaharlanib borishiga sabab 


479
bo’lishi mumkin. Masalan, qand lavlagi ekilgan maydonlarga zaharli 
ximikatlar xoh yerdan turib, xoh samolyot yordamida purkalmasin tuproq 
ifloslanadi (har bir kilogramm tuproqda 4,40-0,74 mg rogar, 5,1-0,4 mg 
metilmyerkaptofos borligi aniqlanadi). Havo harorati yuqori va namligi 
kam bo’lsa, bu preparatlarning tuproq mag’zidan havoga o’tishi bir qadar 
osonlashadi. Qavd lavlagi ildiz bitini yo’qotish maqsadida mana shu 
pesticidlarning aerozollari ishlatilganidan keyin 72 soat o’tgach, ularning 
miqdori (koncentraciyasi) havoda 0,0052 ml/ga, tuproqda 5,1-0,45 mg/kg 
ga, lavlagi ildizlarida 3,0-0,4 mg/kg ga, palaklarida 2,85-27 mg/kg ga etadi. 
Turli maqsadlarda ishlatiladigan pesticidlarning tashqi muhitdaga bir 
ob’yektdan boshqasiga o’tishiga yana boshqa misollar keltirish mumkin. 
Daryo, ko’l va hovuz suvlarini tekshirib ko’rish, bu suvlarda 0,025 kg/l 
miqdorida, suv tagidagi cho’kindi va balchiqda esa 2,0 mg/l miqdorida 
DDT preparati borligi aniqlangan. 
Zaharli kimyoviy moddalarning tashqi muhitda to’planib borishi odam 
organizmiga ham ta’sir qilish mumkin. Quyidagi raqamlar fikrimiz isboti 
bo’la oladi. Appendektomiya (ko’richakning jarrohlik yo’li bilan olib 
tashlanishi) vaqtida olib tashlangan to’qimalardan ajratib olingan yog’ 
to’qimasining 36% ida 0,8-2,5 mg/kg miqdorda DDT topilgan. Bu misol 
pesticidlarning odam organizmida to’planib borishidan dalolat byeradi. 
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sevin singari ayrim pesticid-larning 
o’rtacha haroratda ham bir sfyeradan boshqa sfyeraga o’tib, odam 
salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to’plana borishi aniqlangan. 
CHunonchi, mazkur pesticid olma po’stidan o’tib, etida asta-sekin yig’ilib 
boradi, tuproqda esa 1-2 yilgacha saqlanib qolish xususitiga ega, bu
tuproq yana boshqa ob’yektlarning iflosla-nishiga sabab bo’ladigan
ikkilamchi rezyervuar (manba) bo’lib qoli-shi mumkin (sevin tuproqning 
shudgorlanadigan qatlamlariga o’tadi va bundan ham chuqurroqqa
singishi mumkin). Jumladan, sevin tup- 


480
roqqa solinganidan keyin 3 oy o’tgach, uning 90 foizi o’simliklarning 
ildiz sistemasi tarqalgan zonada aniqlangan. 
Insoniyatni qurshab turgan tashqi muhit ob’yektlari (tuproq, suv, 
atmosfera havosi, o’simliklar dunyosi, tabiat ne’matlari)ni nazorat qilish 
yuzasidan olib borilgan ko’p yillik tekshirishlar natijasida bir qancha 
pesticidlarning tabiatda aylanib yurishi aniqlandi. Quyida ularning tabiatda 
aylanib yurishini ifodalovchi sistemani keltiramiz. 
Ushbu 
sxema 
shuni 
yaqqol ko’rsatib 
turibdiki, 
pesticidlar 
ishlatilganidan 
keyin 
tashqi 
muhitning barcha shohobchalariga va pirovard-natijada, odam hamda 
hayvonlar organizmiga tushadi. Sababi, odamlar bilan hayvonlar hamisha 
tashqi muhit bilan mustahkam bog’langan holda hayot kechiradi. Agar 
shunday bo’ladigan bo’lsa, tashqi muhitning har bir omili tirik organizmga 
ma’lum darajada ta’sir qilib, unda bir qator o’zgarishlarni keltirib 
chiqaradigan manbaga aylanishi mumkin, bu ta’sirot odam uchun foydali 
bo’lishi ham, zarar keltirishi ham mumkin. Hozir fan va texnika taraqqiyoti 
natijasida paydo bo’lgan turli pesticidlarning qishloq xo’jaligida ishlatilishi 
tashqi muhit ob’yektlari orqali ziyon etkazadigan ana shunday ta’sirot 
bo’lib qolishi ehtimoldan xoli emas. SHu tufayli ham tashqi muhitning 
kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish gigiena jihatidan juda 
katta ahamiyatga molikdir. 
Endi o’quvchilarimizga agrotexnika qoidalariga rioya qilmay
kimyoviy ta’sirchan moddalarni ko’r-ko’rona, pala-partish ishlatish 


481
natijasida ifloslanib qolishi mumkin bo’lgai tashqi muhit omillari ustida 
to’xtalib o’tamiz. 
S u v va s u v h a v z a l a r i. Qishloq xo’jaliginiig barcha
sug’oriladigan joylarida suv va suv havzalarining, hatto yer osti-sizot 
suvlarining pesticidlar bilan ifloslanishi aniqlangan. O’simliklarga 
kimyoviy ishlov berish jarayonida to’g’ridan to’g’ri suv va suv havzalari 
zararlanishi mumkin. Boshqa vaqtlarda suvlar tuproq, atmosfera havosi 
yordamida eararlanishi qayd qilinadi. Masalan, tuproqqa tushgan zaharli 
moddalar suv bilan yuvilib, unda 
erigan holda yoki suspenziya ko’rinishida suv havzalariga tushishi 
mumkin. 
O’rta Osiyo sharoitida suvning pesticidlar bilan zararlanishiga sabab 
bo’ladigan bir qancha omillar bor. Bular orasida ekinlarni sug’orish asosiy 
o’rinda turadi. Ma’lumki, O’rta Osiyoda yirik-yirik suv inshootlari qurilgan 
va qurilmoqda. Sug’orish maqsadida qurilgan ana shu inshootlardan oqib 
keladigan suv ekin maydonlariga taralib, kimyoviy moddalar ishlatilgan 
yerlarni yuvib o’tadi va ifloslanib boradi. Bunda o’sha maydonlardagi 
mavjud bo’lgan tuproqdagi zaharli moddalar suv tarkibiga o’tadi. Zaharli 
kimyoviy moddalar bilan ifloslangan suv zovur, ariq va kanallardan oqib 
o’tar ekan, undan aholi turli maqsadlarda foydalanishi, hayvon va 
parrandalar esa undan ichishi mumkin. Demak, shuning o’zi organizmga 
pesticid qoldiqlari tushish xavfini tug’diradi. Hozirda olib borilayotgan 
ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, zovur (kollektor) suvlarida zaharli kimyoviy 
moddalar bo’lmish DDT, GXCG, aldrin va boshqa ta’sirchan moddalar 
ruxsat etilgan normadan 2-10 marta va undan ham ziyod miqdorda bo’lishi 
aniqlangan. 
Suv va suv havzalari o’z tarkibida zaharli kimyoviy moddalarning 
qoldiqlarinigina emas, balki hozirda qishloq xo’jaligi ekinlarini (meva, 
sabzavot, rezavor, poliz ekinlari, shuningdek texnik o’simliklar, paxta, 


482
zig’ir, kanop va boshqa) etishtirishda foydalaniladigan minyeral o’g’it 
qoldiqlarini ham saqlaydi. 
A t m o s f e r a h a v o s i. Insoniyatga hayotbaxsh atmosfera
havosining kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi so’zsiz uni zaharli 
manbaga aylantirgapi mumkin. Atmosfera havosining zaharli moddalar 
bilan zaharlanishi borasida to’xtalar ekanmiz, shu ta’sirchan moddalarning 
odamlar ishlaydigan zona havosida va umuman, aholi yashaydigan punktlar 
havosida har xil miqdorda bo’lishini nazarda tutish kerak bo’ladi. SHunga 
ko’ra pesticidlarning ish joyi havosida va aholi yashaydigan punktlar 
havosida yo’l qo’yiladigan koncentraciyalar tafovut qilinadi. SHu narsa 
ayonki, zaharli ximikatlar bilan ishlanadigan zonada, ya’ni ximikatlar 
ishlab chiqaradigan korxona cexlari, mazkur moddalarning ishchi 
eritmalari, dustlarni tayyorlaydigan joylarda, ximikatlar saqlanadigan 
binolar havosida bu preparatlarning koncentradiyasi boshqa joylardagidan 
farqli o’laroq, ko’proq bo’ladi. CHunki ular ish jarayonida, ishlab chiqarish 
vaqtida changib, to’zib mayda-mayda zarralar holida havoga o’tadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarga xos yana bir tomon borki, bir qator 
pesticidlar, jumladan fosfororganik birikmalar ayniqsa yozda, kun issig’ida 
ko’proq bug’lanadi va ularning havodagi koncentraciyasi yanada ortib 
ketadi. Aholi yashaydigan joylar havosida zaharli kimyoviy moddalarning 
hosil bo’lishi asosan ikki sababga bog’liq: 
Birinchidan, zaharli ximikatlar aksari turli texnika vosita-lari, qishloq 
xo’jalik aviaciyasi, traktor purkagichlari yordamida sepiladi, purkaladi va
yana boshqa yo’llar bilan ishlov byeryladi. 
SHu vositalardan foydalanish vaqtida sepilayotgan pesticidlar, tabiiyki, 
avvalo havoga uchadi. Havoning kimyoviy moddalar o’tgan qatlami 
keyinchalik boshqa qatlamlarga aralashib, pirovardida aholi yashaydigan 
joylargacha etib borishi va arzimas miqdorda bo’lsa ham o’zi bilan birga 
zaharli moddalarni olib kelishi mumkin. SHu boisdan ham aholi istiqomat 


483
qiladigan joylar bilan kimyoviy ishlov byeriladigan ekinzorlar orasida 
sanitariya-himoya zonasi bo’lishi talab etiladi. 
Ikkinchidan, ekin maydoniga ishlatiladigan zaharli kimyoviy 
moddalar o’simlik poyasi, barglari va tuproqdan bug’lanib, havoga o’tadi. 
Ayniqsa, issiq sharoitda juda ko’p zaharli kimyoviy moddalar bug’lanish 
xususiyatiga, ega, shu tufayli ham atmosfera havosi mazkur pesticidlar 
qo’llanilgan joylarda tezda ifloslanadi. Pesticid bug’lari bilan ifloslangan 
havo organizm uchun juda xavfli hisoblanadi. 
SHuni aytish kerakki, zaharli kimyoviy moddalar aviaciya vositasida 
sepilganida ifloslanish zonasi (doirasi) 1000-1500 m gacha cho’zilishi 
mumkin. Bunda kimyoviy moddalar bilan ishlov byeriladigan maydon va 
aholi turar joylar o’rtasidagi himoya masofasi zaharli ximikatlarning 
uchuvchanlik xususiyatlarini, zaharlilik darajasini nazarda tutib hamda 
ularning havoda muallaq turishi va sepilgan, purkalgan pesticidlar necha 
kunga qadar havoda turib qolishini hisobga olgan holda aniqlanadi. 
Masalan, bir vaqtlar g’o’zaning defoliaciyasi uchun keng ko’lamda 
ishlatilgan butifos uchun sanitariya masofasi 1500 m dan 2000 m gacha, 
GXCG uchun 1000 m, defos uchun 500 m ga teng bo’lgan bunday 
sanitariya-himoya zonalari ilmiy asosda, chuqur tadqiqotlar natijasida 
tavsiya etilib, Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya Bosh 
boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. 
43-j a d v a l 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling