1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


O’SIMLIKLARNI BIOLOGIK USULLAR BILAN HIMOYA QILISH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

O’SIMLIKLARNI BIOLOGIK USULLAR BILAN HIMOYA QILISH 
Keyingi yillarda qishloq xo’jalik ekinlarini turli zararli hasharotlardan, 
kasalliklardan himoya qilish maqsadida biologik usullardan keng ko’lamda 
foydalanilmoqda. Yildan-yilga biologik dorilar yordamida ekin 
maydonlarining ishlanishi ortib bormoqda. Jumladan, 1973 yilda ishlangan 
ekin maydonlari 60 ming gektarga etgan bo’lsa, 1980 yili 1 mln 400 ming 
gektarga etdi, hozirda esa undan ko’proq ekinlarga ishlov byerilmoqda. 
Buning oqibatida ekinlarni, ayniqsa paxtani kimyoviy moddalardan himoya 
qilish uchun ishlatilayotgan dorilarning miqdori anchagina kamayib 
bormoqda. 
Hozirgi vaqtda biologik usullar bilan ekinlar ishlovini etarli ta’minlash 
uchun 20 dan ortiq biologik dori ishlanib chiqildi, bular turingienzis
guruhiga kiruvchi dorilar - dendra- 
bacilin, entobaktyerin, insektin, biotoksibacillin, toksibaktyerin va 


328
boshqalar. 
Biologik mog’or preparatlarining turli hasharotlarga nisbatan patogen 
(zararli) ta’sir etishi o’simlik kushandalarini yo’q qilishga yordam byerib, 
tashqi muhit ob’yektlarini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini oldini
olshp imkonini tug’diradi. 
Hozirgi vaqtda 400 dan ortiq entemopatogen mog’or turlari borligi 
ma’lum, ular trixodyerma, kladosporium, penicilium va boshqalar bo’lib, 
o’simliklarda kasallik chaqiruvchi mikroblarga qarshi ishlatiladigan 
biologik moddalardir. 
Entomopatogen mog’orlar hasharotlar organizmiga ularning ustki 
qobig’i va og’zi orqali kirib, ularni o’ldiradi. Mog’orlar hasharotlarni 
tyerisiga tushib u keyinchalik hasharot kutikulasi orqali hasharot tanasida 
miceliya holatida o’sadi, so’ngra hasharotning ichki organlarini emiradi. 
Hasharot o’lgach, mog’orlarning miceliyasi oq, qora, kizil-ko’k 
rangdagi moddaga aylanib, atrof muhitga tarqalib boshqa hasharotlarni 
qiradi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling