1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


ZAHARLI XIMIKATLARNING TASHQI MUHIT OB’YEKTLARI UCHUN


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

321
ZAHARLI XIMIKATLARNING TASHQI MUHIT OB’YEKTLARI UCHUN 
NORMASI (ME’YORI) NI ISHLAB CHIQISH 
Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi 
muhit ob’yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo’ladigan 
ta’sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada sanitariya 
muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli 
kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan asrashga qaratilgan. 
Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanganida, ularning qoldiqlari atrof 
muhit ob’yektlari bo’lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar 
joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqda va boshqa 
ob’yektlarda pesticidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning 
kam yoki ko’pligani gigienik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan 
taqqoslash maqsadida gigiena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli 
kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorni belgilaydi. 
Mazkur qo’llanmaning boshqa boblarida zaharli kimyoviy modda-
larning atmosfera havosi, suv va suv manbalari uchun ishlab chiqil-gan 
gigienik normalarining asosi to’g’risida ma’lumotlar byerilgan edi. Bu 
bobda esa zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun ishlab chiqilgan 
gigienik normalarining principlari ustida to’xtalib o’tamiz. 
Tuproq uchun zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etiladigan 
miqdorini ilmiy-tajriba asosida ishlab chiqish tuproqlarning mazkur 
ta’sirchan moddalar bilan ifloslanish darajasini aniqlashga, qolavyersa, 
ularni gigienik nuqtai nazardan muhofaza qilishga imkon byeradi. Bu esa, 
o’z navbatida odamlarni ta’sirchan kimyoviy moddalardan tuproq orqali 
zararlanishining oldini oladi. 
Rasmiy tasdiqlangan qo’llanmaga asosan tuproqqa tushadigan har bir 
zaharli kimyoviy moddaning gigienik normasi ishlab chiqilishi zarur. 
Qo’llanuvchi kimyoviy preparatning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab 
chiqish usul va principlari metodik jihatdan to’g’ri va aniq bo’lmog’i shart. 


322
Sababi, kimyoviy moddalar, zaharli preparatlar va minyeral o’g’itlarning 
tuproq uchun gigienik normalari 
ishlab chiqilganidagina atrof muhitni himoya qilish va inson
salomatligini 
saqlash imkonini byeradi. 
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproqdagi normasini ishlab 
chiqishda quyidagi talablarga alohida ahamiyat byeriladi. Birinchi navbatda 
chidamli pesticidlar va ularning metabolitlari, metal tuzlari, 
mikroelementlar, neft mahsulotlari, sul’fit birikmalari, minyeral o’g’itlar va 
muntazam ravishda tuproqqa tushib turadigan boshqa moddalar 
normallashtiriladi. Biroq kimyoviy moddalarning tuproq tarkibida ruxsat 
etiladigan miqdorini o’sha moddalarning avvalo atmosfera havosi, suv va 
suv
havzalari, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ruxsat etiladigan miqdori 
ishlab chiqilgan bo’lishi shart, shuningdek mazkur preparatlarning 
toksikologik va boshqa tomonlari atroflicha o’rganilgan bo’lishi darkor. 
Tuproq uchun ruxsat etilgan kimyoviy moddaning miqdori tuproqning 
1 kg sidagi ta’sirchan moddaning mg miqdori) bevosita yoki bilvosita 
odam sog’lig’iga zarar etkazmaydi. Tuproqning tabiiy o’z-o’zini 
zararsizlantirish (tozalash) jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. 
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun gigienik normasini 
ishlab chiqishda uning 4 ta zararli ko’rsatkichi nazarda chunonchi: 
a) 
zaharli moddalar qishloq xo’jaligi ekinlarining ildiz sistemasi 
orqali o’tishi, uning ko’k massasi va mevalarida to’planishini ta’riflash: 
b) 
zaharli moddalarning tuproq orqali yer osti, yer havzalariga 
tarqalishini ta’riflash; 
v) 
zaharli moddalarning tuproqdan atmosfera havosiga o’ta olish 
xususiyatini ta’riflash; 
g) 
tuproqqa tushgan zaharli moddalarning tuproqqa xos 
umumsanitariya, ya’ni o’z-o’zini tozalash jarayoniga va uning biologik 
aktivligiga ta’sirini ta’riflashdir. 


323
Zaharli kimyoviy omillar uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4 ta zararli 
ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning bo’sag’a osti koncentraciyasini aniqlash 
yo’li bilan olib boriladi. Bo’sag’a osti koncentraciyasi esa tuproqdagi 
kimyoviy ta’sirchan moddalarning mutlok quruq tuproqning kg siga 
nisbatan mg lar hisobida olinadi. Bunda: 

tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayonlariga va tuprokdagi 
mikrobiocenozga (umumsanitariya ko’rsatgachi) ta’sir kursatmaydigan 
xamda mazkur moddaning o’simlik tanasiga, uning mevasiga (yig’ib-tyerib 
olinayotgan vaqtda) to’plangan kimyoviy modda o’simlik uchun ruxsat 
etilgan miqdordan ko’payib ketmasligi inobatga olinadi. 
— yer osti, yuza suv manbalariga tuproq orqali tarqaladigan zaharli 
kimyoviy moddalar suv uchun belgilangan miqdordan oshib ketmasligi 
kerak. 
— -atmosfera havosiga tuproq orqali tarqaladigan zaharli kimyoviy 
moddalar atmosfera havosi uchun ruxsat etilgan miqdordan oshib 
ketmasligi nazarda tutilmog’i darkor. 
Mazkur kimyoviy moddalarning zaharlilik darajasini belgilaydigan 4 
ta miqdoriy ko’rsatkichlarning eng kichigi cheklovchi ko’rsatkichi bo’lib, 
uning tuproqdagi ruxsat etiladigan miqdori, ya’ni normasi hisoblanadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproq uchun yo’l qo’ysa bo’ladigan 
miqdori maxsus laboratoriyalarda tegashli tajribalar asosida 
aniqlanadi. 
Zaruriyat tug’ilganda bunday tajribalar tabiiy sharoitlarda, ya’ni dala 
sharoitida o’tkaziladi. Bunda tuproqning tiplari, tarkibi, xususiyatlari, 
muhiti (rN), gumus miqdori, namlanish hajmi, xullas tuproqning 
agrokimyoviy pasportidan ma’lum darajada foydalaniladi.
Misol: Tuproq tarkibidagi zaharli kimyoviy moddaning miqdori 3 
mg/kg bo’lsa, unda o’simlik ildizlari orqali o’tgan preparat mazkur
o’simlikning hosildor o’simliklar uchun ruxsat etiladigan miqdoridan 


324
oshib ketmaydi; 
Tuproqdagi zaharli kimyoviy moddaning miqdori 10 mg/kg bo’lsa, 
tuproqdan atmosfera havosiga o’tadigan zaharli moddaning miqdori 
atmosfera havosi uchun belgilangan normadan oshmaydi. 
Agar tuproq tarkibidagi zaharli kimyoviy modda 25 mg/kg atrofida 
bo’lsa, uning tuproqdan suv manbalariga o’tadigan miqdori suv uchun 
belgilangan normadan oshmaydi. 
Tuproq tarkibidagi 50 mg/kg miqdoridagi kimyoviy modda tuproq 
sharoitida kechadigan mikrobiocenozga va o’z-o’zini tozalash jarayoniga 
ta’sir ko’rsatmaydi. 
YUqorida zikr etilgan kimyoviy moddaning tuproqdagi 4 ta kon-
centraciyasi (3; 10; 25; 50 mg/kg) ichida eng kichik bo’sag’a osti
miqdori 3 mg/kg bo’lib, bu tuproqdagi norma hisobida ishlatiladi. YA’ni 
bo’sag’a osti eng kichik cheklovchi ko’rsatgich hisoblanadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarning tuproqdagi normasini belgilash 
ularning atmosfera havosida, suvda va oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab 
chiqilgan normalari kabi muhim gigienik ahamiyatga ega. Ta’sirchan 
moddalarning gigienik nuqtai nazardan ruxsat etiladigan miqdorlarini 
belgilash, tashqi muhit ob’yektlarini muhofaza qilishda katta yordam 
byeradi. 
Atrof muhitni muhofaza qilish hamda inson salomatligani saqlash 
uchun zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashga taalluqli maxsus sanitariya 
va agrotexnika qoidalariga so’zsiz amal qilish lozim. 
Tuproqning turli zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini 
muhofaza qilish Davlat standarti (17.4.1.02-83) asosida olib boriladi. 
Mazkur standartga muvofiq tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan 
ifloslanishi ustidan nazorat qilish moddalarning zararli darajasiga qarab 
tasnif (klassifikaciya) qilinadi. Davlat standartiga asosan kimyoviy 
moddalarning xavfli (zararli) darajasiga qarab 3 sinfga bo’linadi, 


325
chunonchi: 
1) O’ta xavfli moddalar. 
2) O’rta miyona xavfli moddalar. 
3) Kam xavfli moddalar. 
Zaharli kimyoviy moddalarning xavfliligi qaysi sinfga taaluqli 
bo’lmasin, ular kamida 3 ko’rsatkich bilan aniqlanadi. 
45-j a d v a l 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling